Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ekologik tarbiyalash. Reja: Ekologik tafakkurni usul va vositalari nimalardan iborat?


Download 32.73 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi32.73 Kb.
#1323883
  1   2
Bog'liq
Boshlang’ich sinf o’quvchiga ekologik tarbiya berish maqsad vazi


17.Parpiyeva Muazzamxon
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI EKOLOGIK TARBIYALASH.


REJA:

1. Ekologik tafakkurni usul va vositalari nimalardan iborat?


2. Ekologik mas'uliyat va madaniyatni shakllantirishda pedagogikaning roli qanday?


1.Ekologik tafakkurni usul va vositalari nimalardan iborat?

Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir.


Ekologik tarbiya. Ekologiya so‘zi «tom» yoki «uy» degan ma'noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgio‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha ob'ektning yashash sharoitini yoki normalarini o‘rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borishni talab etmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. Shunday qilib, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi.Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur bo‘ladi.
Ekologik munosabatlarga: Hayotga munosabat.Yaxlitlik hissini tarbiyalash. Javobgarlik hissini tarbiyalash.Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin. Ekologik tarbiyaga nafaqat bugun, balki ota-bobolarimiz ham chuqur mas'uliyat bilan qarashgan. Masalan, atrof - muhitni iflos qilmaslik maqsadida, axlat tashlash, chiqindilarni tashlash uchun alohida chuqurlar qazilgan, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqrok joyda kovlashgan, turli ehtiyojlar uchun faqat qurib qolgan daraxtlarni kesishgan, hayvonlarni azob berish, qushlar uyasini buzishni, gunoh sanashgan.Bu borada oilada «Suvga tupurma, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste'mol kilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo‘ladi, chunki unda ahli mo‘minning nasibasi bor» deb tarbiya berilgan. Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog‘chalarida, umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o‘rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‘plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog‘larda hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog‘lab boqadigan bo‘lib qolishmoqda . Axir o‘tmishda xalqimiz qaramog‘idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlangan - ku. Yoki moli bor kishilar navbat bilan poda boqqanlar - ku. Buning uchun hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib qo‘yilgan yaylovlarda o‘tlatishgan. Yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o‘t - o‘lanlar payhon qilinmagan, qir - adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o‘simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan. Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:Atrof muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri; Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash; Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi; O‘z nohiyasi, shahari, qishloq va maktabi hovlisini ko‘kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o‘simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;Atrof - muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;Tabiatni muhofaza qilishda ota - onalarning namunalari; Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish. Oilada, maktabda tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o‘rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish; Insoniyat tarixidan ma'lumki, sog‘lom jamiyatni faqatgina sog‘lom muhit yaratadi.O‘zbekistonning porloq kelajagini ta'minlash «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topgan. Shu munosabat bilan boshlang‘ich ta'lim oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri o‘quvchilarni atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishdirBunday vazifani muvaffaqiyatli hal etish o‘qituvchilardan o‘z sohasi bo‘yicha chuqur bilimga, yuksak ekologik madaniyatga ega bo‘lishni, ijodkor bo‘lishni, pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazishni talab etadi.Bunday sifatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchigina ekologik ta'limning nazariy bilimlarini chuqur egallagan, tabiatdagi jarayonlarning sir-asrorini biladigan, uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy ahamiyatini tushunadigan, aynan tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo‘ladigan barkamol shaxsni tarbiyalashi lozim. O‘qituvchi ta'lim berishi uchun turli qo‘llanmalar, ommaviy axborot vositalari, darsliklar, sinfdan tashqari tadbirlar muhim manba hisoblanadi.O‘quvchilarni tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalash faqat dars jarayonida tarkib topmaydi. Dars vaqt jihatdan cheklangan, unda ko‘pgina muhim ekologik bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatib bo‘lmaydi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar esa vaqt jihatidan cheklanmagan. O‘quvchilarning dars jarayonida olgan ekologik bilimlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish samarali natija beradi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning dars jarayonida olgan bilimlarining davomi hisoblanadi va ular mazmunini to‘ldirib, bir butun jarayonga birlashtiradi.Sinfdan tashqari tadbirlar o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini kengaytirishga imkon beradigan ta'limning qo‘shimcha va erkin turidir. Atrofimizdagi olamni o‘rganishda o‘quv sayohatlari katta ahamiyatga ega. Sayohat darslari o‘quv ishlarini tashkil etishning shakli sifatida o‘quvchilarni ekologik tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Tabiatni kuzatish jarayonida bilish faolligi shakllanadi, o‘quvchilarning jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro aloqasi, o‘simlik hamda hayvonot dunyosi haqidagi tasavvurlari kengayadi.Tabiat bilan muloqot o‘quvchilarda go‘zal his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. O‘quvchilar yashil maysalar, qushlarning sayrashi, kapalak parvozi, daraxtlar va o‘simliklarning rang-barangligiga mahliyo bo‘ladi. Sayohatlarni tashkil etishdan maqsad - bog‘dagi daraxt turlari, o‘simlik, hashoratlar, qushlarning hayot tarzini o‘rganishdan iborat.
Topshiriqlar bajarib bo‘lingach, o‘qituvchi sayohat darsi natijalarini umumlashtiradi va o‘quvchilarga uyga vazifa beradi.Uyga vazifa: Sayohatdan olgan taassurotlaringiz haqida insho yozing. Sayohat darslari asosida o‘quvchilar tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish; tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shuningdek inson faoliyatining tabiatga ta'siri oqibatlarini chuqur o‘rganish; o‘quvchilarni tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashga qaratilishi lozim.Sayohat jarayonida noan'anaviy dars: rolli o‘yin, harakatli o‘yin, kuzatish usullaridan foydalaniladi. Bunday dars o‘quvchilarning atrof-muhitga qiziqishlarini oshiradi. Ular tabiatga ongli munosabat ruhida tarbiyalanadi. Biz 3-sinf o‘quvchilari bilan «Tabiatni seving, ardoqlang»,« Qushlar bizning do‘stimiz », « Men tabiatni sevaman » kabi mavzularda sayohatlar uyushtirdik.«Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» fanlari bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo‘nalishi. O‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg‘ulotlar: sayohat ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari o‘qishlar, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar vaboshqa ishlar o‘tkaziladi. Bu ishlar o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida ularning tabiatni bilishga qiziqishini uyg‘otadi. Tabiatshunoslik bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, tabiatni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilar faolligi va tabiatni e'zozlashga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillashtirish imkoniyatini beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o‘quvchilarning xulq-atvoriga ta'sir ko‘rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan sinfdan tashqari ishlar o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o‘rganish va e'zozlash, o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil mashg‘ulotlar kiradi. Bu mashg‘ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. O‘quvchilar e'tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi va o‘quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko‘cha va maktabni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblar o‘qish bilan birga olib borilishi kerak.Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o‘ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo‘lish lozim. Birinchi guruh Ikkinchi guruh Uchinchi guruh Ko‘plab o‘quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar. Cheklangan o‘quvchilar doirasida olib boriladigan to‘garak ishlari.T abiatni o ‘ rganishga qiziqqan ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlar. Ommaviy mashg‘ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga sayohatlar o‘tkazishni, ertaliklar, o‘quvchilar ishlarining ko‘rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, tadbirlar (hosil kuni, bog‘ haftaligini, daraxtlar o‘tkazish haftaligi, qushlar kuni va boshqalar) o‘tkazishni nazarda tutadi.Guruh mashg‘ulotlarga yosh geografiyachilar, yosh tabiatshunoslar, to‘garak ishlari kiradi. Individual mashg‘ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiqarishni; jonli tabiat burchagi va maktab o‘quv-tajriba maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o‘qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashning tabiat to‘g‘risidagi «Yosh tabiatshunos» jurnallariga, o‘quvchilar ilmiy-ommabop kitoblariga tahlil berishni o‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari ishlarning barcha turlari bir-birlarini to‘ldirishi va takomillashtirishi lozim. Individual topshiriq yoki o‘qituvchining tavsiyasini bajarishda muayyan qiziqish uyg‘onishi lozim. Bir necha o‘quvchilardagi o‘xshash qiziqishlarni aniqlab, o‘qituvchi ularni to‘garakka birlashtiradi. Bunday birlashmalar ommaviy sinfdan tashqari tadbirlarning tashkiliy markazi bo‘lib qolishi lozim, ularni muvaffaqiyatli o‘tishi uchun turli tayyorgarlik ishlari va ko‘p sonli ishtirokchilar kerak.O‘quvchilarni tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari ishning tashkiliy shakli, mazmuni, o‘tkazish metodlari jihatidan xilma-xil bo‘lishi kerak. Uning mazmuni qandaydir doimiy bo‘lmaydi. U o‘quvchilar tarkibi, yoshi, qiziqishi va ehtiyojiga, maktabning tabiiy o‘rami, yil fasli, xona va jihozlarga bog‘liq. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanishi lozim bo‘lgan ishlarning taxminiy ro‘yxati quyidagicha: tabiatda kuzatishlar, tabiiy hodisalarning sabablarini aniqlash; o‘lkashunoslik muzeyiga (tabiat muzeyiga), qazilma boyliklar olinadigan joylarga, dala va fermalarga to‘plangan materiallarni rasmiylashtirish bilan sayohatlar;tabiiy material to‘plash va rasmiylashtirish, kolleksiya, gerbariy, maket, model tuzish;maktabning atrof tabiat xaritasi va unga yondashgan joyning rejasini tuzish; ilmiy-ommabop, tabiatshunoslik adabiyotlarni, «G‘uncha», «Yosh tabiatshunos» jurnallarida e'lon qilingan maqolalarni jamoa bo‘lib o‘qish; jonli tabiat burchagi tashkil qilish, o‘simlik va hayvonlarnikuzatish va ular usida tajribalar o‘tkazish, shuningdek, maktab oldi uchastkasida tajriba va kuzatishlar olib borish; tabiatshunoslik mazmunidagi kinofilm, diafilm, diapozitivlarni ko‘rish; xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmalari bilan tanishish;ommaviy tadbirlarda (bayram, ertalik va h. k.) qatnashish;Toshkent shahar va Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi hayvonlari bilan tanishish;tabiatni muhofaza qilish, odam hayotida o‘simlik va hayvonlarning foydasi va ahamiyati to‘g‘risida suhbatlar; tabiatni e'zozlashga qaratilgan ijtimoiy-foydali ishlar, ko‘kalamzorlarni muhofaza qilish, daraxt va butalar o‘tkazish hamda ularni parvarish qilish, begona va madaniy o‘simliklarning urug‘, mevalarini yig‘ish, begona o‘tlar, dala, poliz, bog‘, o‘rmon zararkunandalarga qarshi kurash, foydali hayvonlarni muhofaza qilish; tabiatshunoslik xonasini, o‘lkashunoslik burchagini, ko‘rgazmalarni, tabiat burchagini jihozlash;tabiiy materialdan oddiy ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, o‘quvchilar ishlarining ko‘rgazmasini tashkil qilish;devoriy gazeta va albomlar uchun material yig‘ish;devoriy gazeta, «Ona tabiat haqida», «Tabiatni e'zozlang», «Tabiat haqida o‘qi» va shu kabi yangiliklarni chiqarish; yangiliklar burchagi hamda sinfdan tashqari o‘qish mavzulari bo‘yicha qo‘shimcha o‘qish uchun adabiyot yig‘ish. Tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishining metod va uslublarini o‘qituvchi oldindan rejalashtiradi, o‘quvchilar faoliyatining xilma-xil turlariga jalb qiladi. Sinfdan tashqari ishlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan har bir mashg‘ulot uchun materialni to‘g‘ri tanlanishiga, uni o‘tkazishning tuzilish rejasi va metodikasiga, shuningdek mo‘ljallangan tadbirlarda o‘quvchilarning faol qatnashishlariga bog‘liqdir.

Ekologik xavfsizlik muammosi nafaqat milliy va mintaqaviy, balki butun insoniyatning umumbashariy muammosidir. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbo»sini ochib, birinchi so'zni hijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» - deb ta'kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida: «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «Yer va er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir» - deb juda o'rinli ta'kidlangan. Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog'lom avlod yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligidan dalolat beradi. Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. Yer kurrasida insonning farovon yashashi endi ekologik muammolarni yechishga bog'liq bo'lib qolmoqda.


Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo'nalishlari mavjud. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda, aholiga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik savodxonlik va madaniyat ta'lim-tarbiya muassasalari va oilada amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Bular: suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: «Suv – tabiat in'omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Maktabda o'quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma'lumotlarni berib borish o'qituvchilarning asosiy vazifasi bo'lmog'i darkor. Atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e'tiborsiz bo'lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi ma'lum. Inson bilan tabiat o'rtasidagi muammolarni yechish zaruriyati tug'ildi. O'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb muammoga aylandi. Ayniqsa, umumta'lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishish zarur. Ta'lim muassasalarida ekologik tarbiya berish mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: -atrof-muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri; -tabiat va uning ahamiyatini anglash; -tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi; -o'z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o'simliklarni ham parvarishlashga qiziqtirish; -oiladagi, maktabdagi tabiatni, o'simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish; -yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish. «Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo'yicha quyidagi tadbirlar belgilangan: "Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir. Ota-bobolarimiz azalazaldan tabiatga yuksak mehr ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko'chalarni, hovlilarni sarishta qilishgan." Bundan ko'rinadiki, azaldan tabiatga munosabat milliy qadriyatlarimiz bilan uyg'unlashib ketgan. Maktab o'quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur: -tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog'lanish; -tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish; -atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash; -tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fani o’qitilishidan maqsad va vazifalari Ma’lumki, keyinga 80 yil davomida fan va texnika keskin rivojlandi, sanoat, transnort, qurilish, energetika tarmoqlari tez sur’atlar bilan o’sdi, tabiiy boyliklar (neft va gaz, ko’mir, rangli metallar) dan haddan tashqari foydalanildi, quriq yerlar-yaylovlar, to’qayzorlar, botqoqliklar o’zlashtirildi, sanoatda va qishloq xo’jaliga tarmoqlarida turli zaharli kimyoviy moddalardan qo’llanib kelindi. Natijada tabiiy muhitda ekologik muvozanat buzildi, tuproq, suv va atmosfera havosining tabiiy tarkibi o’zgaradi, turli ifloslanishlar paydo bo’ldi. Bular nafaqat iqtisodiy - ijtimoiy tangliklarni, balki ekologik tangliklarni kelib chiqishiga asosiy sabab bo’ldi va tabiiy boyliklarni kun sayin kamayishiga olib keldi. Masalan, Jarqoq va Gazli yer osti boyliklari yildan yilga kamayib borishi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi. Bundan tashqari, ba’zi-bir mintaqalarda suv muammolarining kelib chiqishi (masalan, Orol dengizining qurib borishi, Zarafshon daryosining qurib borishi, Arnasay ko’llari atrofidagi ekologik muammolar va hokazolar), o’simlik va hayvonot turlarining qirilib ketishiga sabab bo’ldi. Agar 17 - 18 asrlar davomida hammasi bo’lib 32 turlari yo’qolib ketgan bo’lsa, 20 asr oxirlariga kelib 235 hayvonot turlari va 400 dan ortiq o’simlik turlari yo’qolib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning hayotida, iqtisodiyotida xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq har qanday hodisa tushuniladi. Masalan, iqlimning o’zgarishi yoki suv toshqini natijasida paydo bo’ladigan muammolar, ishlab chiqarish korxonalarida vujudga keladigan ba’zi bir favqulodda vaziyatlar va hodisalar, ba’zi bir hayvonot turlarining bir joydan ikkinchi joyga. ko’chib borishi va hokazolar, ekologik 7 muammo bo’la oladi. Ekologik muammolarni ko’lami va dolzarbligiga qarab 3 guruhga ajratish mumkin. 1. Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining siyraklanishi, “Atmosferaning dimiqishi”, chuchuk suv muammolari misol bo’la oladi. 2. Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining qurib borishi, Arnasoy ko’llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko’li muammosi va boshqalar misol bo’la oladi. 3. Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoat korxonalari joylashgan mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq va b.) tabiatni muhofaza qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestisidlar, gerisidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan bog’liq agrosanoat ekologik muammolari misol bo’la oladi. “Ekologiya” yunoncha so’z bo’lib, “oykos”–uy va “logos”–fan, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi Ernest Gekkel “Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari” asarida izohlab bergan edi. E.Gekkel “umumiy ekologiya” ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro aloqalarini va ta’sirini o’rganadigan fan deb, ta’riflagan edi. Umumiy ekologiya biologiya fanining bir bo’lagi bo’lsa-da, ammo botanika, zoologiya nisbatan yangi fan bo’lib, u XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ulariing o’zi yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o’rganadi. Ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hududiga mos keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq yetadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb ataladi. Populyasiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining asosiy tushunchalari va manbalari hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi.
1. Autekologiya
2. Populyasiyalar ekologiyasi
3. Sinekologiya
4. Biosfera
1. Autekologiya (“autos”– yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi.
2. Populyasiyalar ekologiyasi (“populyasion”– fransuzcha so’z bo’lib, “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzilmasi va dinamiqasi. ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamiqasi) sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya ("sin"– yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” degan ma’noni bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simliklar va hayvonot turlarining o’zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha “bios”–hayot, “sfera”–shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Er qobig’idagi barcha mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. Ushbu ta’limotning asoschisi akademiq V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi.
Ekologiya fanining rivojlanishiga taniqli olimlar YA.N.Pavlovskiy, V.L.Sukachev, S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy salmoqli hissa qo’shganlar. Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning “Tirik organizmlarning yashash uchun kurash" qonuni ekologiya fanining negizini tashkil yetadi. Tabiiy muhitda tirik organizmlarning issiqlikka, namlikka, bosim va qurg’oqlikka moslanishi va turlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatlari asosida vujudga keladigan o’zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi) hisoblanadi. Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rul`e (1814-1858) tirik organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini “tabiat qonuni” yoki “munosabat qonuni” deb atagan edi. Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Markaziy Osiyo, shuningdek O’zbekiston tabiatini, o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rgangan olimlar D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.M.Muhammadiev va boshqalarning ilmiy 8 maktablari, shogirdlari bilan birga olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ekologiyaning yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “ekologiya” va “ekonomiqa” atamalari bir ildizli yunoncha so’zlardir. Agar “oykos”-uy, ro’zg’or, xo’jalik bo’lsa, “nomos”-qoida, qonun demakdir. “Ekonomiqa” (iqtisodiyot fani)–uy–ro’zg’or xo’jaligini boshqarish san’atidir. Demak, “ekologiya” fani “iqtisodiyot” faniga chambarchas bog’liqdir. Bundan tashqari, ekologiya fani fizika, matematika, kimyo, biologiya, fiziologiya, mineralogiya, geografiya, metrologiya, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liq fandir. Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta’siri tufayli ijtimoiyiqtisodiy jarayonlar tubdan o’zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy ekologiya, iqtisodiy ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish ekologiyasi, sanoat ekologiyasi va hokazolar) vujudga keladi. Lekin ekologiya fanini o’rganmasdan, sanoat ekologiyasini o’rganib bo’lmaydi. “Ekologiya” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Hayot jarayoni qonuniyatini o’rganish, shuningdek, insonning tabiiy tizimlarga va biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini bir butun holda o’rganish.
2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqarish, inson faoliyati tufayli o’zgargan tabiatdagi jarayonlar va o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun eng qulay muhitni saqlash.
3. Populyasiyalar sonini boshqarish, ya’ni kimyoviy moddalardan oqilona foydalanish.
4. Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o’rganish va ularga qat’iy rioya qilish.
5. Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish yo’llarini ko’rsatish. Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi. Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi. Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi. Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda. Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda. Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uyro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda. Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va 9 halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan. Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p iflos ifloslangan. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi. Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin. Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo`ymoqda.
Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi turadi. Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini ko`rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg`ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim. Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir. Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gazkimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi. 10 Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni ko`rishdek murakkab vazifalarni qo`ymoqda. Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi mumkin va o`zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko`zda tutadi. Keyingi o`n yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog`lomlashtirishga qaratilgan zaruriyhuquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va amaliyotda qo`llay boshladilar. Ularda ekologiyani sog`lomlashtirishga bel bog`lagan xalq harakati va partiyalar (masalan, "Yashillar”, "Grinpis” va boshqalar) faol ish olib bora boshladi. Natijada, o`tgan 80- yillar monaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitning ifloslanish darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana shunday harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak. Shunga qaramay, ko`pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud.
Shu maqsadda 1972-yilda Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-yilda Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bo`lib o`tdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi. Muhim tomoni shunchaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani sog`lomlashtirish muammolarini hal qilishda BMT va uning ko`plab bo`limlari faol ish olib bormoqda. Jumladan, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (YUNEP) dir. Bu dastur atrofida shakllangan rasmiy idoralar turli mamlakatlarda bu sohada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib turadi, mamlakatlarda to`plangan tajribalarni umumlashtiradi, istiqbolli ishlarni qo`llab-quvvatlaydi. YUNEPning bosh irodasi Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan. Atrof-muhitni sog`lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijodiy hal qilishda jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda O`zbekistonda jamoatchilik asosida "Ekosan” harakati tashkil topdi. U nafaqat O`zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, aholi yashash muhitini sog`lomlashtirish yo`lida harakat qilmoqda.
Odam va jamiyatning mavjudligi kamida eng kam ekologik madaniyatni o'z ichiga oladi. Yaqin vaqtgacha uning shakllanishi asosan o'z-o'zidan, "ko'zlar", "koʻzlar", "odamlarning ko'z o'ngida" davlat ongi va xatolar usuli, ko'pincha urf- odatlar va an'analar tizimida, ko'pincha lahzali va yuzaki baholash tizimida o'rnatildi ijtimoiy rivojlanish va atrof-muhit xavfi, ularning xohish va kurashish uchun ularning xohish va kurashish darajasi bo'yicha tushunchaga muvofiq qarorlar

ekologik muammolar


Bugungi kunda bu yo'lni butunlay charchatdi, atrof-muhit madaniyatining ongli, maqsadli shakllanishi talab etiladi, bu butun o'quv jarayonini to'g'ri shakllantirish mumkin emas, bu butun o'quv jarayonini to'g'ri shakllantirish mumkin emas, atrof-muhitga ta'limning roli oshib boradi.


"Atrof-muhit madaniyati" umumiy madaniyatning namoyon bo'lishlaridan biri (Lotin Atokladan, bu etishtirish, ta'lim, ta'lim, rivojlanish, hurmatni anglatadi).


Atrof-muhit madaniyati olimlar tomonidan tabiatdagi birlik madaniyati, tabiatning normal yashashi va rivojlanishi va rivojlanishining ehtiyojlarini va aholining ehtiyojlarini qondiradigan insoniyat tomonidan qabul qilingan. Atrof-muhitni ekologik madaniyatni o'zlashtirgan erkak atrof-muhitni oqilona boshqarish talablariga bo'ysundiradi, atrof-muhitni yaxshilashga g'amxo'rlik qiladi, uning yo'q qilinishi va ifloslanishiga yo'l qo'ymaydi. Shuning uchun, u Ilmiy bilimlarni o'zlashtirish, tabiiy ahamiyatga egalarni tabiatga yo'naltirish, shuningdek, qulay ekologik sharoitlarni saqlash bo'yicha amally ko'nikmalar va ko'nikmalarni rivojlantirishi kerak. Binobarin, "ekologik madaniyat tushunchasi murakkab va ko'p qirrali. Boshlang'ich maktabda ekologik madaniyatning asoslari yotqizilgan. Ushbu muammomiz bizning fikrimizcha, L. P. Semuvaning asarlarida eng to'liq aniqlanmoqda. L. P. Simonova. Ekologik madaniyatni aniqlash bo'yicha shaxsiyatning sifati, tarkibiy qismlar:


- uni himoya qilish tabiati va muammolariga qiziqish;
-uni himoya qilish va barqaror rivojlanish uchun tablat va usullarni bilish;
- tabiatga nisbatan axloqiy va estetik tuyg'ular;
Ekologik muhitga nisbatan ekologik toza faoliyat:
- jismoniy muhitdagi shaxsning faoliyatini va xatti-harakatlarini aniqlaydigan naqshlar.
Insoniyatning hozirgi rivojlanish bosqichida tabiat fanlariga murojaat qilish ekologik inqirozni chuqurlashtirish va undan chiqish qidiruvi, erta yoshdan boshlab ekologik ta'lim zarurati bilan bogʻliq.
Hozirgi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo'yicha ishlar davom etmoqda. Bir qator tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, atrof-muhitga oid ta'lim keng qamrovli emas, ammo bir tomonlama, barcha imkoniyatlardan foydalanmasdan.

Hozirgi vaqtda insonning ijtimoiy jihatdan zaruriy axloqiy fazilatlari kabi ekologik madaniyatni shakllantirish haqida gapirish kerak.


Azizlangan A.N.. Acushekina I.T. Atrof-muhitni boshqarish tamoyillari insonlarning ongida va faoliyatida ekologik madaniyat. Ilmiy va texnologik taraqqiyot va ekologik ta'limni tasdiqlash va atrof-muhit tarbiyasi va ekologik ta'limni tasdiqlashiga ishoniladi: Ayrim iqtisodiy faoliyatni hal qilish ko'nikma va ko'nikmalarni shakllantirish - ekologik vazifalar atrof-muhitga va inson salomatligiga zarar etkazmasdan.


U dunyoqorlikning ahamiyatini keltirib chiqaradigan odamning yaxlit xususiyatlaridan biriga chiqadi, bu esa dunyoqarashni yozmoqda.


Atrof-muhit madaniyati tabiatga mas'uliyatli munosabat, moddiy ishlab chiqarish uchun mas'uliyat va moddiy ishlab chiqarish uchun, mehnat va mehnat subyektlari, tabiiy inson faoliyati vositasi sifatida namoyon bo'ladi.


Olimlar LD Bobileva, A.N. Zaxlebny, A.V. Mironov. L.P. Pecoko ushbu sifatning turli qismlarini ajratib turadi.


A.N. ga ko'ra atrof-muhit madaniyati Hisevj atrof-muhitni boshqarish tamoyillarining ongli va inson faoliyati, ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarni atrof-muhitga va inson salomatligiga ziyon etkazmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishda ko'nikma va ko'nikmalarni egallash.
Lp. Pechko ekologik madaniyatni o'z ichiga oladi deb hisoblaydi:
- Tabiatga nisbatan moddiy qiymatlar manbai, ekologik ish sharoitlari manbal, hissiyotlarning ob'ekti sifatida, hissiyotlarning ob'ekti, hissiyotlarning ob'ekti sifatida, shuningdek, esixetik, tajribalarning ob'ekti sifatida bilimlar bo'yicha kognitiv faollik madaniyati. Ushbu faoliyatning muvaffaqiyati muqobil echimlarni qabul qilish uchun ko'nikmalarni shakllantirishga asoslangan tabiiy muhitga nisbatan axloqiy xususiyatlarning rivojlanishi bilan bogʻliq:

- jarayonda shakllangan mehnat madaniyati mehnat faoliyati. Shu bilan birga, atrof-muhitni boshqarishning turli sohalarida alohida ishlarni bajarish paytida atrof-muhit, estetik va ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi;


- tabiat bilan ma'naviy aloqa madaniyati. Estetik his-tuyg'ularni rivojlantirish juda muhimdir. tabiiy va o'zgartirilgan tabiiy sohalarning estetik ustunliklarini baholash qobiliyatidir. Atrof-muhit madaniyati. Id. Bobilev, quyidagi asosiy tarkibiy qismlari o'z ichiga oladi:

- tabiatga qiziqish:


- tabiat va uning qo'riqxonasi haqida bilim,
- tabiat uchun estetik va axloqiy tuyg'ular:
- tabiatdagi ijobiy faoliyat:
- tabiatdagi bolalarning harakatlarini aniqlaydigan sabablar.
Ko'rinib turibdiki, jamiyatning barqaror rivojlanishining eng ishonchli kafolati va o'rtadagi sog'liqni saqlash butun mamlakat aholisining ekologik madaniyatining yuqori darajasi. Atrof-muhit muammolarini hal qilishda eng muhim omil ekologik masalalar, bolalar maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab barcha o'quv dasturlarining markazida ekologik muammolarni shakllantirish va universitetlar bilan tugaydigan ekologik muammolar shakllantirilishi kerak. Bolalar ekologik madaniyatini shakllantirish muhim pedagogik topshiriq bo'lishi kerak. Ekologik madaniyatni shakllantirishda juda muhim rol bolaligining yiliga tegishli - bu yarim umr ko'rish davrining nisbatan qisqa vaqt segmenti.

Umuman, maktab o'quvchilarining ekologik ta'lim-tarbiyasi quyidagi tuzilish va tizimda olib borilsa, uning samaradorligi ta'minlanadi: ekologik his-tuyg'u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma'lumot, ko'nikma, malaka, odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo'lib qolganligi o'quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham, tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko'p darajada foydalanish, yangi yerlarni rejasiz o'zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o'zgardi, atrof-muhit ifloslandi. Ekologik tarbiyada insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatlari tarbiyalanib, o'quvchilar ongiga yoshligidan singdirib boriladi. Ekologik ta'lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.


Sayohatdan olgan taassurotlaringiz haqida insho yozing. Sayohat darslari asosida o‘quvchilar tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish; tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shuningdek inson faoliyatining tabiatga ta'siri oqibatlarini chuqur o‘rganish; o‘quvchilarni tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashga qaratilishi lozim.Sayohat jarayonida noan'anaviy dars: rolli o‘yin, harakatli o‘yin, kuzatish usullaridan foydalaniladi. Bunday dars o‘quvchilarning atrof-muhitga qiziqishlarini oshiradi. Ular tabiatga ongli munosabat ruhida tarbiyalanadi. Biz 3-sinf o‘quvchilari bilan «Tabiatni seving, ardoqlang»,« Qushlar bizning do‘stimiz », « Men tabiatni sevaman » kabi mavzularda sayohatlar uyushtirdik.«Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» fanlari bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo‘nalishi. O‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg‘ulotlar: sayohat ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari o‘qishlar, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar vaboshqa ishlar o‘tkaziladi. Bu ishlar o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida ularning tabiatni bilishga qiziqishini uyg‘otadi. Tabiatshunoslik bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, tabiatni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilar faolligi va tabiatni e'zozlashga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillashtirish imkoniyatini beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o‘quvchilarning xulq-atvoriga ta'sir ko‘rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan sinfdan tashqari ishlar o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o‘rganish va e'zozlash, o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil mashg‘ulotlar kiradi. Bu mashg‘ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak




Download 32.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling