Boshlab yaratishga kirishadi Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba
Download 29.03 Kb.
|
Ma\'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o\'rni
REJA: 1.Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosati. 2.Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqaruv 4. Xalq o‘z tarixini asosan o‘z davlatini qurishdan boshlab yaratishga kirishadi 5. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo‘yildi. Kengashning hududiy bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o‘zgarish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘tardi. – Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. – Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat. Yaqinda bo‘lib o‘tgan yirik tadbirlar – davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Chunki bu borada yechimini kutib turgan, o‘zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar ko‘p. Milliy g‘oyaning mohiyatini to‘liq anglab yetmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy g‘oyasini ta’kidlab o‘tdi: – Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, – dedi davlatimiz rahbari. Ma’lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti. Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda. Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash zarur. Davlatimiz rahbari loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidladi. Yig‘ilishda qayd etilganidek, ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o‘zi talab etmoqda. Jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar shunday asosda yo‘lga qo‘yilmagani uchun ham kutilgan natijani bermayapti. Shuning uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi aytildi. Prezidentimiz ushbu markazning “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish taklifini bildirdi. Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari belgilandi. Ma’lumki, hozirgi paytda ma’naviyat targ‘iboti bilan o‘nlab tashkilotlar shug‘ullanadi. Lekin, ularning faoliyati aniq muvofiqlashtirilmayotgani, yagona tizimga birlashmagani sababli bir-birini takrorlash holatlari kuzatilmoqda. Bundan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi barcha hududiy kengashlarning, vazirlik, idora va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishi belgilandi. Markaz va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik ta’minoti keskin kuchaytiriladi. Uning faoliyati ilmiy tadqiqot va targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishlarida qayta tashkil qilinadi. Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi, deydi xalqimiz. Lekin, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi uzviylik hozircha bunday emas. Bu borada bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla – har biri alohida ish olib boryapti. Shu bois ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, xususan, o‘g‘il-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Barcha oliygoh va ularning filiallarida mavjud shtat birliklari doirasida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etilishi aytildi. Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, Toshkent shahar nuroniylarining tarbiyasi og‘ir, ishsiz yoshlarga ko‘maklashish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Hududlar markazida namunaviy loyiha asosida ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish, mahalliy byudjetlar hisobidan sohaga qo‘shimcha shtatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” majmuasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirish taklifi bildirildi. Yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. – Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Mutasaddilarga O‘zbekistonda tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. O‘zbek tilining davlat tili maqomini kuchaytirish, yurtimizda va xorijda uni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan ko‘rsatma berildi. Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy “aql markazlari”mizni shakllantirishni talab etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shu ma’noda, Ma’naviyat va ma’rifat, “Taraqqiyot strategiyasi”, Islom sivilizasiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy “aql markazlari”ga aylanishi kerakligi ta’kidlandi. Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Ijod” jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilishi qayd etildi. Bu jamg‘armaga 120 milliard so‘m ajratilib, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali amalga oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish uchun sarflanadi. Bu mablag‘ning 90 milliard so‘mi hududlarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirishga, 20 milliard so‘mi Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, 10 milliard so‘mi mamlakat miqyosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil qilishga yo‘naltiriladi. Shu yildan boshlab, ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, kino san’atini izchil rivojlantirish, barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, teledasturlarning saviyasini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. – Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir, – dedi Prezident. Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha soha mutasaddilari, o‘qituvchi va professorlar, vazirlar, viloyat hokimlari fikr bildirdi. Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’limning zamonaviy tizimi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy qilinmoqda, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari hamda nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilindi. Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan: birinchidan, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli darajada samara bermayapti; ikkinchidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyati hamon talab darajasida emas; uchinchidan, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar obyektlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim to‘garaklari, sport seksiyalarining yetishmasligi bolalarning sog‘lom ruhda tarbiyalanishiga va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; to‘rtinchidan, o‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermasligi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mustaqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda; beshinchidan, yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinish darajasi pastligi, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi malakali kadrlarning yetishmasligiga va olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘liq erishilmasligiga sabab bo‘lmoqda; oltinchidan, sohada qonun buzilishi holatlarining saqlanib qolayotganligi, shu jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishida nazoratning yetarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq: 1. Quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash; yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash; pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma’naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish; yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish; yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash. Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari Dasturning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi. 2. Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi (A.N.Aripov): vazirlik va idoralarning mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda Dasturning amalga oshirilishi bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etsin, ularning samarali ishlashini ta’minlasin; Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tahlil qilib borsin; ta’lim-tarbiya sohasida qonun buzilishi holatlarining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish, joylarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni o‘rganish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin. 3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari: a) 2018 yil 1 sentyabrdan: boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravarga; yuqori sinf o‘qituvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha; direktor, uning o‘rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin. b) 2019 yil 1 yanvardan: oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravarga; birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravarga; ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravarga; mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga; direktor, uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin. 4. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, ulardagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab psixolog shtat birligi quyidagicha belgilansin: 250 nafargacha – 1 shtat birligida; 250 nafardan 800 nafargacha – 1,5 shtat birligida; 800 nafardan 1600 nafargacha – 2 shtat birligida; 1600 nafardan 3000 nafargacha – 2,5 shtat birligida; 3000 nafar va undan ortiq – 3 shtat birligida. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli psixologlar uchun bazaviy tarif stavkalar 2018 yil 1 sentyabrdan ushbu muassasa mutaxassis o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtirilsin, 2019 yil 1 yanvardan esa 1,1 baravarga oshirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 noyabrga qadar muddatda o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin. 5. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrga qadar ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog kadrlarni faoliyatining natijaviyligi asosida rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ikki oy muddatda: hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini; umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va asosiy faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini; ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan pedagog kadrlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida imtiyozli shartlarda sog‘lomlashtirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zshaharqurilishinvest” va “Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida dastlabki badali 10 foiz bo‘lgan ipoteka krediti sifatida berish, shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida pedagog xodimlarning oila a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 foiz stavka miqdorida kreditlar berish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi huzurida xalq ta’limi tizimidagi xodimlar uchun ipoteka krediti, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun iste’mol kreditlari berishni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus jamg‘armani tashkil etish, unga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 million AQSH dollari ajratish hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamg‘arma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar berish tartibi o‘rnatilsin: kreditni berish muddati – 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga; dastlabki badal summasi – sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi; kredit uchun foiz stavkasi – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan pedagog xodimlar ro‘yxati asosida ular tomonidan tijorat banklari kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda xalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shayotgan xalq ta’limi tizimi xodimlarini taqdirlash uchun davlat mukofoti ta’sis etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin hamda o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-2020 yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqei va obro‘sini targ‘ib qiluvchi “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etsin. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qurilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning konsepsiyasi va namunaviy loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va kumush medallarni ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki: oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan oraliq, yakuniy nazoratlari, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi; kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo baholarga o‘qiganligi, namunali xulq-atvori va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush medal bilan taqdirlash tartibini tasdiqlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim sohasiga davlat-xususiy sheriklikning joriy etilishi borasida mavjud ahvolni va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini, jumladan, joyiga chiqqan holda o‘rganib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda ikki oy muddatda jahondagi oliy ta’lim muassasalari reytingida 1000 talik ro‘yxatga kiradigan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining, shu jumladan, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining filial (fakultet)larini O‘zbekiston Respublikasida litsenziya olmasdan va boshqa imtiyozli shartlarda tashkil etish masalasini o‘rganib chiqsin hamda aniq takliflar kiritsin. 16. Quyidagilar taqiqlansin: xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish; xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish; xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat tadbirlarini o‘tkazsin hamda aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta’minlasin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi, uning hududiy tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, uning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va shtatlar sonini maqbullashtirish orqali ta’lim sohasiga boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2019 yil 1 avgustga qadar Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’limning amaldagi tayanch o‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqib, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab 10 foizga qisqartirish hamda mazkur fanlar bo‘yicha dars soatlari qisqartirilgan mutaxassislarni talab yuqori bo‘lgan boshqa o‘quv fanlarga bepul qayta tayyorlab o‘tkazish yuzasidan taklif kiritsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror va dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni 2018 yil uchun ajratsin hamda 2019 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari A.A.Abduvaxitov va Q.K.Kuranbayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. Avvalo, mana shu ulug‘ ayyom kunlarida, muhtasham G‘alaba bog‘ida turib, siz, azizlarni, bugungi tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, harbiy okruglarda, oila davrasida televideniye orqali tomosha qilayotgan barcha faxriylarimizni ko‘pmillatli butun xalqimizni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 76 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Muhtaram urush va mehnat fronti faxriylari! Bugungi shonli sanani biz doimo cheksiz quvonch va cheksiz iztirob bilan nishonlaymiz. Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, hurmat bajo keltiramiz. Siz, mo‘’tabar faxriylarimizning beqiyos qahramonligingiz insoniyat tarixiga abadiy o‘chmaydigan, buyuk sahifa bo‘lib yozilganini chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etamiz. Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga yana bir bor yuksak mehr va hurmatimizni izhor etib, ularning barchasiga chin yurakdan tashakkur aytamiz. Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarning O‘zbekistonimizni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalashga qo‘shayotgan munosib hissangizni barchamiz yuksak baholaymiz. Sizlarning mardlik va matonatingiz koronavirus pandemiyasi davom etayotgan hozirgi murakkab davrda ham ana shu xatarli kasallikka qarshi kurashda bizga kuch va madad bermoqda. Biz – bugungi minnatdor avlodlar sizlar kabi jasur otalarimiz bilan umrbod faxrlanamiz. Mana shu hayajonli daqiqalarda sizlarning jang maydonlarida buyuk qahramonlik ko‘rsatganingiz, urushdan keyin mamlakatni tiklash va rivojlantirish yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlaringiz uchun barchamiz bosh egib ta’zim qilamiz. Oradan yana qancha yillar, asrlar o‘tmasin, sizlarning fashizmga qarshi ko‘rsatgan matonatingizni xalqimiz hamisha qalbida, xotirasida saqlaydi, bu jasorat yoshlarimiz uchun abadiy ibrat namunasi bo‘lib qoladi. Hurmatli yurtdoshlar! Ikkinchi jahon urushi millionlab begunoh insonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan, mislsiz yo‘qotish va talafotlarga olib kelgan eng dahshatli qirg‘in bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz. Olti yil davom etgan bu qonli urushda o‘sha paytda dunyodagi mavjud 73 ta davlatdan 62 tasi, Yer yuzi aholisining 80 foizi ishtirok etgani ham bu haqiqatni tasdiqlaydi. Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alaridagi 40 ta davlatni bevosita qamrab olgan urush harakatlariga 110 million kishi safarbar etilgani va bu qirg‘inda jami 70 million kishi halok bo‘lgani har qanday odamni larzaga soladi. Eng ko‘p qurbonlar sobiq Ittifoq respublikalari hissasiga to‘g‘ri kelib, qariyb 27 million kishini tashkil etganini bugun ham ulkan qayg‘u va iztirob bilan eslaymiz. O‘zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatorida urushning birinchi kunlaridan boshlab fashizmga qarshi jangga kirdi. Yovuz dushmanni tor-mor etish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdi. Shu borada ba’zi bir eng muhim, ilgari bizga noma’lum bo‘lgan fakt va raqamlarni yana bir bor eslab o‘tish o‘rinli, deb hisoblayman. Ma’lumki, 1941-yilda respublikamiz aholisi 6 million 800 mingdan ziyod kishini tashkil etardi. Urush boshlanishi bilan qariyb 2 million yurtdoshimiz frontga otlandi. Har biri tom ma’noda qahramon bo‘lgan bu aziz insonlarning 500 mingdan ziyodi shafqatsiz janglarda halok bo‘ldi. Bizbu raqamlarni har yili 9 may – G‘alaba bayramida qayta-qayta esga olamiz. Bular shunchaki oddiy raqamlar emas. Ularning zamirida mushtipar onalarimiz, momolarimiz, mard va jasur otalarimiz, butun xalqimiz qalbidagi cheksiz qayg‘u va hasrat mujassam. Bu dardu alamlarni hech qanday raqam, hech qanday so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Nega deganda, 500 mingdan ziyod qurbon – bu 500 mingdan ortiq fojia degani. Bu umr yo‘ldoshidan ayrilgan ming-minglab ayollar, ota-onasidan judo bo‘lgan millionlab yetim bolalar degani. Bu – oradan shuncha yillar o‘tsa hamki, xalqimiz yuragidagi bitmagan, hech qachon bitmaydigan mudhish yara, tuganmas nola va armon demakdir. O‘zbekiston xalqi ana shunday og‘ir talafotlar ko‘rib, buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shdi. Bu haqiqatni 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ham yaqqol isbotlaydi. Vatandoshlarimizning 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga, 70 nafardan ortig‘i uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo‘lganini alohida ta’kidlash lozim. Insoniyat taqdiri va kelajagi hal bo‘layotgan o‘sha suronli yillarda O‘zbekiston frontning mustahkam ta’minot bazasi bo‘lib xizmat qildi. “Hamma narsa – front uchun, hamma narsa – G‘alaba uchun!” degan g‘oya el-yurtimizning hayotiy e’tiqodiga aylandi. Xalqimiz tunu kun tinimsiz mehnat qilib, ulkan miqdordagi oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslaha, dori-darmon zaxiralarini jang maydonlariga uzluksiz yetkazib berdi. Bomba va snaryadlar tinimsiz portlab turgan hududlardan 170 ga yaqin zavod va fabrikalar O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi va qisqa muddatda qayta ishga tushirildi. Urushdan jabr ko‘rgan 1 million 500 mingdan ortiq keksalar, ayollar va bolalar respublikamizga ko‘chirib keltirildi. Ularning 200 mingdan ziyodi ota-onasidan ayrilgan yetim bolalar edi. Download 29.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling