Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir tushunchalarini shakllantirish Mundarija: Kirish Asosiy qism


Nazariyani amaliyot bilan bog’lash


Download 1.27 Mb.
bet20/20
Sana07.01.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1082674
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Nazariyani amaliyot bilan bog’lash
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham zarur.
O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va mamaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda anna shu bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari va malakalari hosil bo’ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilarni ama­liy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o’zlashtirish sifatini ko’taradi. Bu qoida mehnat ta‘limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakteri o’quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, «Tabiatda bahor» mavzusida (3-sinf) uni o’rganish bo’yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta‘sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma‘qul bo’ladi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga maktab yoki jamoa xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G’o’za», «Poliz ekinlari», «G’alla ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va qon» mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlar o’tkazilishi yordam berishi mumkin.
O’quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o’simliklarni ekish va ko’paytirish), shuningdek o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini (piyoz va balzaminni o’stirish misolida — 2-sinf), gul manzarali o’simliklarining o’sishi va rivojlanishiga organik va mineral o’g’itlarning ta‘sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko’chirib o’tqazilishining ta‘sirini aniqlash bo’yicha tajribalar (4-sinf) o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tajriba uchastkasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog’lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o’quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob‘ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog’i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo’lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko’nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to’ldirilib va aniqlashtirilib boriladi.
Mashg’ulotlar mazmuni, mashg’ulotlarning shakllari, bolalarning oddiy izlanuvchanlik qobiliyatlari, bolalning izlanuvchanlik qobiliyatini ro’yobga chiqarish, izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishda metodlar tanlash, ko’rgazmalikni roli.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning xilma-xil formalari mavjud. Bu mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotni kuzatishlarda, sayrlarda amalga oshiriladi.
Mashg‘ulotlar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda atrof tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda amalga oshirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mash-g‘ulotlarda gruppaning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq oddiy bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum sistema hamda izchillikda o‘stiriladi. Kundalik hayotda, kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mash-g‘ulotlar ularni aniqlash va sistemalashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘ulotning turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.
Ayrim mashg‘ulotlarda boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy-; asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko‘rsa-tishdan foydalanadi. Boshqa. mashg‘ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Yuqorida» keltirilgan metodlardan tashqari mazkur mashg‘ulotda bola-larning tabiatdagi mehnatidan ham frydalaniladi. Uchinchi tur mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda sistemaga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik, o‘yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydala-niladi. Mehnat va o‘yinlarda bolalar egallagan bilimlarini amalda qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar barcha yosh gruppalarda: kichik va o‘rta yoshdagi gruppalarda oyiga 2 marta, katta yoshdagi gruppalarda esa haf-tasiga 1 marta o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotni samarali o‘tishi tarbiyachining qanchalik puxta tayyorgarlik ko‘rganligiga bog‘liq.
Tarbiyachi «Dastur» asosida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘radi. Bunda tarbiyachi mashg‘ulotni yaxshi o‘tkazishi uchun o‘zi ishlaydigan, mehnat qiladigan ekologik sharoitni yaxshi bilishi talab qilinadi.
O‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirish, formalaridan yana boshqalari eksqursiya va sayrlardir. Bunda asosiy e’tibor tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi, bolalarni ekskursiyaga tayyorlashi, uni o‘tkazishi, ekskursiyani yakunlashi, sayrlarni qanday uyushtirishi kabi ishlarni to‘g‘ri, puxta tashkil qila bilishiga bog‘liq.
Bular haqida «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish» kitobida batafsil yozilgan. Shu sababli ularni takrorlamaslik uchun bu yerda ular haqida to‘xtamadik.
Bolalarda rddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish. Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishishidagi mustaqilligini, fikr doirasini oshiradi va o‘ta aktiv bo‘lishni ta’minlaydi. Bunday qobiliyat bolalarda tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo‘lish sabablarini bilishga imkon beradi.
Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini hoyeil qilish ma’-lum sistema asosida amalga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarni ko‘rish, tahlil qilish asosida turli faoliyatlari davridan boshlanadi. Shundan keyin bolalarda fikrlash qobiliyati shakllanadi, turli muammolar paydo bo‘ladi. Bolalar buni fikr qilib, tabiatda sodir bo‘ladi-gan o‘zgarishlar, uning sabablari va bir-biri bilan bog‘liq ekanligini yechishga intiladilar. Ular ko‘rib, kuzatib, u yoki bu voqeani sodir bo‘lish sabablari haqida xulosalar chiqaradilar.
Izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishning navbatdagi yo‘li bolalar chiqargan taxminiy xulosalarni to‘g‘ri muhokama qi-lish va uni tekshirish usullarini tanlashdan iborat. Shuni aytish kerakki, izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishni o‘rga-nishda xulosalarni tekshirish katta rol o‘ynaydi. Buni to‘g‘ri xulosa chiqarish bilan yakunlash kerak. «Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi»da belgilangan bilimni bolalarga singdirish uchun bolaning bylishga bo‘lgan aktivligini va amaliy faoliyatini oshirish zarur. Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yo‘li bilan o‘rganiladygan tabiat haqydagi bilimlarni ajratib olmog‘i kerak. Shu asosda bolalarda bilishi mumkin bo‘lgan hayetiy muammolar hoyeil qilinadi. Bolalar bu muammolarni yechish uchun o‘zlari tasavvur qilgan, o‘ylagan fikrlar bilan uni solishtiradilar. Izlanuvchanlik faoliyati ulardan qaysisi to‘g‘ri-yu, qaysisi xato ekanligini aniqlashga yordam beradi.
Masalan. Bolalar tabiat burchagida navbatchilik qilib turganda dam olish kunidan keyin xina va koleus barglarini so‘lib qolganini, kaktus va aloe esa juda yashnab turganini: sezadilar. Tarbiyachi bu vaziyatdan foydalanib bolalar oldiga muammoli savol qo‘yadi? «Nima sababdan shunday bo‘ldi? Hamma o‘simliklarga ham bir xilda suv kerakmi?»
Bu hayotiy munozarali muammoni bolalar bilan birga muhokama qilib, tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan hodisaning sodir bo‘lish sababini tushunib oladilar. Bolalar tomonidan bildirilgan birorta ham fikr e’tibordan chetda qolmasligi, bolalarning hamma farazlari to‘liq muhokama qilinishi kerak. Bolalarda muhokama paytida yoki kuzatgan obyektiga baho berishda tug‘ilgan qiziqishidan tarbiyachi foydalanib izlanuvchanlik faoliyatining ikkinchi davri — tekshirish yo‘llarini tanlash va o‘zini tekshirishga o‘tadi. Tarbiyachi tekshirishning har xil yo‘llaridan, hatto bolalar tavsiya etgan tekshirish yo‘llaridan ham foydalanishi mumkin.
Izlanuvchanlik faoliyatini kuzatish, tajriba, sayr, tabiat burchagida, mashg‘ulotlarda kamol toptirish mumkin.
Qisqa muddatli kuzatish tabiat obyektining har xil sifatini, xususiyatini aniqlash uchun foydalaniladi. Masalan, bolalar gullarga suv quyish zarurati haqidagi fikrlari to‘g‘riligini aniqlash va isbotlash uchun o‘simlikning suvga chanqoqlik belgilarini izlashadi, tuproqning quruq yoki namligini, rangini, barglar holatining o‘zgarishini aniqlash uchun harakat qilishadi.
Uzoq muddatli taqqoslab kuzatish tajribalar, tayyor modellarni ko‘rsatish (masalan, hasharotlar xususiyati), tabiat hodisalarining sababini, o‘zaro aloqasini va munosabatini aniqlash uchun foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga hayvonlar harakatidagi o‘zaro aloqani aniqlash uchun (tipratikan, quyon, qurbaqa) ularning yurishini va orqa oyoqlari harakatini kuzatishni hamda taqqoslashni topshiradi.
Tayyor modellarni ko‘rsatib, hayvonlarning himoyalanish mexanizmini tuzilishi bilan tanishtirish mumkin. Bolalar karam kapalagining g‘umbagini kuzatib, ularni karam bargidan ajratish qiyin ekanligini ko‘radilar. Tarbiyachi bolalarga nima uchun bunday tuzilganini o‘ylab ko‘rishni aytadi va o‘zi uning sababini tushuntirib beradi.
Bolalarning ko‘rgazmali-amaliy metodlar asosida tabiat bilan tanishib orttirgan boy tajribalariga tayanib, tarbiyachi bolalar bilimini tekshirish va bilish qobiliyatlarini aniqlash uchun qiziqarli suhbatdan foydalanishi mumkin. Bu suhbat fikrlash asosida tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sababini bilishga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarning fikr-lashini boshqaradi aa uni aniq maqsadga yo‘naltiradi. Buni: sayrlarda amalga oshirish mumkin.
Izlanuvchanlik faoliyati kuzatish, tajribalar, modellarni namoyish etishdan olingan xulosalar asosida yakunlanadi. Tarbiyachi' bolalarga o‘zlari mustaqil xulosa chiqarishlarini topshiradi. U o‘zi xulosa chiqarishga shoshilmasdan bolalar-ning fikrlarini eshitishi, qo‘shimcha savollar berishi kerak. Bordi-yu, bola noto‘g‘ri yoky noaniq xulosa chiqarsa, tarbiyachi uni to‘g‘rilab, tushuntirib berishi zarur.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish vositasida izlanuv-chanlik faoliyatini keng amalga oshirish asosan katta yoshdagi gruppalarda olib boriladi. Lekin buni kichik va o‘rta yoshdagi' gruppalarda ham amalga oshirish mumkin.
Bola tabiatga doir har qanday muammoni dastlab kattalar ko‘magida, so‘ngra o‘zi mustaqil yecha oladigan bo‘ladi. Izlanuv-chanlik faoliyati natijasida bolani mustaqil ijodiy fikr-lash qobiliyati rivojlanadi. Mustaqil yechilgan muammolar bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Bu quvonch uning tabiatga bo‘lgan: qiziqishini yanada oshiradi va rivojlantiradi.
Izlanuvchanlik faoliyati bolaning shakllanishida, fikr-doirasining kengayishida katta ahamiyatta ega ekanligini bilgan holda har kerak.





Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling