3. Tanlab o‘qitish.
– She’rdan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
– Yoz manzarasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
II. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Asarni o‘qishga o‘quvchilarni tayyorlash.
Asar muallifi Abdulla Oripov haqida suhbat. 4-sinf o‘qish darslarida shoir Abdulla Orirovning qaysi she’rlarini o‘qib o‘rgandik? Bu she’rlar nima haqida edi? Shoirning yana qaysi she’rlarini bilasiz? A.Oripov qayerda tug‘ilgan? O‘zbekistonda nechta viloyat bor? Bu savolga o‘quvchilar javobi tarmoqlash usulida yoritib va to‘ldirilib boriladi. O‘quvchilar viloyatlarni to‘liq ayta olmasalar, ularni asarni o‘qish davomida topishlari va yozishlari aytiladilar
Toshkent
Farg`ona
Samarqand
Andijon
Buxoro
Namangan
Navoiy
Surxandaryo
Jizzax
Sirdaryo
Qashqadaryo
Qoraqalpog`iston AR
Doskaga asar nomi «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» yoziladi
Aqliy hujum.
– Asar nima uchun «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» deb nomlangan? Asar nima haqida bo‘lishi mumkin?
O‘qituvchi: Bu savollarga qaysi javobning to‘g‘riligini asarni o‘qib bilib olamiz.
2. Asar matni bilan tanishtirish. Asar oldindan tayyorlangan o‘quvchilarga rollarga bo‘lib o‘qitish orqali tanishtiriladi.
3. Asar yuzasidan dastlabki suhbat. – Asar nima haqida ekan? – O‘zbekistonda nechta viloyat bor ekan? (Klasterni chala o‘rnini to‘ldiring). – Asarda kimlar ishtirok etar ekan?
4. Asarni o‘quvchilarga qismlarga bo‘lib o‘qitish.
5. Mustaqil o‘qish mashqi. Topshiriq. Har bir viloyatga tegishli misralarni ichingizda o‘qib, klasterga yangi tarmoqlar qo‘shing va uni daftarlaringizga ko‘chirib oling.
Toshkent
Farg`ona
Samarqand
Andijon
Buxoro
O`zbekiston
Namangan
Navoiy
Surxandaryo
Jizzax
Qoraqalpog`iston AR
Sirdaryo
Qashqadaryo
Do'stlaringiz bilan baham: |