Jannat hidi kelgan vatanim!


Download 436.19 Kb.
bet7/7
Sana07.03.2023
Hajmi436.19 Kb.
#1247832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ХУМОРА

FIDO QIL JONINGNI
TANHO YURT UCHUN

Tug‘ilding, o‘sding, baxtni his etding,


Jannatdek bu yurtda ruhing kezmoqda,
Kun kelsa, jisming ham o‘sha tuproqda,
Fido qil joningni tanho yurt uchun.

Azonlar aytilgan quloqlaringda,


Vatan so‘zi doimo jaranglab tursin,
Boringni berib qolmasa moling,
Fido qil joningni tanho turt uchun.

O‘lmagin hech qachon yovuz qo‘lida,


Oltin uchun, bir parcha qog‘oz uchun deb,
Va yana o‘lmagin uyni, joyni deb,
Fido qil joningni tanho yurt uchun.

Shahidlardan misol qilay bir senga,


Ozod Vatanni berdi-ku bizga,
Shular haqqi senga aytarman inson,
Fido qil joningni tanho yurt uchun.

SALOM


Bandaning Xudodan qarzlari ko‘pdir,
Biri-birisiga o‘xshamas hech ham.
Gohida sanab, yetolmay oxir,
Qay biridan boshlashni bilmay qolamiz.

Salom ham Xudoga katta bir qarzdir,


Uni bajarish esa bizlarga farzdir,
Faqatgina tanish insonga emas,
Notanish insonga ham berish kerakdir.

Zora salom ila gunoh kamaysa,


Rahmatlar yog‘ilsa ota-onaga.
Savob ham kelar, eshitganman-da,
Salom bersak gar barcha insonga.

Barakalla o‘g‘lim, qizim deganlari,


Ichida uzoq bir duo ham qizlar,
Umringga umr qo‘shilar shu chog,
Vaalaykum desa katta insonlar.
SUV – HAYOT BOYLIGI
Kimga qadrlidir, kimga qadrsiz,
Suv atalmish hayot boyligi.
Kimga muqaddasdir, kimga oddiy suv,
Ariqlarda toshgan umrning bori.

Har kuni tongda yuzga tegsa suv,


Allohga ming bor shukrona bordir.
Obihayot iflos qilgan insonga,
Bir tomchi suv berish menga bir ordir.

Qadrla, kun kelsa topa olmaysan,


Topsang ham avlodga bera olmaysan,
Yo‘qotgan suvingni ichaolmaysan,
So‘ngra vaqtni ortga qaytaraolmaysan.

Ichsang, ichingga rohat kiradi,


Dilingdan g‘uborlar tarqab ketadi.
Ayniqsa, yurtim soyin suvin ichsang,
Diling bolalarcha yayrab ketadi.

Chunki eslaysan o‘tkan yoshliging,


Mana shu soylarda xo‘p cho‘milganing.
Opang yodingdami senga qarata,
Ariqdan suv sochgan kunlar qaylarda.

Kimga qadrlidir, kimga qadrsiz,


Suv atalmish hayot boyligi,
Kimga muqaddasdir, kimga oddiy suv,
Ariqlarda toshgan umrning bori.


SOAT

Soat chiq-chiq etsa, har bir lahzada,


Boshingga nimadir qadalar go‘yo,
Uyqusizlik qiynasa ba’zi tunlarda,
Soatni buzib tashlaging kelar.

Uy chetida tursa, topolmay qolsang,


Kerak payti qochib, pinhon yo‘qolsa.
Jahling chiqar o‘sha payt,
Go‘yo kimdir seni jisming o‘ynaydi,

Qaydan bilarsiz, buni siz dersiz,


Bular mening ham boshimdan o‘tgan,
Qizig‘i soat yonimda bo‘lgan,
Ko‘rmasdan uni izlayveraman.

MAG‘RURLIK


Boshingni baland tut, lek osmon boqma,


Oyog‘ing ostiga ham har zamon qara.
Gar mag‘rur bo‘lsang, manmanlik senda,
Gar tog‘ri bo‘lsang, kamtarlik senda.

Mag‘rur bo‘lma demayman, mayli bo‘l,


Ammo takror aytaman, osmonga boqma,
Yo‘lingdagi toshni ko‘ra olmaysan,
U sabab yiqilishing, qulashing tayin.

Mag‘rurlik seni abgor qiladi,


Kun kelsa, boshingga yetar albat u,
Ba’zan yomon yo‘lga chorlab qolar,
Ortiqcha mag‘rurlik uyaltirar.

DALALARGA BOQAMAN


Dalalarga boqaman bahor chog‘ida,


Yoshlikka burkangan yerlar o‘ngimda,
Hattoki o‘ylayman bular tushimda,
Bo‘lmoqda balki xayol, o‘yimda.

Bunchalar keng dalaning ko‘ngli,


Yayraysan yashnab, kulib bag‘rida.
Bemalol dardingni unga aytasan,
Chunki sirlaringni hech qachon sotmas.

Dalalarga boqaman bahor chog‘ida,


Sevinchimni quvonib aytgim keladi.
Bag‘rida yonib to‘lg‘anib tinmay,
Bilaman uni quchgim keladi.

ALLANI ESHITMOQ ISTARMAN


Erta indin o‘n sakkizga qadam qo‘yaman,


Hayol qalbimda bolalik kezar,
Yotgan beshigimni ko‘rib qolsam gar,
Allani eshitmoq istarman o‘zim.

Eslolmayman beshikda yotganlarimni,


Onam bedor aytganallalarini,
Eshitganman faqat o‘zga onani,
Bolasiga jon berib aytgan allani.

“Ona alla aytib bering” deyman, yalinib,


Iltimos ham qilib, ozgina kulib.
Onam: “Qo‘ysangchi” – deydi, qayrilib,
“Yosh bola bo‘lma, katta qiz bo‘lib”.

Jajji qizchadek qovog‘im solib,


Onamga injiqlik qilaveraman,
Ne qilay onajon, uyqum kelmaydi,
Allani eshitish istayveraman.

Erta indin o‘n sakkizga qadam qo‘yaman,


Xayol qalbimda bolalik kezar,
Yotgan beshigimni ko‘rib qolsam gar,
Allani eshitmoq istarman o‘zim.


OTAM

Ming bora o‘lib, tirilganim – siz,


Farzandlar uchun jon berganim - siz.
Allohdan tilagim sizga doimo,
Hajlarga borish nasib aylasin!

Duoingiz sabab bugun ko‘nglim to‘q,


Omadlar yo‘limda har kuni poylar,
Jahonni to‘ldirib bugun aytaman,
Hammadan yaxshi mening otam bor.

Gar safarga ketsa, sog‘inch qiynaydi,


Sog‘lig‘i o‘yimdan hech ham ketmaydi,
Yo‘lini poylayman, uyqu kelmaydi,
Ishlarim bor-u, qilgim kelmaydi.

Hamma otalar ham mening otamdek,


Barcha farzandlar ham balki meningdek.
Otalarga umr bo‘yi bolamiz doim,
Bizlar uchun qayg‘urgan, mehribon otam.

TARIX KITOBIM


Tarix kitobimni varaqlay turib,


Ko‘zim tushadi og‘ir o‘tmishga,
Raqamlarga qarab, yig‘lagim kelar,
Urushning nomini ko‘rib yonida.

Jilmayib turibdi, Stalin, Gitler,


Zo‘r ishni bajarib qo‘ygandek go‘yo,
Yonida zir qaqshab, o‘zbek turibdi,
Erimni, o‘g‘limni topgin, deya.

Sahifa ochilar soat misoli,


Varaqlayveraman davom ettirib,
Shu onda yuragim jumbushga kelar,
Bolalar turgan sur’atga qarab.

Dahshatli bu kunlar boshiga tushgan,


O‘zbek elimga rahmim keladi.
Bu kunda tinch yashab turganlarimga,
Allohga rahmatlar aytgim keladi.


HADIS

Qur’on Karimdan so‘ng, eng oliy oyat,


Buxoriylar yozgan go‘zal hadislar,
Ma’no, ma’rifatga limmo-lim, to‘la,
Kitoblarda yozilgan go‘zal hadislar.

Qoralanar unda, yovuzlik, zulm,


Gunoh deb atalgan og‘ir jinoyat,
Ko‘klarga ko‘tarilar ilm ziyosi,
Bilim qo‘rg‘oni bo‘lmish, buyuk madrasa.

Hadislar balki yo‘lchidir bizga,


Balki qorong‘uda yongan yog‘dudir.
So‘lmas yulduzdir oxiratda,
Allohning dilidagi so‘zlardir balki.

Yod olmoq joizdir har birimizga,


Azqotar yo‘limiz quduqlarida,
Balki oxiratda so‘ralar ular,
Kitoblarda yozilgan go‘zal hadislar.

Qur’oni Karimdan so‘ng, eng oliy oyat,


Buxoroylar yozgan go‘zal hadislar,
Ma’no, ma’rifatga limmo-lim, to‘la,
Kitoblarda yozilgan go‘zal hadislar.

O‘SHA UFQ


Bugun peshindan so‘ng, jim turib yana,


O‘sha ufqqa takror termulmoqdaman.
Yana ichimdan o‘tar o‘sha his,
Unga dardimni men, aytmoqdaman.

Yugurgim keladi, u tomon chopib,


Qo‘limni uzatsam, yetgudek bo‘lib,
Ko‘zim qamashsa ham, qarab turaman,
Quyosh uyquga ketgunga qadar.

Tunda oy sirdoshim bo‘lsa,


Kunda quyosh sirdoshim bo‘lar,
Ufqqa quyosh boshini qo‘ysa,
Mendan umrbod ketgandek bo‘lar.

Quyoshning ufqqa botishin ko‘rib,


Gohi quvonaman, gohi xafaman,
Quvonchim shuki, go‘zal manzara,
Xafaman undan, usizligimdan.
O‘sha ufq biroz o‘zgargan desam,
Yo‘q , yo‘q u hech o‘zgarmagan.
Avvalgudek menga termular,
Jim turib, holim so‘rar.

Tobora ufq yo‘qolib borar,


Chorlar meni qutqargin deya,
Qo‘llarini uzatar ro‘yo,
Men ham uzatarman, u tomon go‘yo.

YURTIM QIZLARI


Momohavodan odob merosdir,


Eng yaxshi fazilatlar ularga xosdir.
Yurtim qizlariga atlaslar mosdir,
Husnini aytsam, biram go‘zaldir.

Qo‘llarin ushlagan faqat atirgul,


Yuzlarini ko‘rsangiz oydayin gul.
Jilmaysa, yuzidan nurlar yog‘ilar,
So‘zlarin eshiting, bol tomgan lablar.

Erta tong hovlilar oynadek turar,


Chunki yurtim qizlari sarishtadir bari,
Qilgan taomlari tilni yorguvchi,
Yuzida bordir go‘zal kulguchi.

Yurtim qizlarining ta’rifin so‘rang,


Yetti iqlim bilar ular haqida.
Bilmasangiz biling, negaki ular,
O‘zbegimning go‘zal qizlari.

QISHLOG‘IM


Bir tomon adir-u, bir tomon qirlar,


Bir tomonda toshqin soy ham oqadi,
Bog‘larda g‘arq pishgan o‘rik, olmalar,
Qishlog‘imga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.

Yalangoyoq bolalar ko‘cha kezadi,


Bobolar yig‘ilib suhbat quradi,
Qah-qah otib qizlar kuladi,
Qishlog‘imda kunlar shunday o‘tadi.

O‘sha chang-u tor ko‘cha, hamon yodimda,


Beshtosh o‘ynaganlarim bugun o‘ngimda,
Loydan non yasab, yopganlarim,
Xotiradan oshib bugun xayolda.

Qishlog‘imning fayzi, shukuhi o‘zgacha,


Undagi insonlar qalbi o‘zgacha,
Soyning oqishi, siri boshqacha,
Har kungi tonglar ham boshqacha.


MUNDARIJA
QALAMIMDAGI VATAN......
DILNI TOSH O‘YAR .....
KULISHNI UNUTGANLAR .........
ODDIY QIZ ..........
PREZIDENTIM ..........
BU OQSHOMDA ....................................
BOG‘IMDA DARAXTLAR GULLADI ..............
ZULFIYADEK .....................
SOG‘INDIM .......................
O‘ZBEK O‘G‘LONLARI ...........
YODINGDAMI QADRDON… ..........
EY ODAMZOD! ...................
CHEHRAMGA TUSHGAN ...............
QUYOSH NURLARI .............
MEN GUVOH .................
NIMADIR BO‘LSAM ................
QALB KO‘ZI ..............
NAVRO‘Z KELDI ..............
TARIXNI IZLAB .................
SHOIR OLAMI .............
SAN’AT NIMA? .............
HAYOT SINOVI ...................
GULLAGAN YOSHLIKNI ................
HIS ETMAGANLAR ...........
USTOZ, SIZ SABAB ...........
XORAZMIYLAR BOR .................
KUTYAPMAN ..............
UMMON ....................
HAR BIR YOMG‘IR ..............
KIMNIDIR KO‘ZYOSHI ..............
TASHLAB KETDI, NECHUN? ................
JANNAT HIDI KELGAN VATANIM! ...................
ILK QADAM ................
O‘YLAMOQ ................
SINFDOSH… ...................
BEGONA BAHOR ...................
F AXR BUYUK ...................
MAMLAKAT BAYROG‘I ...............
QUYOSH ..................
ISHONCH ..........
ARMON .............
NAVO ....................................
YIG‘LAMOQ ISTAYMAN ............................
SUKUT IZMIDA ..............
GUMON .....................
MUSOFIRGA… ..........................
VATANIM MENI ..................
DIYDOR ..........................
ONA TILI USTOZIM ...................
OLIS YO‘L ..................
DARD ..........................
ONAJONIM ....................
BAXTLI KALITI ..................
QASOS ..................
XOTIRA ..................
TAQDIR .....................
MINBAR YONIDA ..................
TO‘G‘RI QAROR ....................
FIDO QIL JONINGNI .....................
TANHO YURT UCHUN ................
SALOM ....................................
SUV – HAYOT BOYLIGI ...........
SAOT ...........................................
MAG‘RURLIK ........................
DALALARGA BOQAMAN ...................
ALLANI ESHITMOQ ISTARMAN .....................
OTAM ...................
TARIX KITOBIM ............
HADIS .................
O‘SHA UFQ ................
YURTIM QIZLARI ...........
QISHLOG‘IM ......................

Adabiy-badiiy nashr




Xumora Jumaqulova


Jannat hidi kelgan Vatanim!
She’rlar
Muharrir I. Qulmurodov
Musahhih S. Barakayeva
Terishga berildi: 26.08.2022-y.
Bosishga ruxsat etildi: 22.11.2022-y.
Ofset qog‘ozi. Qog‘oz bichimi: 60х84.
Times New Roman garniturasi. Ofset bosma.
Bosma tabog‘i: 2,75. Adadi: 50 dona. Buyurtma №
Bahosi kelishilgan narxda.
“Aziz kitobxon” nashriyot MCHJ da nashrga
tayуorlandi va chop etildi.
210100, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 38 b-uy.
Tel +998(93) 439-00-44


Download 436.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling