Boshlang’ich sinf darslarida buyuk ajdodlarimiz asarlari va ilg’or xorijiy tajribalardan


Download 436.5 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi436.5 Kb.
#109828
Bog'liq
3-MASHG'ULOT

  • Mashg`ulot maqsadi:
  • Boshlang’ich sinf darslarida
  • buyuk ajdodlarimiz asarlari va
  • ilg’or xorijiy tajribalardan
  • foydalanish bo`yicha
  • ko`rsatmalar berish.

Tayanch tushunchalar:

  • bolalar adabiyoti, xalq og’zaki ijodi, rivoyatlar, ruboiylar. Matnni o‘qish va uni tushunish darajasini aniqlash bo‘yicha Xalqaro tadqiqot metodlari – PIRLS, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar.

Qo`llaniladigan ta`lim texnologiyalari:

  • ko`rgazmali, ma`ruza, bayon qilish, “Aqliy hujum”, muammoli ta`lim, kichik guruhlarda ishlash, o`z-o`zini baholash

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

  • 1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”. – 2017.
  • 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2008.
  • 3.. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori.
  • 7.Ishmuhammedov .R, Yuldashev M Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar- Toshkent 2013
  • Elektron ta’lim resurslari

KIRISH

  • Boshlang'ich ta'limda buyuk ajdodlarimizni faoliyatlarini bolalar qalbi va ongiga singdirish vositalari juda ko'p, albatta. Ulardan eng asosiysi badiiy adabiyot hisoblanadi, badiiy adabiyot orqali bolalar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat vatanga sadoqat, ezgulik, fidoiylik, mardlik kabi tuyg'ular singdirilib, ular ushbu ma'naviy-axloqiy muhitda tarbiyalanadi

Har bir о‘qituvchining eng birinchi asosiy vazifasi :

  • sifatli dars о‘tib, yaxshi tarbiya berish ekanligini, darsning muqaddasligini mas’uliyat bilan anglashi lozim. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga kо‘tarishni talab etmoqda. Bu о‘z о‘rnida har bir tizim xodimi, ayniqsa, о‘qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Negaki, rad qilib bо‘lmaydigan bir haqiqat bor — qilingan barcha say-harakatlar oxir-oqibat о‘qituvchi mehnati orqali о‘z natijasini namoyon etadi. Shunday ekan, pedagoglardan vijdonan mehnat qilish, yorug‘ kelajagimiz oldidagi mas’uliyatlilik, kо‘rsatilayotgan yuksak e’tiborga munosib javob berish talab etiladi.

Boshlang’ich ta’limda

  • «, Alisher Navoiyning dostonlari tarkibidagi qator ibratli hikoyalar: "Donolar donosi","Sher bilan Durroj", "Ikki vafoli yor", "Bir kabutar", "Hotam toyi" kabi hikoyalari, "Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz", "Oz-oz o'rganib dono bo'lur", "Bilmaganin so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim" kabi hikmatli so'zlari bolalarga turmushda, jamiyatda, o'z jamoasida yurish-turishning to'g'ri qoidalariniegallashida, ularda ijobiy fazilatlarning shakllanishida katta yordam beradi.

2-sinf “Oʻqish kitobi”darsligining “Otalar soʻzi- aqlning koʻzi” boʻlimida

  • , Maqsud Qoriyevning “Ibn Sinoning bolaligi” hikoyasi, Boʻriboy Ahmedovning “Amir Temur haqida hikoya” hikoyasi, Shorasul Zunnunning “Nima essang, shuni oʻrasan” hikoyasi, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Ta’zir” hikoyasi, Zamira Ibrohimovaning “Kichkina Alisher” hikoyasi darslikdan oʻrin olgan. Bu hikoyalarning aksariyati xalqimizning buyuk ajdodalri haqidaligi bilan diqqatga sazovordir. Bular oʻquvchilarning buyuk ota-bobolarimiz toʻgʻrisidagi bilimlar bilan qurollantiradi. Masalan, “Ibn Sinoning bolaligi” hikoyasida Abu Ali Ibn Sinoning yoshlikdanoq ilmga chanqoqligi, adabiyotga qiziqishi va koʻplab gʻazal va she’rlarni yod bilib barchani hayron qoldirganligi tasvirlanadi. Yoki Z.Ibrohimovaning “Kichkina Alisher” hikoyasida mutafakkir alloma Alisher Navoiyning bolalik chogʻlari qalamga olinadi. Yosh Alisherning ziyrakligi va qoʻrqmasligi tasvirlanadi. Bu hikoyalarni oʻrganish darslarini tashkil qilish uchun avvalo hikoya oʻqish darsining qurilishi va uni tashkil qilish yoʻllarini toʻgri belgilash maqsadga muvofiq boʻladi.

Alisher Navoiyʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi

  • Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi — Hirotda 1441-yilning 9-fevralida tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi Gʻiyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan Alisher etti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut-tayr' asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur boʻlgan.

2-sinf “Oʻqish kitobi”darsligining “Otalar soʻzi- aqlning koʻzi” boʻlimida

  • 2-sinf “Oʻqish kitobi”darsligining “Otalar soʻzi- aqlning koʻzi” boʻlimida
  • bir qator hikoyalar berilgan. Jumladan, Maqsud Qoriyevning “Ibn Sinoning bolaligi” hikoyasi, Boʻriboy Ahmedovning “Amir Temur haqida hikoya” hikoyasi, Shorasul Zunnunning “Nima essang, shuni oʻrasan” hikoyasi, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Ta’zir” hikoyasi, Zamira Ibrohimovaning “Kichkina Alisher” hikoyasi darslikdan oʻrin olgan. Bu hikoyalarning aksariyati xalqimizning buyuk ajdodalri haqidaligi bilan diqqatga sazovordir. Bular oʻquvchilarning buyuk ota-bobolarimiz toʻgʻrisidagi bilimlar bilan qurollantiradi. Masalan, “Ibn Sinoning bolaligi” hikoyasida Abu Ali Ibn Sinoning yoshlikdanoq ilmga chanqoqligi, adabiyotga qiziqishi va koʻplab gʻazal va she’rlarni yod bilib barchani hayron qoldirganligi tasvirlanadi. Yoki Z.Ibrohimovaning “Kichkina Alisher” hikoyasida mutafakkir alloma Alisher Navoiyning bolalik chogʻlari qalamga olinadi. Yosh Alisherning ziyrakligi va qoʻrqmasligi tasvirlanadi. Bu hikoyalarni oʻrganish darslarini tashkil qilish uchun avvalo hikoya oʻqish darsining qurilishi va uni tashkil qilish yoʻllarini toʻgri belgilash maqsadga muvofiq boʻladi.

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari.

  • “Aljabr valmuqobala” asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o’zidan avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qo’llash usullarini bayon etdi Shu asar tufayli “Al-Xorazmiy” nomi lotincha transkriptsiyada “Algoritmi” shaklini oldi, keyin “Algoritmus” va nihoyat hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” (“algorifm”) ga aylandi.

Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi

  • “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-hind”)dir. Asar o’nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag’ishlangan

. Abu Nasr Forobiy (873 - 950).

  • . Abu Nasr Forobiy (873 - 950). O’rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti haqidagi talimoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir“Muallimiy soniy”, “Ikkinchi muallim” deb ataydilar
  • Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi

Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari.

  • Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362 yil 3-zulhijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi

Abu Rayhon Beruniy

  • Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalrini hal etish bilan birga, sharqda birinchi bo’lib yer va osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi

Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari.

  • Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarhan ibn Aalagh al-Forobiy taxminan hijriy 257(milodiy 870 yilda) tug’ilgan. U haqli ravishda hamma zamonlarda ham islom olamining buyuk faylasuflaridan biri sifatida tan olinadi.Al Forobiy falsafa, mantiq sohalarida izlanishlar olb borgan, shu bilan birga musiqa nazariyasiga oid Kitab al-musiqa al-kabir (Buyuk musiqa kitobi)ni yozgan. Biroq uning eng mashhur asari “Madina al-fadila” (Fozil odamlar shahri)ni gayriplaton yo’nalishi vakillari tomonidan Platon davlatchiligi bilan taqqoslaganlar

Abu Ali ibn Sino

  • Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida tug’iladi. Uning to’la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi.

Interfaol metodlar

  • Interfaol metodlar - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi hamda ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega

PISA PIRLS

  • Xususan, o'qish va tushunish dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O'quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot),

TIMSS

  • TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo'llanilibkelinmokda.

PIRLS

  • PIRLS-boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash
  • ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 436.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling