Boshlang’ich sinf darsliklaridagi she’rlarni interfaol metodlar yordamida o’rgatishning o’quvchilar tafakkurini va tasavvurini o’stirishdagi o’rni Annotatsiya


Download 23 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi23 Kb.
#1459279
Bog'liq
maqola


Boshlang’ich sinf darsliklaridagi she’rlarni interfaol metodlar yordamida o’rgatishning o’quvchilar tafakkurini va tasavvurini o’stirishdagi o’rni


Annotatsiya; maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga she’rlarni o’ragatishda interfaol metodlardan ,xususan “Oltin yulduzcha “, “Chumoli ini”, “Uch qarsak” kabi metodlardan foydalanib , she’rni to’laqonli mohiyatini anglashga va o’quvchilarning tafakkurini oshirib fikrlashga o’rgatish haqida fikr, taklif va mulohazalar o’rin olgan.

Kalit so’zlar :tafakkur,tasavvur,lirik chekinish, qiziqarli pauzalar, interfaol metodlar.rag’bat, ma’naviyat

Ma’lumki, yosh avlodimiz Vatanimiz tayanchi hisoblanadi. Bu tayanchning mustahkamligi esa juda muhim. Rivojlangan davlatlarning qatorida bo’lishimiz uchun har tomonlama yetuk, ma’nan barkamol yosh avlodimiz bo’lishi zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilari chiroyli yozish, yaxshi o’qish, a’lo darajada misollar yechishi bilan bir qatorda teran fikrli, o’z so’ziga ega bir so’z bilan aytganda FIKRLAYDIGAN bo’lib kamol topishi lozim. Bunda o’quvchilarga she’rlarni faqatgina yod olishga emas, balki har bir bandini , qatorini, so’zini asl ma’nosini anglashga , qisqa qilib aytganda “o’qishga emas, uqish ga” o’rgatish muhim vazifa hisoblanadi.Shuning uchun bu galgi maqolamizda she’rlarni o’rgatishda bolalar taffakurini va tasavurini boyitish, zerikarli emas quvnoq darslarni o’tish xususida gaplashamiz.


Maktab darslarida o’quvchilarga she’rlarni o’rgatish misoli bir qolibga tushib qolgandek. masalan, ustoz o’quvchilarga she’rni ifodali o’qib beradi, yoki yaxshi o’qiydigan o’quvchilarga o’qitadi. Keyin esa kitoda berilgan savollarga yozma gohida esa og’zaki javoblar olishadi. Ko’pgina o’qituvchilar she’rlarni butun bir dars mobaynida o’quvchilarning daftarlariga ko’chirib yozdiradi. Bu nega kerak? Shundoq ham she’r kitobda borku, o’qituvchi ham bir marotaba she’rni ifodali o’qigandan so’ng ha deb o’quvchilarga o’qitishi shart emas. Darsning oxirida esa uyga vazifa sifatida she’rni yod olish beriladi va keying darsda yod olgan o’quvchilardan so’rashadi xolos. Hali quvnoq, tinchlikni emas, shovqinni yaxshi ko’radigan o’quvchilar bunday doimiylikdan zerikadi va o’zlasjtirishdagi bo’shliqlar yuzaga kela boshlaydi. Uyga vazifa so’rash davomida esa she’rni yod olib kelgan barcha o’quvchilarga ham a’lo baho qo’yish noto’g’ridir. Shunchaki yod olish bu yangi mavzuni o’zlashtirdi degani emas. Har bitta she’rning satrini tafakkur qilib, mulohazasini bildira olgan va she’rning asl mohiyatini tushunib yod olgan o’quvchigina a’lo bahoga munosibdir. Aslida baho rag’batning bir ko’rinishi bo’lib, o’quvchilarni ma’naviy ruhlantirishning bir usulidir. Yangi mavzuni o’rgatish jarayonida har xil interfaol metodlardan, qiziqarli o’yinlardan foydalanish o’quvchilarni darsga qiziqtiradi va diqqatini yangi mavzuga yo’naltirishga yordam beradi.
3-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi Po’lat Mo’minqalamida mansub “Yaylov rohati” she’rini yangi mavzu deb qaraymiz.Avvalombor, o’qituvchi o’quvchilarga she’rni ifodali o’qib berishi lozim. Keyin esa mavzuni mustahkamlash uchun savollar beradi. Savollar odatiy qilib berilmaydi. Bunda biz “Olti yulduz” metodini (bolalarga esa o’yin so’zini qo’llaymiz) qo’llaymiz. Bunda doskaga nechta savol bo’lsa shuncha yulduzchalar yopishtiriladi va oxirida doskadan oltin yulduzchamiz joy oladi. Savollar doskaga yulduzlarning ichiga yoziladi va har bir o’quvchi mustaql tarzda yozma javob berishi kerak bo’ladi.
O’quvchilarning og’zaki emas, yozma javob berishining sabablari bor. Birinchi navbatda javoblar bir-birini takrorlamaydi va hamma o’quvchilar birdek qatnashishi uchun imkon tug’iladi.O’quvchilar daftarlariga javob yozib bo’lgandan so’ng hamma birin-ketin javobklarini o;qiydi. Har bir yulduzchadagi savollarga javob bergan o’quvchilar oltin yulduzchaga ega bo’ladilar. (Tavsiya:o’qituvchi o’quvchilarning soniga qarab oltin yulduzcha tayyorlashi lozim).
Masalan,

  1. Yaylov deganda ko’z o’ngingizda qanday manzara gavdalanadi?

  2. Siz ham yayov yurishni yoqtirasizmi yayov yurganingizda o’zingizni qanday his qilasiz?

  3. Ko’z ham to’ymasligi mumkinmi? Inson faqat taom bilan to’yadimi sizningcha?

  4. Siz am yaylovga borganmisiz? Borgan bo’lsangz taassurotlaringiz bilan o’rtoqlashing.

  5. Bolaning nega uchgisi keldi? Sizni ham hech uchgingiz kelganmi?

  6. Yaylovni nega hamma toza havo deydi? Toza havo o’zi qanday bo’ladi,Biz ham toza havodan bahramand bo’lyapmizmi ?

  7. Nega o’simliklar yashil rangda bo’ladi?

( savollar darslikdagi savollarga qo’shimcha tavsiya sifatida keltirildi)
Hamma javoblarini o’qib bo’lgandan so’ng, albatta o’quvchilar berilgan javoblarni muhokama qilishlari lozim.
Darslarda doimo lirik chekinishlar qlish kerak. Chet davlatlarning maktablarida ayniqsa bunday vaqtlarga judayam ko’p e’tibor beriladi. Lirik chwkinish vaqtida barcha o’quvchilarga rangli qalam va qog’oz olishlari aytiladi. O’qituvchi tabiatni eslatuvchi nafis musiqani eshittiradi va o’quchilarga hayolan yaylovni tasavvur qilib chizish vazifasi beriladi.Ko’p o’qituvchilar rasmni faqat tasviriy san’at darsida chizish lozim degan fikr bildirgan. Nega bitta darsning o’zida bir nechta fanlarni bog’lab o’tmasligimiz kerak? Rivojlangan davlatlarda, xususan, Finlandiya ta’lim tizimida bir darsning o’zida bir necha fan o’tilishi mumkin.Mening fikrimcha bunday rasm chizish mashqlari yangi mavzuni o’zlashtirishda kata yordam beradi. Chunki, musiqa eshitish va rasm chizish o’quvchilar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib taffakurini oshiradi.
Keyingi darsda uyga vazifani so’rash uchun esa “Chumoli ini “metodidan foydalanamiz. Bu o’yinimiz orqali o’quvchilar she’rni qay darajada o’zlashtirib, o’rganganini tekshirib olamiz, bunda o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib olamiz. O’yin quyidagicha:
Doskaga she’rga oid va oid bo’lmagan so’zlar yopishtiriladi. Ikkita guruh uchun ikkita chumoli ini yasaladi.O’quvchilar ketma-ket doskaga chiqib she’rga oid so’zlarni topib o’z inlariga olib kelishi kerak bo’ladi. Har ikki guruhdan bittadan ishtirokchi bir vaqtning o’zida shartni bajaradi. Va ishtirokchilar galma-galdan almashib turadi. Noto’g’ri olingan so’zlar uchun jarima ballar beriladi. Eng ko’p to’g’ri so’zlarni o’z inlariga olib kelgan guruh g’olib hisoblanadi va o’z ini uchun ozuqa g’amlagan hisoblanadi. Yutgan guruh rag’batlantiriladi.
So’zlar: yaylov, yayov, yashil, oyoqyalang, alang- jalang, qo’shiq,to’siq, yel, osmon,beg’ubor, gilam, bo’g’u, daraxt , hurmo, hashorot, bulut, ohu, va hokozo.
Uyga vazifani so’rashda yana bir samarali usul “Uch qarsak” metodidir. Bitta o’quvchidan she’rni boshidan oxirigacha so’rashlik, boshqa o’quvchilarga vaqt yetmasligiga zamin yaratadi. Shunig uchun birinchida o’tirgan o’quvchi boshlanadi va boshidan to’rt qator ya’ni bir kuflet she’r aytadi va bir qarsak chaladi. Undan keying ikki o’quvchi ham bittadan qarsak chaladi.Uchta qarsakdan keyin to’rtinchi o’quvchi she’rni navbatdagi bir kufletini aytadi. Jarayon shu tarzda davom etadi. She’r aytganlar birin- ketin o’yinni tark etadi. Shunday qilib barcha she’r aytgandan so’ng o’yin o’z nihoyasiga yetadi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. 3-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligi. Toshkent 2022-yil.

  2. Ziyo.uz

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling