Jannat hidi kelgan vatanim!


Download 436.19 Kb.
bet2/7
Sana07.03.2023
Hajmi436.19 Kb.
#1247832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ХУМОРА

CHEHRAMGA TUSHGAN
QUYOSH NURLARI

Qani endi, chehramga tushgan quyosh nurlari,


Bir lahza qalbimga rohatbaxsh etsa,
Tarqalardi xotiradagi g‘uborlar hatto,
Kelajakka o‘zgacha umid berardi.

Unut bo‘lsa edi, unut bo‘lsaydi,


Men o‘tgan xotira o‘cha qolsaydi,
Chehramga tushgan quyosh nurlari,
O‘sha xotirani yoqsaydi butkul.

Tunim sirdoshim bo‘lgan kunlarim bir-bir,


Mana yodga yana tushmoqda sekin,
Hattoki quyosh chiqqanin sezmaganlarim,
Munchalar qadrsiz bo‘lgan bu jonim.

Chehramga tushgan quyosh nurlari,


Men o‘tgan umrni yodga soldilar.
O‘rgatdilar menga, xotira bilan emas,
Bugungi kun ila yashashni ular.
MEN GUVOH

Faqatgina boshga tashvish tushganda,


Allohni bir zumga yodga olamiz.
Quvonchlar eshikni chertib kelganda,
Shukrni Allohga nega ko‘p ko‘ramiz?

Noliymiz Allohdan, eshitmas meni,


Shuncha duolarim qayerga ketdi?
Deymiz-u ming bor dodlarni solib,
Shukrni Allohga nega ko‘p ko‘ramiz?
Shunday insonlarni ko‘rdim, men guvoh,
Allohga shukrni har tong aytadi,
Zarradek qovonch uy tomon kelsa,
Sajdani yuz bora qilganlar bo‘lar.

NIMADIR BO‘LSAM


Bulut bo‘lgim kelar, oppoq ko‘ngildek,


Yoki qush bo‘lsammi, erkin, bemalol.
Tog‘dagi jayron ham, ba’zan orzuim,
Tulpor bo‘lgim kelar, kishnab dalada.

O‘ylayman bo‘lsamchi, soydagi baliq,


Kapalakka aylanib qolsam qaniydi.
Mayliga bo‘lsam ham oppoq kabutar.
Yurtim tinchligi ramzi, bo‘lish faxrdir.

Ertaklar yurtida malika bo‘lib,


Ezgulikka doim hamroh bo‘lsammi?
Balki ko‘zim yumib, tarixga qaytib,
Uvaysiy bo‘lsammi, yoki Nodira?

Qo‘limdan kelganda, albatta, o‘zim,


Nimadir bo‘lardim, har kuni tongda.
Insonga yaxshilik qilardim agar,
Yaxshilik qiladigan nimadir bo‘lsam.
QALB KO‘ZI
Ko‘zingiz ko‘r bo‘lsa, qalb bilan ko‘ring,
Ko‘zim ko‘r, deb nolimang, hech afsus qilmang.
Ochiq bo‘lsa qalbingiz ikki ko‘zlari,
Ko‘rasiz dunyoni shu qalb ko‘zi ila.

Asrasin Xudoyim qalbi ko‘rlardan,


Ko‘zlari ochig‘-u, ko‘raolmasdan.
Qalb ko‘zi to‘sgan o‘sha pardalar,
Qachondir olinar, bilmam kim olar?

Allohim eng suygan bandasi uchun,


Bilingki, bu og‘ir sinovni berar,
Sur’atni ko‘rmagan bu ko‘zlaringiz,
Allohning sinovidir, aziz birodar.

Yorug‘likni ko‘rmang, his eting faqat,


His etmasdan faqat ko‘rganlar qancha,
Ko‘rish shart emasdir, mehrni bering,
Ko‘ra turib mehrni bermaslar ancha.

Aytaman qayta va qayta yana men,


Hech ham afsus qilmang, ko‘zlar tufayli.
Umid bilan yashang, bu kunlar o‘tar,
Keladi ishoning eng yaxshi paytlar.
NAVRO‘Z KELDI

Daraxtlar uyg‘onish vaqti ham keldi,


Qaldirg‘ochlar qanot qoqib, uchar payt keldi,
Zulfiya ekkan o‘rik, gullar kun keldi,
Yurtimga Navro‘z esa kirib ham keldi.

Onam yana sochimni qirqta o‘rmoqda,


O‘smalar qoshimga yana enmoqda.
Qozonda qaynagan sumalak esa,
Ishtaha ochmoqda, bo‘lmasdan tayyor.

Momomlar yallani yonib aytmoqda,


Sho‘x qizlar raqsga xo‘p tushishmoqda.
Biz tukkan somsalar qozonga bir-bir,
Borib kelishmoqda, xuddi mehmondek.

Navro‘z, yangi kun ham demakdir,


Musulmonga yangi yil boshlanar undan,
Duolar o‘qildi sahar chog‘ida,
Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin, deya qalbida.

Bahor-ku yangilanish, yasharish fasli,


Navro‘z esa unga ko‘rk qo‘shgan bayram.
Uzukka ko‘z qo‘ygandek yarashib turar,
Bahorda Navro‘z ayyomi qarang!

Navro‘z keldi! Qichqirgan bolalarga boq,


Sumalakka tosh tergan kelinchakka boq,
Navro‘z momo yuzga kirdi, ana unga boq,
Qirda lola tergan bo‘y qizlarga boq.

O‘zbek elimda qarang, qanday ayyom bor,


Xalqimga an’ana bo‘lgan bu bayram.
Ming yillar o‘tsada, Navro‘zni do‘stlar,
Nishonlaydilar, xuddi bu kundek.
TARIXNI IZLAB

Tarixni izlab qadamlar ortga borsaydi,


O‘tmishni yaqindan ko‘zlarim ko‘rsa.
Uvaysiy, Nodira ila suhbat qursaydim,
She’rxonlik kechasida bir zum bo‘lsaydim.
To‘marisga safdosh bo‘lardim agar,
U o‘tgan umrga qaytsa bu yillar.
Boburni Andijonga olib kelardim,
Asrlardan oshib ortga bir qaytsam.
Amir Temur qo‘llarini o‘pardim o‘zim,
Bibixonimdan bir kun dars olsam qani.
Manguberdi zafarlarin ko‘rardim agar,
Asrlardan oshib, ortga bir qaytsam.
Lutfiyni ko‘rsam, ko‘rsam edi Navoiyni,
G‘azallarin o‘z og‘zidan tinglay olsam.
“Xamsa” sini yozganlarin ko‘zlarim ko‘rsa,
Asrlardan oshib ortga bir qaytsam.

SHOIR OLAMI


Shoir olami goyo, bir chaman bog‘,
Gullar ko‘pdir, chiroylidir bir-biridan.
Iforlari yoyilgandir olam aro,
Shoir she’ri iforlarga o‘xshar go‘yo.
Bog‘bonini aytaolmayman, chunki bilmam,
Gullariga oshiq ko‘pdir, sanaolmayman,
Shu gul kabi bo‘lay deyman bo‘lolmayman,
Negadir ochilmayman, bir g‘unchaman.
Bildim bugun ochilishga biroz erta,
U gullardek bo‘lish uchun suv ham kerak,
Demakki, sabr kerak, mehnat ham kerak,
Shoira bo‘lmoq uchun, qalb ham kerak.
SAN’AT NIMA?

San’at nima? Mo‘yqalamni ushlashmi?


Balkim, o‘sha ufqni chizishdir.
Yozni, kuzni, qishni va borinki bahorni,
Qog‘ozga tushirishdir, matonat ila.

Rassom-chi, insonmi yoki hayolparast,


Nimalardir tasvirlar shu bir qog‘ozga,
Balki uning dardlaridir, balki shodligi,
Yo bo‘lmasa olamning tuni-yu kuni.
HAYOT SINOVI

Jonimiz bog‘langan o‘lgunga qadar,


Shu hayotning og‘riqli sinovlariga.
Jismimiz bir narsa, ikki tomon tortar,
Bir tomonga yon, bosmagunga qadar.

Vijdon ham yashinar, meni top deya,


Sarson bo‘lamiz biz zum topolmay,
Ba’zida topishga harakat qilmay,
Siyratsiz sur’atni ulug‘layveramiz.

Mehrni topolmay, izlaymiz olam,


Narxini so‘raymiz har bir insondan.
Izlay, izlay, biz kabi izlaganlar ko‘p,
Biz-ku zarra topdik, topmaganlar ko‘p.

Nolimaymiz zarra bo‘lsada, vijdon, mehr bor,


Arzanda jon uchun, bir dona inson bor.
Yo‘qdir bizda balki pul , mol-u dunyo,
Ammo bizda eng keragi oqibat ham bor.

Qasos bordur, unutmaymiz mehrsizlardan,


Qonga qon, jonga jon vijdonsizlardan,
Hayot sinovidan o‘taolmasdan,
Ustingizdan kulamiz, o‘lmasingizdan.

Balki qasos kerakmasdir, odamzod uchun,


Axir Alloh bor-ku, bor-ku bir jazo.
U dunyo, bu dunyo sezaman bir kun,
Gunoh uchun jazo bordir, odamzod uchun.



Download 436.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling