Boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematikadan tenglamalar yechishga o’rgatish uslubi


Download 26.33 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi26.33 Kb.
#1548062
  1   2   3
Bog'liq
3189-Текст статьи-7810-1-10-20211028

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MATEMATIKADAN TENGLAMALAR YECHISHGA O’RGATISH USLUBI


Rabbimov M.T. - dotsent Muzaffarov M. – talaba
Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o’qitishda tenglamalarni o’qitish usullari bo‘yicha dars samaradorligini oshirishning mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish, uning bir butun tizimini o‘rganib chiqish haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Boshlang’ich matematika, tengliklar, tengsizliklar, tenglama, teng kuchli tenglamalar, noma’lum komponent, noma’lum ayriluvchi, noma’lum kamayuvchi, noma’lum ko’paytuvchi, tayyorgarlik bosqichi.
Annotation: This article deals with the development of the content, form and methods of improving the effectiveness of the lesson on the methods of teaching equations in the teaching of mathematics in primary school, the study of its whole system.
Keywords: Elementary math, equations, inequalities, equations of equal strength, unknown component, unknown subtraction, unknown multiplication, preparatory stage.
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы разработки содержания, формы и методов повышения эффективности урока по методике обучения уравнениям при обучении математике в начальной школе, изучению всей ее системы.
Ключевые слова: элементарная математика, уравнения, неравенства, уравнения равной силы, неизвестная компонент, неизвестное вычитание ,неизвестное умножение, подготовительный этап.

Boshlang’ich ta’lim davlat standarti talablarini amalga oshirish uchun boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi, shu jumladan tenglamalarni o’qitishni rivojlantirish usullarini ishlab chiqish dolzarb masaladir.


Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o’qitishda tenglamalarni o’qitish usullari bo‘yicha dars samaradorligini oshirishning mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish, uning bir butun tizimini o‘rganib chiqish maqsad qilib qo’yilgan. Bugungi kunda barcha fanlarning kaliti bo’lmish matematika fanini bilish, o’rgatish, bilim samaradorligini asosiy poydevoridir.

Matematika fani boshlang’ich sinflardayoq asosiy fan sifatida o’qiladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar matematikaga xos qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish kabi amallarni puxta egallaydilar. O’quvchilarga bu fanni tushuntirayotganda o’qituvchidan mantiqiy malakalari mujassamlashgan o’qitish uslubini talab etadi. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan matematika o’rta maktab matematikasining tarkibiy qismidir.
Boshlang’ich matematikani natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasi tashkil etadi. Boshlang’ich matematikada bir qancha yirik mavzudagi o’qitish vazifalaridan tashqari tenglamalar tushunchasini o’rgatish ham muhim o’rin tutadi. Tenglama tushunchasi nafaqat boshlang’ich sinflarda qo’llanadi, balki bu tushuncha matematikada o’rganiladigan asosiy tushunchadir.
Tengliklar, tengsizliklar va tenglamalar haqidagi tushunchalar o’zaro bog’lanishda ochib boriladi. Ular ustidagi ish I-sinflardan arifmetik materialni o’rganish bilan uzviy qo’shib olib boriladi.
Tenglik va tengsizlik tushunchalarini tarkib toptirishning boshlang’ich bosqichi narsalardan to’plamlarni ularning miqdori bo’yicha taqqoslash (katta, kichik, teng) munosabatlarini o’rgatishdan iborat.
I-II- sinflarda sonli tenglama va tengsizlik haqida boshlang’ich tasavvurlar shakllantiriladi. Tenglik va tengsizliklar haqidagi birinchi tasavvurlarni bolalar tayyorgarlik davridayoq oladilar.
III- sinfda esa I-II- sinf mavzularini takrorlash bilan bir qatorda ancha murakkab hollarni ham o’quvchilar bilan ko’rib chiqish mumkin.
III-IV - sinf o’quvchilari ongi I-II- sinf o’quvchilar ongiga ko’ra tafakkur doirasining kengligiga ko’ra, murakkab tenglama va tengsizliklarning ham o’rgatishni taqozo etadi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida tenglamalarni va tengsizliklarni yechish bilan birgalikda har xil ko’rinishda olib borib, yechimlarini muhokama qilib tushuntirilsa, o’quvchilarda tenglama bilan bog’liq matematik hisoblashlarini bajarish sifati ko’rsatgichi yuqori bo’ladi deb ilmiy faraz qilish mumkin.
Bu o’quvchilarni o’z navbatida o’ylashga, fikrlashga o’rgatadi. O’quvchilar mustaqil ravishda tenglamalarni to’g’ri yechib, bajara oladilar.
Boshlang’ich sinf matematika kursida ”Tenglama” tushunchasining aniq ta’rifi berilmaydi. O’quvchilar bu tushunchani maxsus tanlangan mashqlarni bajarish jarayonida tushunib oladilar.
O’quvchilar murakkab narsalar haqida o’ylayaptimi, fikrlayaptimi demak dars maqsadiga erishdi deyish mumkin.
O’quvchilar boshlang’ich sinflardayoq natural sonlar ustida ta’rifsiz to’rt amalni bajarishni o’rganadilar. So’ngra o’quvchilarga qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallaridan qatnashayotgan komponentni topish o’rgatiladi.
Ana shu topilishi kerak bo’lgan komponentlardan noma’lumni topish o’rgatiladi.
Noma’lum komponent harflar bilan belgilanadi.

Masalan: Qanday songa 4 ni qo’shsak 7 hosil bo’ladi

Download 26.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling