Navoiy DPI "Umumiy pedagogika" kafedrasi o’qituvchisi Sh.T.Boltayevaning
" Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy
faoliyatini rivojlantirish yo’llari"
monografiyasigasiga
T A Q R I Z
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Chunki, o’z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to’liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o’zgarishlar bo’lishiga zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi... Inkor etib bo’lmaydigan ushbu haqiqat shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir insonning qon-qoniga, vujudiga singib ketishini istardim”, -deb ta’kidlashi ta’lim sohasini yangilashda ham ustuvor vazifa bo’lib sanaladi. Chunki shu jamiyatda yashaydigan inson keng faoliyatga tayyorlanar ekan, uning rivojlanishi, tafakkurini yangilashda o’quv jarayoniga ilg’or texnologiyalarni kiritish, o’quvchilarning erkin mustaqil fikrlash, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishni taqozo etadi.
Sh.T.Boltayeva ushbu monografiya boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.
Ushbu qo'llanmadan, boshlang’ich sinf o'qituvchilari, boshlang’ich ta’lim uslubiyoti oliygoh va litsey talabalari o'z pedagogik mahoratlarini oshirish uchun foydalanishlari mumkinligini hisobga olib uni chop etishga tavsiya etaman.
NavDKI Pedagogika
kafedrasi dotsenti, p.f.n.: O. Shomiyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |