Ekologiya va geografiya


Download 21.62 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1090951
  1   2
Bog'liq
kurs ishi uchun


Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va geografiya” kafedrasining 2018-2019 o’quv yilida 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi (20-15-guruh) talabalari tomonidan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan tayorlangan va himoya qilingan kurs ishlari natijalari bayonnomasi:


Guliston sh.
05.06.2019 yil


Himoyada qatnashganlar: Kafedra mudiri L.K.Karshibaeva
dotsent Xidiraliev K.E., o’qituvchi Sattarov S.


Kun tartibi:
1) 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi (20-15-guruh) talabalari tomonidan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan tayorlangan kurs ishlari himoyasi haqida.
Yig’ilishning borishi:
Kun tartibidagi 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi (20-15-guruh) talabalari tomonidan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan tayorlangan kurs ishlari rahbar dotsent Xidiraliev K.E. tomonidan to’liq ko’rib chiqilganligi, kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan berilgan taqrizlar tahlil qilib chiqildi.
Tayyorlangan Kurs ishlari texnik, stilistik, orfografik, ilmiy jihatdan to’g’ri yoki ma’lum bir kamchiliklarga yo’l qo’yilgan yoki yo’qligi to himoyaga qadar ko’rib chiqilganligi, davlat ta’lim standarti talablariga to’liq javob berishligi rahbar tomonidan va taqrizchilar tomonidan aytib o’tildi.
Akadem guruhdagi jami 21 ta talaba o’z vaqtida kurs ishlarini bajarib topshirganligi ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng, kafedra mudiri dotsent Karshibaeva L.K. tomonidan talabalarni bajargan ishlarini himoya qilishlariga ruxsat berildi. Himoya vaqtida mavzularning dolzarbligi, amaliyot bilan bog’langanligi, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari bilan bog’langanligiga e’tibor berildi. Himoya davomida talabalar o’zlarining “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fani bo’yicha olgan bilimlarini imkon qadar yoritib bera olishdi va quyidagi natijalarga erishdilar (kurs ishi himoyasi natijalari ilova qilinmoqda).
Kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan kafedra mudiri L.K. Karshibaeva, o’qituvchi Sattorov S lar o’z fikrlarini bildirib o’tdilar.
Kun tartibidagi bitiruvchi bosqich talabalarining kurs ishlarining himoyasi natijalari bo’yicha kafedra yig’ilishi
Qaror qildi:
1. 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi (20-15-guruh) talabalari tomonidan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan tayorlangan kurs ishlari himoyasi talab darajasida o’tganligi qayd etisin.
2. Tayyorlangan kurs ishlari kafedraga o’z vaqtida topshirilsin va nizom talablari asosida muddat bo’yicha kafedrada saqlansin.



Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling