Boshlangʼich sinf oʼquvchilarini tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati


Download 15.64 Kb.
bet1/4
Sana12.03.2023
Hajmi15.64 Kb.
#1264956
  1   2   3   4
Bog'liq
Farxodova Durdona Mansurovna


Boshlangʼich sinf oʼquvchilarini tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati


Termiz Davlat pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim yoʼnalishi 2-kurs talabasi
Farxodova Durdona Mansur qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz turlari, ularning hayotimizdagi oʻrni, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga taʼlim- tarbiya berishda milliy aksiologiyadan foydalanish, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida fikr yuritilgan
Kalit soʻzlar: aksiologiya, qadriyatlar, aksiologiya, milliylik, umuminsoniylik, madaniyat, Dekart
Abstract: This article discusses the types of our national values, their place in our lives, the use of national axiology in the education of elementary school students, and their upbringing in the spirit of respect for our national values.
Key words: axiology, values, axiology, nationality, universality, culture, Descartes
Аннотация: В данной статье рассматриваются виды наших национальных ценностей, их место в нашей жизни, использование национальной аксиологии в воспитании учащихся начальной школы, их воспитание в духе уважения к нашим национальным ценностям.
Ключевые слова: аксиология, ценности, аксиология, национальность, всеобщность, культура, Декарт.
Jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar ta’limning o’zgarishiga muhim ta’sir ko’rsatmoqda. Ta’lim bugungi kunda qadriyatli paradigmaga o’tish davrida. Bu ta’limning qadriyat sifatida baholanishi bilan bog’liqdir.
«Moziyga qaytib ish qo’rmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat o’zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo’lsa-da, o’rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo’lmaydi.
Aksiologiya (axio — qadriyat, logos - fan, ta`limot) qadriyatlar haqidagi fan. U XIX asrning 2-yarmida nemis faylasufi E.Gartman va fransuz P.Lapi tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan. Aksiologiya aksiologik ong, qadrlash tuyg’usi, aksiologik bilish, qadrlash tamoyiliga tayanib to’plangan qadriyatlar to’g’risidagi bilimlar tizimidir. Ma`naviy merosimizning yorqin namunasi – «Avesto» zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o’sha davrdagi milliy g’oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash tug’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E`tirof etish kerakki, Qur`on va Hadislarda ta`riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ta`sir ko’rsatgan.Zamonaviy aksiologiyada obyektiv subyektiv va pluralistik oqim hamda yo’nalishlar mavjud. Aksiologiya “qadr”, “qadrlash”, “qadriyatlar”, “qadriyatlar tizimi” kabi aksiologik kategoriyalarni, ularning turli shakllarini o’rganadi.
Qadriyat (arab. - qiymat) - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha. Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
O’zbekistonda mustaqillik davrida qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutaxassislarining ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.
Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikning shakllarini, narsalar, voqea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, an’analari o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.

Download 15.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling