Ayrim hollarda OA nur “O nuqtadan chiquvchi nur” deb ham aytiladi. Ta’rif:Teng shakllar deb birini ikkinchisining ustiga aynan ustma-ust tushadigan qilib qo’yish mumkin bo’lgan shakllarga aytiladi. Kesmani nurga qo’yish. O nur va AB kesma berilgan bo’lsin. Agar AB kesmani O nurga ko’chirganda, u nurdagi OD kesma bilan ustma-ust tushsa, ta’rifga ko’ra, OD = AB bo’ladi. Bunday holda “AB kesma O nurga qo’yildi” deyiladi (4-rasm). Aksioma. Istalgan nurga uning boshlang’ich nuqtasidan berilgan kesmaga teng yagona kesmani qo’yish mumkin. Ta’rif: Kesmaning o’rtasi deb uni o’zaro teng ikkita kesmaga ajratuvchi nuqtaga aytiladi. 6-rasmda AB kesmaning o’rtasi bo’lgan C nuqta tasvirlangan. Chizmada teng kesmalar bir xil sondagi chiziqchalar bilan belgilanadi. Biror kesmani birlik kesma deb olib, uning uzunligini 1 ga teng deb qabul qilamiz.Qolgan kesmalar uzunliklarini shu birlik kesma uzunligiga nisbatan aniqlaymiz. Kesmaning uzunligi musbat son bo’lib, shu kesmada birlik kesma va uning bo’laklari necha marta joylashishi mumkinligini ko’rsatadi. 1-rasmdagi CD kesmani birlik kesma va uning uzunligini 1 ga teng desak, u holda AB kesmaning uzunligi 3,5 ga teng bo’ladi. Chunki, AB kesmaga CD kesma uch marta butunicha va yana yarmi joylashayapti. Aksioma. Har qanday kesma tayin musbat songa teng uzunlikka egadir. Aksioma. Agar to’g’ri chiziqda B nuqta A va C nuqtalar orasida joylashgan bo’lsa, AC kesma uzunligi AB va BC kesmalar uzunliklarining yig’indisiga teng bo’ladi: AC = AB + BC. AB kesmaning uzunligi A va B nuqtalar orasidagi masofa deb ham yuritiladi. KESMALARNI O‘LCHASH Qadimdan kesma va masofalarni o’lchashda turli uzunlik birliklaridan foydalanib kelinadi. Masalan, O’rta Osiyoda bo’g’in, qarich, quloch, chaqirim kabi uzunlik birliklari qo’llangan. “Boburnoma”da 1 elik = 2 sm, 1 tutam = 4 elik, 1 qari = 6 tutam, 1 qadam = 1,5 qari, 1 mil = 4000 qadam, 1 shar’iy = 2,8 km kabi birliklar zikr etilgan. U qadar aniq bo’lmagan o’lchov birliklari noqulaylik tug’dirgan. Shu bois XVIII asr oxirida Fransiyada uzunlik o’lchovi birligi sifatida metr qabul qilingan. So’ng u butun dunyoga tarqagan. Ulkan masofalarni o’lchash uchun Astronomiyada astronomik birlik = 149597870,7 km, yorug’lik yili = 9460730472581 km, parsek = 3,08567758491.1013 km, atom fizikasida esa o’ta kichik uzunliklar uchun mikron = 10^-6 m, millimikron = 10^-9 m, pikometr = 10^-12 m kabi birliklar qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |