Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 374.19 Kb. Pdf ko'rish
|
vatan ostonadan boshlanadi mavzusida tarbiyaviy tadbir otkazishning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-kurs talabasi Abdurayimova O’g’ilshodning TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI fanidan tayyorlagan
- TERMIZ-2015
- 2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish usullari.
- III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
- Kirish. Mavzuning dolzarblligi
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi Abdurayimova O’g’ilshodning TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI fanidan tayyorlagan
Mavzu: “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazishning usui va shakllari Qabul qildi: Berdiyeva H.B. TERMIZ-2015
Mavzu: “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazishning usui va shakllari Rеja: I. Kirish 1. Tarbiyaviy tadbirlar haqida tushuncha 2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish usullari. 3. Maktabda “Vatanni ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazishning senariysi. II. Xulosa III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. Mavzuning dolzarblligi O’zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o`z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda "Ta'lim to`g'risida"gi Qonunning qaytadan ko`rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi. Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma'lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g`oyaviy e'tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo`lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi. Ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ma`lum va maorifni yuksaltirish, yuragida ona-Vatanga muhabbat hissi jo’sh urgan yangi avlodni voyaga yetgazish davlatimizning eng muhim vositalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa pеdagog-tarbiyachilarning pеdagogik mahoratiga boqliqdir. O’zbekiston Rеspublikasida o’qituvchi kadrlarning ma'naviy qiyofasiga, aqliy saloqiyatiga qamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida ma'suliyat yuklangan. Bu borada O’zbekiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov quyidagilarni e'tirof etadilar: “Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdеk ma'suliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu ma'suliyatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga kеladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar bеqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz “ 1
vaqtlaridagi o`quv-tarbiya jarayonini to`ldiradi va kengaytiradi, o`quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga
1 Юксак маънавият -енгилмас куч , Маънавият-2008, 130-бет imkoniyat yaratadi. Shu sababli, keyingi davrda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko`ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo`lishi kerak. Maktabda boshlang`ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo`lga qo`yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo`nalishlari: -- -o’quvchilarda Vatan tuyg’usini shakllantirish; -o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; -ulami milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; -o`quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; -o`quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o`z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; -o`quvchilarda o`z-o`zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda tarbiyaviy tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo`nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish lozim. Bu esa sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni to’g’ri tashkil etish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.
o’quvchi ma’naviyatining shallanishiga xizmat qiluvchi muhim omil bo’lib xizmat qiladi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Download 374.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling