Boshlang`ich sinf darsliklarida punktuatsiyaga oid berilgan materiallar tahlil qilish reja


Download 91.5 Kb.
bet4/5
Sana16.10.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1704972
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang`ich sinf darsliklarida punktuatsiyaga oid berilgan mate12

Er ko’karmas, el yasharmas,
Bo’lmasa ko’k tomchisi;
Qanday olsin sh’rni shoir
Bo’lmasa ilhomchisi?
(A.To’qay)
9. Ko’p nuqta
Ko’p nuqta quyidagi hollarda ishlatiladi:
1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida: Karim. Ha, shunday…
Jiyaning Salimjonni ham uning quruq oqsoqol mardikorlikka haydatdi. Etti oy bo’ldi. Na xat bor na habar… buning ustiga kampir ham qazo qildi. O’sha katakday hovlini qarzga o’tkazib… Mana shunday… Bolangdan aylanay, Rahimboy. (yig’lab ketmonni ko’rsatdi.) ana shu hol, ana shu kun… O’zingdan ahvol so’ray? (Nazir Safarov.)
2. Tsitata yoki olingan misollardagi ayrim so’z va gaplarning tushirib qoldirilganligini ko’rsatish uchun ko’p nuqta qo’yiladi: Rus tili “eng boy tillardan biridir…” “ Rus tili “shunchaki o’rganishga ham … undagi adabiyotlarni o’qish uchun ham o’rgansa arziydigan tildir…” (F.Engles. )
3. Kuchli hayajonni, emotsionallikni bildiruvchi undov so’zlardan keyin ko’p nuqta qo’yiladi: To’raxanov. Oh… Honim bilsangiz edi yuragimda yonayotgan g’azab o’tini… (Nazir Safarov. )
4. “O’zbek tili” darsliklarida o’rganilayotgan ma’lum harf (tovush), affiks yoki so’z o’rniga ko’p nuqta qo’yadilar. 191 mashq. Nuqtalar o’rniga mos keladigan so’zlarni qo’yib ko’chiring. Issiq…, yosh-…, sabzi-…da boshqalar.
10. Tire
Tire quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Ega va kesim orasida: Mardikor olish? Bu-qandayhangoma? (O)
2. Ajaratilgan bo’laklarni ajratishda: Qo’chqorov do’ng peshona, qirra burun, polvon yigitcha –kichkina tuman gazetasiga ko’z tikib o’tirardi.
3. Ko’chirma konstruktsiyalarni chegaralash uchun: Hovli o’rtasidagi yosh nihollarorasidagi bola Ma’rifat Hojining o’g’ilchasi bo’lsa kerak-kapalak quvib yurardi. (“Sharq yulduzi”
4. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda: Vataning tinch-sen tinch. (maqol)
5. Diologlarda har bir shaxs nutqini birini ikkinchisidan ajratish uchun: Kozimbekka Saida qardi. Kozimbekning rangi bir ahvolda bo’lsa kerak, qushi uchib deraza oldiga keldi.
-Tinchlikmi?
-Tinchlik, dedi Kozimbek o’zini bosib,-Toshkentdan keldim… Saida taajjublanganday bo’ldi.
- Bilaman kecha kelgan edingiz…
- Mashinani olib keldim…
-Shunaqami… Qutlug’ bo’lsin! Qani?
- Hovlida, qo’lingiz bo’shasa, bir bir aylantirib kelsam degan edim.
-Rahmat... Biron soatda bo’sharman. (A.Q.)
6. Kochirma gaplarda avtor gapini ajratish uchun: “Ko’rdingizmi Olimjon aka dedi oyqiz erga qarab, tabiat bizning qo’limizda”. (Sh.R.)
7. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushuq bo’laklardan keyin kelganda: Payonsiz paxta dalalarining husni va barakasi, so’lim bog’larning sharbati va gullarning ming tovlangan ranglari – barchasi suv tufayli. (O.)
8. Texnik qulaylik, nutqni ixchamlashtirish uchun: Andijon-Maskva poezdi. “Paxtakor”-“Dinamo”. 22.00-“Vaqt” informatsion programmasi. Toshkent-1977 y.
11. Qo’shtirnoq
Qo’shtirnoq quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinadi: Yosh kitobxon, L.Tolstoyning quyidagi so’zlarini doimo esda tut: “Hayot qanchalik yaxshi bo’lmasin, uning yutuqlari qnchalik katta bo’lmasin, hech vaqt bu bilan hotirjam bo;lib qolma, doimo buyuk ishlarga tomon intil…”
2. Tsitatalar har vaqt qo’shtirnoq bilan chegaralanadi: “Maqollar va qo’shiqlar har vaqt qisqa bo’ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar ifodalangan bo’ladi”. (M.Gorkiy.)
3. Ba’zi kesatiq yoki boshqa ma’nolarni ifoda qiluvchi so’zlar qo’shtirnoq ichiga olinadi: Tekintomoq “havaskor” larning holi ohiri voy bo’ladi.
4. Badiy asar, gazeta, jurnal, kartinalarning nomlari, ayrim muassasa, tashkilot, kolxoz, savxoz, zavod, fabrika kabilarning nomi qo’shtirnoqqa olinadi: “Qutlug’ qon” romani, “Mushtum” jurnali, “O’zbekiston” mehmonxonasi, “O’rtoq” fabrikasi va boshqalar.
5. Mahsuloеlarning nomi, O’simliklarning turi, mashina, paraxod, samalyot, televizorlarning markasining bildiruvchi nomlar qoshtirnoqqa olinadi:
6. Sinflar, kurslar, buyruq va qarorlarga qo’shilib yoziladigan harflar qo’shtirnoqqa olinadi: 5-“A” sinf, 11-“B” kurs, 95-“B” buyruq, 12-moddaning “G” bandi va boshqalar.
7. Baho ballari qo’shtirnoqqa olinadi: “besh baho, “yaxshi” baho
12. Ikki nuqta
Ikki nuqta quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda: Mehmon rost aytadi:
odamning himmati qilgan ishidan bilinadi. (M.G.)
2. Umumlashtiruvchi bo’lak uyshuq bo’laklardan oldin kelganda: Bularda kolxoz haqidagi asosiy ma’lutlar: - Ekin maydoni, yil sayin etirgan hosili, olgan daromadi va xokazoiar yirik raqamlar bilan ko’rsatib qo’yilgan edi. (H.N.)
3. Avtor gapi ko’chirma gapdan oldin kelganda: Rus halqining atoqli lashkarboshisi Suvorov shunday degan edi: “Son bilan emas, mahorat bilan jang qiladilar”.
4. Nutq ichida masalan, misol, chunonchi, tema kabi so’zlardanso’ng: masalan: maktab, zavod:
Punktuatsiya tinish belgilari haqidagi qoidalar yig’indisi bo’lib, u fikrni yozuvda to’g’ri ifodalashga va o’zgalarning fikrini tog’ri anglatishga yordam beradi.
Ona tili darslarida sintaksis bo’limini o’rgatish punktuatsiya bilan birgalikda olib boriladi. Punktuatsiyasiz sintaksisni o’rganib bo’lmaydi.
Maktabda punktuatsiya boshlang’ich sinflarda o’qitila boshlanib,8-9-sinflarda muntazam o’rgatiladi.
8-sinfda punktuatsiya o’rgatish darak, so’roq, buyruq, istak gaplar hamda his-hayajon gaplarga bog’lab, ularda nuqta, so’roq va undov belgilarini qo’llashini tushuntirishdan boshlanadi.
Sintaktik konstruksiyalarini erkin tahlil qila oladigan o’quvchigina punktuatsiyani ongli va puxta o’zlashtiradi.
Punktuatsiya o’qitishda onglilikni ta’minlash uchun o’qituvchi mavzularni punktuatsiyaga bog’lashi juda zarur. O’quvchi har bir gapning mazmuniga to’la tushungan bo’lihsi bilan birgalikda, undagi tinish belgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. Masalan, “Bog’imizda olma, anor, nok, uzum – hamma mevalar pishdi” gapida nima sababdan vergullar va tire ishlatilishini o’quvchi shunday tahlil qiladi: - Bu gapda uyushiq bo’laklar (olma, anor, nok, uzum) va ulardan so’ng umumlashtiruvchi bo’lak (hamma mevalar) mavjud bo’lganligi sababli vergullar va tire qo’yilyapti.
Darsda yana quyidagi sintaktik- punktuatsion tahlil o’tkazish mumkin. O’quvchi biror matnni aytib beradi, o’quvchilar tinish belgilarini mustaqil qo’yadilar. Matn yozib bo’lingach, o’quvchilar tinish belgilarining qo’yilishi sababini izohlaydilar.
Ko’pincha o’quvchilar gapni sintagmalarga ajratishda va gapdagi sintagmalar orasida vergulning qo’yilgan yoki qo’yilmagan o’rinlarida yanglishadilar. Gapdagi sintagmalar har doim ham vergul bilan ajratilavermaydi: Mening kichik ukam / Qo’qon davlat pedagogika inistitutida / bilimlarni chuqur egallamoqda. Bu gapda uchta sintagma bo’lib, uni o’qishda uch marta pauza bo’ladi, lekin bu pauzalr hech qanday tinish belgisi bilan ajratilmaydi.
Punktuatsiya mashqlaridan yana biri o’quvchilarning o’zi, punktuatsiya qoidasiga mos keladigan misollar totib, tinish belgilarining ishlatilish sababini tushuntirishdir.
Masalan, 8-sinfda gap bo’laklari sanalmaydigan kiritma, undalma kabi mavzular o’tib bo’lingach, o’qituvchi bu mavzuga oid misollar topishni o’quvchilarga topshiradi. hamda tinish belgilarining ishlatilish o’rinlari izohlanadi. Ish turlaridan yana biri tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnning tinish belgilarini qo’yib ko’chirish va ishlatilgan tinish belgilarini izohlashdir. Matn tinish belgilarining turli xillarini o’z ichiga olgan bo’lish kerak. Mashqning bu turi punktuatsiya o’rgatishda keng tarqalgan usul bo’lib, dastavval, o’quvchilarning mustaqil ishlash faoliyatini yaxshilaydi.
Punktuatsiya o’qitishda turli xildagi diktantlar o’quvchilarning xatosiz yozish malakasini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir.
O’qituvchining diktovkasi orqali o’quvchilar tinish belgilarning qo’yilishi pauza, logic urg’u kabilarga ham bog’liq ekanligini uqib oladilar.
Ta’kidiy diktantni o’tkazishdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga punktuatsion xato qilishlari mumkin o’rinlarini eslatib, ayirim punktuatsiya qoidalarini ta’kidlaydi va undan so’ng diktovka qiladi.
Nazorat diktantida esa bir necha tinish belgilarini o’z ichiga olgan matn tanlab olib, uni diktovka bilan yozdiriladi. Bunday diktant oraqali o’qituvchi o’quvchilarning umumiy punktuatsion savodxonligini sinab ko’radi.
Punktuatsiya bilan bog’liq ish turlaridan yana biri stilistik mashqdir. Bunday mashq nutq o’stirish bilan ham bog’lab olib boriladi.
O’quvchi bir sintaktik konstruksiyani boshqasi bilan almashtiradi: 1.Uyushiq bo’lakli gaplarga umumlashtiruvchi so’z qo’yib, tinish belgilarini to’g’ri ishlatish. Bahorda hamma qushlar: laylaklar, chittaklar, bulbullar uchib keladi. Laylaklar, chittaklar, bulbullar – hamma qushlar bahorda uchib keladi.
2.Bog’langan qo’shma gapni ergash gapli qo’shma gapga aylantirish va uning aksi:
Bahor keldi va gullar ochildi. Bahor kelgach, gullar ochildi.
3.Sodda yoyiq gapni qo’shma gapga aylantirishi va buning aksi: Ko’rinishidan uning juda mamnunligini sezdim. Ko’rinishidan shuni sezdimki, u juda mamnun.
4.O’zlashtirma gapni ko’chirma gapga, ko’chirma gapni esa o’zlashtirma gapga aylantirish “Men ertaga kutubxonaga boraman”,-dedi Anvar.
Anvar ertaga kutubxonaga borishini aytdi.
O’quvchilarning yozma ishlarida punktuatsion xatolarning quyidagi xillari uchraydi: 1) kerakli tinish belgisini qo’ymaslik; 2) tinish belgisini ortiqcha qo’llash; 3) tinish belgilarini qorishtirish: birining o’riga boshqasini qo’llash; 4) belgilardan birini tushirib qoldirish.
Agar o’quvchi gapda tinish belgilarini nima uchun va qaerga qo’yish kerakligini bilmasa, uni qo’ymagani ma’qul: zarur tinish belgisini qo’ymay, biror tinish belgisini tavakkal, ammo noo’rin ishlataverish xavliroq, bu ham o’quvchining, ham o’qituvchining ishini murakkablashtiradi. Agar o’quvchi gapda biror tinish belgisini qo’ymagan bo’lsa, demak, u shu tinish belgisining ishlatilishi bilan aloqador bo’lgan punktuatsion qoidani bilmaydi yoki uni yaxshi o’zlashtirmagan bo’ladi. Agar o’quvchi tinish belgisini ortiqcha qo’ysa, u tinish belgisini asosiz qo’yaverishiga odatlanib qo’lgan bo’ladi.
O’quvchilarning punktuatsion xatolarini tahlil qilishga bag’ishlangan ish turlari juda foydalidir. Unda o’quvchilarning punktuatsion xatolari ko’rsatilibgina qolmay, uning sabablari ham tushuntiriladi, qoida va ta’riflar eslanadi, amaliy-ijodiy mashqlar bajartiriladi. Shundagina o’quvchilar tinish belgilarini qo’llashga ongli ravishda yondashadilar. Darsni ko’rgazmali o’quv qurollaridan foydalanib o’tish punktuatsiyani o’zlashtirishni yengillashtiradi. Punktuatsiya darslarini ko’rgazmali qurollarning eng ko’p qo’llanadigan turi – jadval va sxemalar yordamida o’tish mustahkamlash darslari uchun ham juda muhimdir. Masalan, o’quvchilarga biror punktuatsiya qoidasiga mos keladigan sxema chizib ko’rsatiladi va bu sxema qaysi punktuatsiya qoidasiga tegishli ekanligi so’ralib, unga mos misollar topish vazifa qilib topshiriladi.
, chunki .
Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir.
Yuqoridagi sabab ergash gapli qo’shma gap bo’lib, ergash gap tarkibida kelgan chunku ergashtiruvchisi bog’lovchisidan oldin vergul qo’yilyapti.
Puntuaktsiya ham yozuv kabi, kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi”. 
Boshlang‘ich sinflarda to‘rtta tinish belgi: gap oxirida nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi hamda 
uyushiq bo‘lakli gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o‘rgatiladi. Boshlang‘ich 
sinflarda o‘rgatiladigan tinish belgilari kam bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi har bir sinfda 
puntuaktsiya ustida muntazam ish olib borishi zarur, chunki tinish belgilari fikrni aniq va tez o‘qib 
olishga hamda o‘zgalarga uqtirishga beradi”. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tinish belgilar bilan tanishtirishda o‘qituvchi, avvalo, 
ularning yozma to‘g‘ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. 
Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan 
yaxlit matn o‘qitiladi; o‘quvchilar bunday matnni o‘qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga 
ishonch hosil qiladilar. 
Puntuaktsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga 
o‘zaro ta’sir etadi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo‘yishda, avvalo, bayon etadigan 
fikriningmazmuniga asoslanadi. 
1-sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davridayoq nuqta, so‘roq belgisi va undov belgisi bilan 
amaliy tanishtiriladi. Bolalar hali “Alifbe” o‘qimasalar ham, rasmga qarab gap tuziladi. 
O‘qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to‘xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning 
oxirida pasayishini tushuntiradi. 
Bolalar, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular 
o‘rtasidagi to‘xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch 
hosil qiladilar. Ular gapni to‘g‘ri talaffuz qilishini o‘rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta 
qo‘yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o‘qishga 
oldindan tayyorlash uchun grafik sxemadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi 
so‘zni sanaydilar va o‘qituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar: Biz ertakni sevamiz (
.). Yana boshqa gap tuzib, uni ham chiziqcha bilan belgilaydilar: 
Qovun pishdi (--------- ------------.). O‘qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: Og‘zaki 
nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza bilan ajratamiz. (har bir gapni talaffuz qilib ko‘rsatadi). 

Xulosa
Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini 


ko‘rsatish uchun alohida belgi-nuqta ishlatiladi. 
Bir necha darsdan so‘ng o‘quvchilar gaplarni o‘qiy boshlaydilar. Ular nuqta pasaytirish, 
pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap tuzishda albatta nuqtali 
kartochkadan foydalaniladi. O‘quvchilar gapni yozganda, o‘qituvchi nuqta qo‘yishni eslatadi, ishni 
tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo‘yilmasa, xato hisoblanadi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida 
nima uchun nuqta qo‘yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo‘l bilan gapning oxiriga nuqta 
qo‘yish ko‘nikmasi shakllantiriladi. 
So‘roq va undov belgilari bilan ham savod o‘rgatish davrida tanishtiriladi. Bolalar so‘rash 
mazmunini bildirgan gaplarni o‘qiydilar. O‘quvchilar bunday gaplarni ohanggi rioya qilgan holda, 
ya’ni gapning oxirida ovozni ko‘tarish bilan o‘qishga o‘rgatiladi. 
Gapning mazmuni va ohangi so‘roq belgisini qo‘yishni talab etadi. 
Undov belgisini qo‘yishni o‘quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda 
o‘qilishi bilan bog‘laydilar. 

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling