Бошланғич синф ўқитувчиси фаолиятини илмий асосда ташкил этишнинг педагогик асослари
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
15
1.2. Boshlang‟ich sinf o‟qituvchisi mehnatining o‟ziga xos xususiyatlari
Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ishlab chiqishning asosiy omillaridan biri, respublikamizning demokratik va huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi; milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vataniga iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmatning ortib borayotganligidir. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach mamlakatimiz xalqi oldida iqtisodiy va ma’naviy mustaqillikka ham erishish vazifasi kun tartibiga qo’yildi. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida, umumiy ta’lim maktablari va o’qituvchilarining maqsadi - har bir bolada mavjud bo’lgan qobiliyat va layoqatlarni erkin rivojlantirish, ilm asoslarini, umuminsoniy va milliy – ma’naviy, madaniy, qadriyatlarni o’rganish, yuksak axloqiy fazilatlarni, fuqarolik burchini, milliy g’urur tuyg’usini o’stirish, yoshlarni mehnat faoliyatiga, mustaqil hayot kechirishga yo’naltirishdan iborat. Hozirgi davr taraqqiyotidan kelib chiqsak O’zbekistonda ta’lim-tarbiya tobora rivojlanmoqda, o’qituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi davlatimiz ko’rsatmalariga muvofiq ravishda ortib bormoqda. Ta’lim – tarbiyada o’qituvchi – murabbiylarning pedagogik mahoratini mukammal egallashi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shu bois jahonning barcha oliy o’quv yurtlarida bu masalaga alohida yondashuv amalga oshirilmoqda. O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina etarli emas. Chunki 16
pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun - qoidalar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi. Shuning uchun ham mustaqil O’zbekiston davlatining umumiy ta’lim maktabida ishlaydigan o’qituvchi: - pedagogik faoliyatiga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; - milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol: - O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan, e’tiqodli fuqaro; - ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan; - o’qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir o’quvchisi ulg’ayib yaxshi odam bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan; Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling