Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir tushunchalarini shakllantirish Mundarija: Kirish Asosiy qism
Download 1.27 Mb.
|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va tavsiyalar..............................................................................................
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir tushunchalarini shakllantirish Mundarija: Kirish.................................................................................................... Asosiy qism: 1. O‘quvchilarni tabiatga doir tushunchalar berishning o‘ziga xos xususiyatlari ............................................................................................................................... 2. Tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati............................................................................................................. 3. O‘quvchilarni tabiatga doir tushunchalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyalar qo‘llashning samaradorligi ............................................................ Xulosa va tavsiyalar.............................................................................................. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..................................................................... Ilovalar............................................................................................ Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda ta’lim sohasida joriy qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mustaqillik sharofati bo‘lsa, uni amalga oshirishning asosiy ilmiy-metodik omillaridan biri pedagogik texnologiyadir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim–tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishda ya’ni “O‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” deb belgilanadi. Demak, ta’lim –tarbiya maqsadi yangilanishi tabiiydir. Ta’lim mazmuni o‘quv dasturlari, qo‘llanma va darsliklarda o‘z ifodasini topdi. Shu munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bo‘yicha ta’lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli ma’suliyat yuklatildi. Bugungi kunda pedagogik tizimda didaktik masalalarning o‘z yechimlarining topishi Milliy dastur g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishning eng muhim bosqichidir. Shuningdek, ta’lim muassalarida resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlandi, o‘quv tarbiya jarayoniyangi o‘quv uslubiy, majmualar, ilg‘or pedogogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlandi. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim vositasi ekanini ko‘rishimiz mumkin. Mustaqil davlatimiz taraqqiyoida hal qiluchi muammolar xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o‘rganish va ta’lim –tarbiya jarayonini milliylashtirish, yoshlar ongiga milliy, mafkura, milliy g‘oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish jahon andozalariga mos bo‘lgan ta’lim tizimini yaratish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar dolzarb vazifasi bo‘lib qoldi. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari majmuaviy integral (butun uzviy bog‘liq) tizim bo‘lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan kasbiy ko‘nikma va malakalar o‘rganuvchilar tomonidan shaxsiy xislatlarni egallash hamda bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan harakatlarning tartiblashtirilgan to‘plami aks etadi. “Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganish yaxlit jarayonida ta’lim shakllarini opimallashtirish, texnikaviy insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro hamkorligi amalga oshirish metodlar tizimidir” Pedagogik texnologiya ta’lim –tarbiya jarayonini optimal loyihalash, modellashtirish tizimi mexanizmi hisoblanadi. ya’ni pedogogik qonuniyatlarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimining samarali ommabop mexanizmidir. Buning uchun ta’lim –tarbiyani tubdan isloh qilish ilg‘or pedagogik texnologiyalarni zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash zarur ekanini ko‘rsatadi. Malumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslangan bo‘lib, u o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga, ular ongida vatanga muhabbat, insonparvarlik kabi tushunchalarni shakillantiribborishga qaratilmog‘i lozim. Ta’lim jarayonini faol subektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularni hamkorlikdagi faolyatlari muayyan mavzu bo‘yicha kam kuch va vaqt sarflagan holda bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling