Boshlaganlar? O‘lchashlarga


Download 69.73 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi69.73 Kb.
#1619046
1   2   3
Bog'liq
Shahnoza

O‘lchash birliklari savollari bilan dunyoda qachondan 


shug‘ullanishi boshlangan?
Maxsus Xalqaro komissiya tomonidan xalqaro ilmiy texnik va savdo 
sohasidagi hamkorlikka manfaatdor davlatlar uchun Xalqaro birliklar 
tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizimga asosan 1960 yil o‘lchovlar va 
tarozilar bo‘yicha o‘tkazilgan XI Bosh konferetsiyasida Xalqaro birliklar tizimi SI qabul qilingan. Tizim universalligi, o‘lchashlarning barcha 
sohalari uchun unifikatsiyalanganligi, qulayligi, asosiy birliklarni katta aniqlik bilan qayta tiklash mumkinligi va hosilaviy birliklarning 
kogerentligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bu tizim barcha sohalarda, doimo qo‘llaniladi. Mazkur tizim barcha davlatlar 
uchun yagona hisoblanadi, shu bois “Fizik kattaliklar birligi” Xalqaro 
standart qabul qilingan.
MDX doirasiga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
faoliyati 1992 yildan beri amaldagi, davlatlararo hisoblanuvchi 
"standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalari 
kelishilgan siyosatni yuritish to‘g‘risidagi bitim" ga muvofiq olib 
boriladi. Bu borada MDX qatnashchilar uchun Davlatlararo Kengash 
(MGS Mejgosudarstvenniy Sovet) tuzilgan bo‘lib, unda a’zo
davlatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlari ishtirok 
etadilar. MGS davlatlararo standartlarni qabul qiladi.
1995 yil ISOning kengashi MGSni standartlashtirish bo‘yicha MDX 
davlatlarining mintaqaviy tashkiloti sifatida tan oldi.
Mustaqillik yillarida, qisqa davr ichida mahsulotlar, xizmatlar va 
jarayonlarning sifati va xavfsizligini o‘lchash vositalari, o‘lchash 
uslubiyatlari, malakali mutaxassislar, bir so‘z bilan aytganda 
metrologik faoliyat talabi amalga oshiradigan Metrologiya bo‘yicha 
Milliy idora sifatida dastlab O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi “O‘zdavstandart” (1992), 
keyinchalik esa “O‘zstandart” agentligi (2002) tashkil etildi. Shu bois 
barcha O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O‘BTDT) ham 
yaratildi. Bu tizim milliy qonunchilik talablari bilan bir qatorda 
Metrologiya bo‘yicha xalqaro va regional tashkilotlar tartib qoidalari 
asosida tashkil etildi.

1993 yil 28 dekabrda “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 


Respublikasi qonunining qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda o‘lchashlarbirliligini ta’minlash tizimining qonunchilik asoslari yaratildi.
Ushbu qonun orqali asosiy atamalar va ta’riflar, metrologiya sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining faoliyat doirasi, fizik 
kattaliklarning birliklari, ularni qayta tiklash va joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati, davlat metrologik nazorati va 
tekshiruvi, metrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish belgilab 
qo‘yilgan.

O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining asosiy qoidalari 


O’z DSt 8.001,1998 O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi. Asosiy 
qoidalar”da bayon etilgan.
“O‘zstandart” Agentligi tomonidan Davlat SI o‘lchashlar birliligini
ta’minlash tizimi uchun O’z DSt 8.012:2005 standarti kiritilgan.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish ta’riflarning 
tushunchalari qanday? Metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan.
Fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator 
masalalarni o‘z doirasiga oladi.

Metrologiya so‘zi qadimgi grek tilidan olingan bo‘lib "metro" -o‘lchov, "logos" -ta’limot degan ma’noni anglatadi. Metrologiya –o‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va vositalari hamda
kerakli talab etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan hisoblanadi.

1. Metrologiya uch qisimdan iborat:


Nazariy metrologiya metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab 
chiqish predmeti bo‘lgan sohasidagi metrologiya bo‘limi.

2.Qonunlashtiruvchi metrologiya metrologiya bo‘yicha milliy idora 


faoliyatiga qarashli va birliklar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga olgan 
metrologiya qismi.

3.Amaliy metrologiya nazariy metrologiya ishlanmalarini va 


qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi metrologiya bo‘limi.



Download 69.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling