Boshlang’ich sinf o’quvchilarida muvafaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida
O’z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o’rgatish
Download 283.5 Kb.
|
8-MAVZ~1
O’z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o’rgatish
Ota-onalar va o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri bolaning moyilligi va qiziqishlarini aniqlashdir. Buni qanday qilish haqida gapirishni boshlashdan oldin, keling, qobiliyat nima ekanligini hamda uni iste’dod va dahodan qanday farq qilishini aniqlaydilar. Qobiliyatlar - bu insonning butun hayoti davomida rivojlanib, muayyan faoliyat turlarining muvaffaqiyatini ta’minlaydigan shaxsning individual psixologik fazilatlari. Iste’dod - bu har qanday faoliyat turi uchun qobiliyatlarni rivojlantirishning yuqori darajasi. Bu tushuncha iqtidor fenomeni bilan chambarchas bog’liq va juda kam uchraydigan hodisadir. Iste’dodni rivojlantirish uchun bola ko’p kuch sarflashi talab qilinadi. Daho iste’dodning eng yuqori darajasidir. Bu juda kam uchraydi va oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan fazilatdir. O’quvchi nima uchun va qanday o’qiyotganini, unga nima to’sqinlik qilayotganini va nima yordam berishini tahlil qilishi va o’zi uchun eng maqbul bo’lgan o’rganish strategiyasini izlashi kerak. Masalan, masofaviy ta’limning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchining o’z oldiga maqsad qo’ya olishi, ularga erishish yo’lidagi qadamlarni o’ylash, ichki sharoit va tashqi sharoitlarni tahlil qilish, natijalarini baholay olishiga bog’liq. Bu ko’nikmalar nafaqat mustaqil ravishda o’qiydiganlarga, balki o’qituvchi nazorati ostida an’anaviy shaklda - maktabda, universitetda, kurslarda, to’garaklarda va boshqa joylarda o’qiydiganlarga ham yordam beradi. Ta’limga bunday o’ylangan va chuqur yondashuv boshqa har qanday mahorat singari rivojlantirilishi mumkin bo’lgan mahoratdir. O’qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar o’quvchilarga o’z qobiliyatlarini va maqsadlarini aniq darajasini aniqlashga o’rgatishlari lozim va shart. O’qituvchilar mavzuni tushuntirishdan avval o’quvchilarga faol tinglash bo’yicha ba’zi maslahatlar berilishi mumkin. Ma’ruza(boshlang’ich sinflarda matnni ifodali o’qib, tushuntirib berganidan)dan so’ng, o’qituvchi taqdim etilgan materialdan uchta asosiy fikrni yozishni so’raydi. Keyin o’qituvchi mavzuning uchta asosiy g’oyasini nima deb hisoblashini tushuntiradi va o’quvchilar o’z variantlarini o’qituvchi aytganlari bilan solishtiradilar. Ushbu tezkor fikr-mulohaza o’quvchilarga faol tinglash strategiyalarini ishlab chiqish va nazorat qilish imkonini beradi. "Svetofor" Ushbu texnikani turli yo’llar bilan qo’llash mumkin. Masalan, sinf o’quvchilariga uchta rangdagi (qizil, sariq va yashil) qog’oz doiralarini bering. Asosiysi, ular darsda olingan bilimlarni uchta toifaga taqsimlashlari kerak: qizil - murakkab, chalkash va tushunarsiz bo’lib tuyulgan narsa; sariq - nima aniq, lekin qo’shimcha tushuntirishni talab qiladi; yashil - bu mutlaqo aniq. O’qitishning bu usuli o’qituvchiga nafaqat o’quvchilarning qobiliyatini rivojlantirishga, balki guruhning materialni qanday o’zlashtirganini, dars rejasiga tuzatish kiritish zarurligini baholash imkonini ham beradi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o’rni beqiyos bo’lib, mehnatsevarlik shaxs rivojlantirishining muhim omilidir. Bola muntazam qilingan mehnat faoliyati tufayli o’z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin. Mehnat tarbiyasi o’quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan zavqlansin va qanoat hosil qilsin. Mehnat tarbiyasi haqida buyuk ajdodlarimizdan, mutafakkirlarimiz ham o’’z fikrlarini bildirganlar. Masalan, Abdurahmon Jomiyning: “Oltin topmaginu o’rgangin hunar, hunarning oldida xasdir oltin-zar”, - kabi o’gitlarini, ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning: “Ummi zoye etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kaliti bil”, deya aytib o’tgan fikrlari yoshlarni mehnatsevarlikka o’rgatishda ahamiyati beqiyos. Fransuz adibi Anatol Frans: “Eng yaxshi axloqiy va estetik dori – mehnat”, - degan fikrni ilgari surgan. “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik”, “Mehnat baxt keltirar”, “Mehnatsiz rohat yo’q”, “Mehnat qancha og’ir bo’lsa, keti shuncha shirin bo’lar”, kabi o’zbek xalq maqollarida ham inson hayotida mehnat alohida ulug’lanishini ko’rishimiz mumkin. Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida ham o’quvchilarga mehnat tarbiyasi mavzular davomida izchil ravishda singdirib boriladi. Masalan, 2-sinf “Tarbiya” darsligidagi “Muvaffaqiyat – qat’iyat va mehnat natijasi” mavzusini o’rganishda o’quvchilarga o’z qo’llari bilan narsa yasash, ijodiy ishlanmalar tayyorlash va ularni sotish ko;nikmasi shakllantiriladi. Ushbu jarayonda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida mehnat qilishga, mehnati mahsulotini sotishga, agar mablag’i yetmasa bank bilan shartnoma qilishga o’rgatiladi. Bu darsda o’quvchilarda nafaqat mehnatsevarlik, qat’iyatlilik shakllanadi, balki iqtisodiy tarbiya ham berib boriladi. Download 283.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling