Tadqiqot obyekti
Uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy faol, ijodkor o’qituvchi shaxsining
shakllanish jarayoni.
Tadqiqot predmeti
Uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy faol, ijodkor o’qituvchi shaxsi
shakllanishining mazmuni, shakl va metodlari.
Tadqiqot metodlari
Mavzuga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlar
tahlili, suhbat, kuzatish, prognostik (bashorat qilish), interfaol, ahamiyatiga qarab
saralash, pedagogik tajriba.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Tadqiqotni olib borish davrida mavjud adabiyotlar va ilmiy izlanishlarga
tayangan holda ―ijtimoiy faollik‖ va ―ijtimoiy faol, ijodkor o’qituvchi‖
tushunchalarining mohiyati ochib berildi. Ijtimoiy faol, ijodkor o’qituvchi kadrlar
tarbiyasining ilmiy-pedagogik xususiyatlari o’rganildi hamda uning pedagogik
mohiyati asoslandi. Shuningdek, bo’lajak ijodkor o’qituvchi shaxsini ijtimoiy-
kasbiy yo’naltirish motivlari, ularni rivojlantirish jihatlari belgilab berildi.
Tadqiqotning nazariy g’oyalari va amaliy natijalaridan ―Pedagogika‖,
―Ijtimoiy pedagogika‖, Ijtimoiy psixologiya‖ dasturlari va kurslarini
takomillashtirishda, oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilarning
ijtimoiy va kasbiy faollikka yo’naltirilgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishda keng foydalanish mumkin.
.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |