Jannat hidi kelgan vatanim!


Download 436.19 Kb.
bet5/7
Sana07.03.2023
Hajmi436.19 Kb.
#1247832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ХУМОРА

KECHIRIM
Bugun bulut yana samoda,
Quyosh mendan yuzini takror o‘girdi.
O‘ylayapman hamon, topa olmayman,
Yana kimning dilini og‘ritdim bugun.

Bilganman, balki bilmasdan,


Biror ish qildimmi, yo bir so‘z aytdim.
Kechirm so‘rayman, ming bora uzr,
Agar dilingizni og‘ritgan bo‘lsam.

MAMLAKAT BAYROG‘I


Madhiya ila hamohang turib,


Hilpirar osmonda, yoyib bir quloch.
Yurtdoshlar g‘alaba qozonsa har gal,
Mamlakat bayrog‘i ko‘klarni kezar.

Nimalar so‘ylaydi osmonda turib,


Olqishlar chalarmi g‘alaba uchun,
Deyarmi kerilib, o‘zbek o‘g‘loni
Faxrdir men uchun yuksak faxrdir.

Mamlakat bayrog‘in osmon kezdirish,


Har kimga ham nasib etmaydi.
Ammo tilaklarim sizga azizlar,
Bunday omadlar nasib etsinlar.

QUYOSH


O‘n sakkizming olamda inson turfa xil,


Eng yomoni quyoshni his etmaslar bor,
Ezilgan yurakka eng yaxshi davo,
Deya tongni intiq kutguvchilar bor.

Besh barmoq teng emas, barcha bilurlar,


Ammo quyosh jonga rohatbaxsh,
Zaminni yoritgan, yorug‘ aylagan,
Tanhoginam, muqaddas quyosh.

Mevalarim mazzasi tilni yorguvchi,


Ne sabab bilasiz, shu nur tufayli,
Bog‘imda eng go‘zal, gullar chamazor,
Ularni borligi, shu quyosh sabab.


ISHONCH

Ishonch, ne uchun qadrsiz buncha?


Insonlar qalbida, hatto zarra yo‘q.
Nahot, nahot pulga chaqildi bugun,
Obro‘, e’tibor esa unga ozuqa.

Kun kelsa uni topmaysiz, topaolmaysiz,


Mehr kabi izlaysiz dunyo kezasiz,
O‘zingda yo‘q, olamda yo‘q, bo‘lar o‘sha kun,
So‘ngi pushaymon esa dushmandir sizga.

Hoy odamlar qarang! Kelajak tomon,


Farzandlar yo‘lida ishonch kamayar.
Qo‘rqmaysizmi axir,ushbu dunyoda,
Alloh uchun ishonch, qolmasligidan.

Alloh uchun ishonch qolmasa agar,


Qiyomat kunidan qanday o‘tasiz?
Sirot ko‘prigidan sirg‘almaysizmi?
Iymonni tan olmasdan, ishonmasangiz.

SUKUT IZMIDA


Jimjit sinfxonada, sukut izmida,


O‘ltiribman derazaning yon tomonida.
Shamoldan sarmast daraxt tebranar,
Gohi sukut buzar bo‘ron ovozi.

Negadir yolg‘izlik qiynaydi meni,


Go‘yoki olamda tanhodir o‘zim.
Yuragim ham qayergadir ketgandir qochib,
Pinhon chorlayman-u qaytgisi kelmas.

Najod ila qarayman eshik tomon,


Kimdir kelar hayolan men tomon,
Qadamlar ovozi quloqda yangrar,
Qandaydir, bilmayman ular jarangdor.

Eshik ochilsa-yu, kimdir kelaqolsa,


Sen dunyoda yolg‘iz emassan desa.
Bu sukut izmidan olib ham ketsa,
Qani endi u inson sinfdosh bo‘lsa.

Yana takror qarayman deraza tomon,


Osmonga boqaman xafa bo‘laman.
Bulut qurg‘ur samoni o‘rab olgandek,
Quyoshning taftini hech sezaolmayman.

Mana, o‘sha eshik ochildi bugun,


Qadrdonlar kelar shahdam qadamda.
Ichimda nimadir paydo ham bo‘ldi,
Sezdimki, bu mening yuragim ekan.
ARMON

Istamasdim hech ham, har bir insonda,


Umri davomida armon bo‘lishin.
Bu armon hayotni mazmunsiz qilar,
Unutmang, armon sizda ham bo‘lsa.

Noliysiz hayotdan armonim bor deb,


Men uni ushaltirolmayman deysiz.
Chunki armoningiz qalbingizdadir,
Desam, ham so‘zimni inkor qilasiz.

Aytishingiz mumkin, sizda ham armon,


Bo‘lganmi bu o‘tgan hayotingizda.
Afsuski, bu narsani aytaolmayman,
Negaki, bu armonni aytib bo‘lmaydi.


NAVO

Navo, musiqa, yoqtirgan kuy,


Biron bir asbobning sadosi kezar.
Ko‘ngilda, hayolda, o‘zgacha esar,
To‘lqindek mavjlanib, soydek oqib.

Jo‘r bo‘lib aytishning zavqi o‘zgacha,


Gar sho‘x bo‘lsa, raqsi boshqacha,
Men yoqtirgan navo olamda,
Dunyoni titratgan so‘zlar boshqacha.

Kayfiyating oshar, labda tabassum,


Ichingda nimadir tinmay jo‘sh urar.
Gohida o‘ylaysan bo‘lsammikan deb,
Dutorchi yoki qo‘shiqchi, artist.

YIG‘LAMOQ ISTAYMAN


Gohida yig‘lamoq istayman o‘zim,


Shodlikdan, qayg‘udan ba’zan alamdan,
Eng baland toqqa yugurib chiqib,
Olamga jar solib, yosh chiqib ko‘zdan.

Bu dunyo tashvishin bir chetga surib,


O‘ylamayman deyman, boqmayman deyman.
Afsus xatolarim oyoqdan chalar,
Yodimga tushar-u, yurakni ezar.

Yig‘lamoq istayman, chunki quvonchdan,


Negadir hayotdan zavqlanmoqdaman.
Telbamanmi hatto o‘zim bilmayman,
Yig‘lamoq istayman, dod solib bu kun.

O‘sha siz bilgan bog‘imga kirib,


Daraxtlarga boqib, yana ko‘zda yosh.
Nahotki, bu o‘rik erta bahordan,
Go‘zal bo‘lib, gullabdi qiyg‘os.


GUMON

Tuhmat girdobiga tushgan insondan,


Nohaq bir jazoga tortilganlardan.
Ko‘ziga yosh to‘lib so‘zlaganlardan,
So‘rang, sizga aytar gumon ishidan.

Aytishar bobolar qadim zamondan,


Gumon iymondan ayirar derlar,
Jaholatga ham gohi tortarlar,
Gumon qilgan odam nohaq bo‘lsalar.

Azaliy hikmatlarda yozilgan uzun,


Gumon gunoh, gumon og‘ir deya.
Barchamiz bilamiz bu hikmatlardan,
O‘qiganmiz-u ,hech uqmaganmiz.

Qiziq! Sizga ham menga ham do‘stlar,


Gumon neligini his etib turib,
U tomonga takror yuzlanib,
Til o‘lgurga farmon beramiz.

Ey inson! Gar so‘zing to‘g‘ri bo‘lsa,


Tan olmasa hech bir zot.
Alloh bor-ku , bor-ku bir jazo,
Sening oyog‘ingga bolta urganga.

Gumon qilsang kun kelsa,


Ming bor afsus chekasan,
Hech ham gunoh qilmasang,
Doim jannat kezasan.

MUSOFIRGA…


O‘z yurtidan goh xohlab, goh xohlamay ketgan,


Sog‘inch bag‘rini tilib, diydor ko‘nglini ezgan.
Farzandining yuzini yodidan ko‘p chiqargan,
Musofirga yo Alloh, o‘zing sabr ato et,

Tirikchilik aybi yo‘q derlar,


Faqat halol bo‘lsa, osh shirin derlar.
Lekin o‘zga yurtda tomoqdan qanday o‘tadi,
Musofirga yo Alloh, o‘zing sabr ato et.

Alloh qollar musofirni qay yerda bo‘lsa,


Faqat to‘g‘ri so‘z-u , to‘g‘ri yo‘l bo‘lsa.
Eng keragi Vatanini unutmasa bas,
Musofirgan yo Alloh, o‘zing sabr ato et.
Majbur qilgandir hayot, o‘zga yurtga ketmoqni,
Hayol qilgandir balki millionlab pul topmoqni,
Balki o‘ylab qo‘ygandir, o‘z yurtiga qaytmoqni,
Musofirga yo Alloh, o‘zing sabr ato et.

VATANIM MENI


Vatan seni qancha sevaman, gohi bilib gohi bilmayman,


Yozaverib she’rlarni hech ham charchamay,
Sening uchun tinmay kuylayveraman,
Toki so‘zlarimning joni o‘lguncha.

Bag‘ringdaman sog‘inaveraman,


Quchay desam, hech ham quchaolmayman,
Menikisan-u, biram qizg‘onaveraman,
Hidlab, hidlaringga hech ham to‘ymayman.

Sening kaftingda zarradek inson,


Lekin qadring biluvchi faxfing qizingman.
Jannatlarga qiyoslab turgan yana bir,
Seni ulug‘lovchi shoira qizingman.

Chiroyingni ko‘ray deb, ulgurmasdan qolaman,


Quyosh ketar, qochib qolar,
Seni mendan qizg‘onib,
Shunday bo‘lsa ham seni, borligingcha sevaman.


DIYDOR

Diydor degan so‘zni unutmoqda insonlar,


So‘rasangiz gar uni, u nima derlar.
Achinaman ularga, soxta do‘st-u yorlarga,
Bu dunyoda diydorga to‘ymasdan ketganlarga.

Telefonda hol so‘rash, juda urfga aylangan,


Janozaga borish ham telefonga bog‘langan,
Unutmanglar insonlar, Alloh barchasin ko‘rgan,
Va jazo ham aytilgan.

Afsus, pushaymonlar ular befoyda,


Hattoki, jigarlarga diydor begona.
Ota-onaga-ku eng katta armon,
Agar diydor bo‘lsa, dardga ko‘p darmon.

ONA TILI USTOZIM


O‘z tilimni o‘zligicha o‘rgatgan siz ustozim,


Ona kabi muqaddas, ta’rifin ham bergansiz.
Asrlardan oshgan bu ona tilimni,
Yuragimning to‘riga joylagansiz, ustozim.

Siz o‘rgatgan so‘zlarla she’rlar bityapman,


O‘gitlaringiz sabab, shoira bo‘lyapman,
Siz maqtagan yozuvchilar kabi,
Sekin-sekin men ham shoira bo‘lyapman.

O‘qitdingiz, birgalikda uqtirdingiz ham,


Shu tilimni e’zozlashni o‘rgatdingiz ham.
Barcha ustozlarga ta’zim qilgandek,
Bugun ta’zim qilaman ustoz sizga ham.

O‘zligimni o‘rganishni sizdan o‘rgandim,


Bu tilimga muhabbatni sizdan o‘rgandim,
Allohimga ishonchni sizdan o‘rgandim,
Shukr qilib yashashni ham sizdan o‘rgandim.

Ustoz, tashakkurlar cheksiz samodek,


Keling mehmon qilay, borimni berib.
Agar kam bo‘lsa jonimni berib,
Axir bizga mehribonsiz xuddi onamdek.

OLIS YO‘L


Olis bir yo‘lga qadam qo‘yganman,


Tikonlar oyog‘im birma-bir tilar.
Ustimdan kulgandek, hatto yomg‘ir ham,
Men yurayotgan yo‘lga ko‘zyoshin to‘kar.

Hamroh ham afsuski, yagona yurak,


Qadrdonlardan hech ham yo‘q darak,
Do‘stlarni-ku aytmang bo‘larlar halak,
Men uchun kelsalar bu og‘ir yo‘lga.

Tez urgan bu yurak xotirjam bo‘lmas,


Ilojin topsa, yugurib ketsa,
Yoki ichimdan otilib chiqib,
Yorug‘ yo‘l tomonga tez yetib olsa.

Negadir beholman, yurgim kelmaydi,


Qadamlar og‘ir, bosgim kelmaydi,
Dod solgim kelar, ko‘z yosh kelmaydi,
Osmon bulut-u, yomg‘ir yog‘maydi.

Uzoqlarda nimadir mo‘ltirab yonar,


Sarobga o‘xshaydi, yoki o‘ngimga.
Balki chiroq yoqib, kimdir kelmoqda,
Meni olis yo‘lga boshlamoq uchun.


DARD

Chulg‘ab olgansan qancha insonni,


Sanab, sanog‘iga yeta olmaysan.
Jonini olgansan ming bir bolani,
Begunoh, beg‘ubor ko‘p chaqaloqni.

Sen o‘zi kimsan, qanday balosan?


Qayerda tug‘ilib, qayerda o‘sding?
Nega, axir to‘sding inson yo‘lini?
Yoki shaytonning ham bir turimisan?

Takror aytarman senga qarata,


Murg‘ak jonlarda nima qasding bor?
Katta-yu kichiklar yoki seni,
Ekkan bug‘doyingni o‘rib oldimi?

Iltimos qilaymi, boshim egaymi,


Borimni beraymi, molimni birga?
Jonimni beraymi, aytgin ey dard,
Uzr, boshqa hech narsam qolmadi senga.

Dard, dard, dard va yana dard,


Qancha insonlar tilida o‘zing.
Boshingga yog‘ilgan la’natlar esa,
Shunchalik ko‘pki, sanog‘i yo‘qdir.

ONAJONIM


Azob ichra dunyoga keltirgan meni – siz,
Beorom uxlamay, tunlarni o‘tgazganim – siz.
Allalarni mehr ila aytib bergan – siz,
Yelkangiz og‘risa ham ko‘targanim – siz.
Onajonim dunyoda tanhoyim o‘zingiz,
Do‘stlarim orasida eng sodig‘i ham,
U dunyo, bu dunyo jannatlari ham,
Ularning hidi ham ro‘molingizda.
Duolaringiz asrar har bir balodan,
Kulfatdan, hattoki og‘ir o‘limdan.
Bugun yoningizda o‘ltirib o‘zim,
Sog‘inmoqdaman, bilmam nechun?



Download 436.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling