Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikani o‘qitishda izchillikni ta’minlash (3-sinf misolida) Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob
Download 75.48 Kb.
|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikani o‘qitishda izchill
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob 2.1
- III bob 3.1
- Kirish. Mavzuning dolzarbligi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikani o‘qitishda izchillikni ta’minlash (3-sinf misolida) Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Matematika darsining konsentrik tuzilishi nazariyasi 3-sinf misolida Geometrik figuralar va ularni o`rgatish metodikasi izchilligining nazariy asoslari Kasrlar va miqdorlar tushunchasi, ularni o`rgatish metodikasining hozirgi kundagi ahamyati. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikani o‘rgatishda matematik ifodalar, tengsizliklar va tenglamalarning tadbiqiy izchilligi II bob 2.1 Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilariga matematikani o‘qitishda izchillikni ta’minlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari 2.2 Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning mantiqiy tafakkurini shakllantiruvchi misol va masalalar III bob 3.1 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining matematikani izchil o‘rgatish uchun tajriba-sinov ishlarini tashkil etishi 3.2 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining matematikani izchil o‘rgatishda tajriba-sinov ishlari natijalari Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish. Mavzuning dolzarbligi. O`zbekistonda taʼlim islohotlarini amalga oshirish bo`yicha butunlay yangicha g`oyalar, yondashuvlar, tamoyillar va yo`nalishlarga asoslangan bosqichga qadam qo`yildi. Shu sababli O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan quyidagi bir nechta sohamizga tegishli farmon va qarorlar qabul qilindi va ba’zilariga o`zgartirish hamda qo`shimchalar kiritildi. “Taʼlim islohotlari orqali O`zbekistonda yangi Uyg`onish davri, yaʼni “Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o`zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik” dedilar muhtaram Prezidentimiz o`z nutqlarida. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy Majlisga uchinchi Murojaatnomasi” va 2020 yil - “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishi, “Taʼlim to`g`risida”gi Qonuni tasdiqlandi va amalga kiritilishi, «Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonining qabul qilinishi hamda Respublikamiz Prezidentining “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan taʼlimga oid murojaat nutqining ma’no – mazmunida ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O`zbekistonni yaratish maqsadida ta’lim sohasida amalga oshiriladigan islohotlar o`z aksini topgan . Bu muhim hujjatlar taʼlim islohotlarini yangi bosqichga ko`tardi va boshlang`ich sinf matematika dasturi oldiga ham bir qator mutloqa yangi vazifalar belgilab berildi. Mana shuning uchun ham mavzuni chuqur o`rganish kerakligi muhim ahamiyat kasb etadi. “Yoshlikda olingan bilim go`yo toshga o`yilgan naqsh kabidir”-deb bundan bir necha asrlar ilgari Alisher Navoiy bobomiz aytib o`tganlar. Bejiz emaski, ilm inson hayoti yo`llarini yorituvchi oftob kabidir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarining bugungi qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog`liq.Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voya yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa mavzuimizning naqadar dolzarb ekanligini va izchillik muhim omil ekanligini talab etadi. Download 75.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling