Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir tushunchalarini shakllantirish Mundarija: Kirish Asosiy qism


Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to‘ldiradi


Download 1.27 Mb.
bet5/20
Sana07.01.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1082674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to‘ldiradi va tabiiy materialni o‘rganishda bolalarni jamoa bo‘lib, ijodiy ravishda ishlashga o‘rgatadi. Tabiatshunoslik darslarida ta’lim va tarbiya berishning faol metodlari sistemasining elementlaridan biri hisoblanadigan didaktik o‘yinlar o‘quv jarayonini jonlantirib, unga xilma-xil tus beradi, tasavvurni kengaytirishga, bilimlarni yaxshiroq eslab qolish va o‘zlashtirishga yordam beradi, o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.
O‘quv jarayonidagi o‘rniga qarab, o‘yinlarni shartli ravishda ikki guruxga: o‘quvchilar yangi bilimlarni olishi jarayonida qo‘llaniladigan o‘yinlar va o‘rganilgan materialni takrorlash uchun oldin olingan bo‘limlardan foydalanishni talab qiladigan o‘yinlarga bo‘lishi mumkin.
- «Atrofimizdagi olam» darslarini zamon talablariga javob beradigan xolda o‘qitishda «saxnalashtirilgan», «o‘yin-musobaqa», «Test-sinov», «Sayoxat» darslaridan foydalanish samarali natija beradi.
Zamonaviy dars o‘tish usullarining o‘ziga xos xususiyatlari:
- mavzuni muxokama qilish;
- erkin fikrlash;
- juft bo‘lib guruxlarga ishlash;
- davra suxbatlari, baxs-munozaralar;
- rollarni ijro etish;
-muammolarni birgalikda xal etish uchun fikrlash.
Zamonaviy usullar o‘quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularga o‘z fikrini ximoya qilish ko‘nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlashni o‘rganib, ularni xayotda uchrab turadigan qiyinchilarni birgalikda yengish tajribasini singdiradi.
Zamonaviy usullardan foydalanish;
- sinf muxitini o‘zgartiradi;
mavzu qanday o‘quvchilarning o‘rganilishi kerakligini belgilab beradi;
Har bir o‘quvchini faollashtiradi.
Bugungi kunda o‘qituvchi o‘qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va o‘quvchini bevosita mustaqil bilim olishga o‘rgatmog‘i lozim. Bu jarayonda o‘qituvchiing pedagogik maxorati, uning chuqur bilimi, insoniy odob axloqi muxim ahamiyatga ega.
Xozirgi kunda zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda o‘qituvchi moxirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan ta’lim soxasini rivojlantirishga hissa qo‘shmog‘i talab etiladi.
Dasturlashtirilgan o‘qitish.
«Atrofimizdagi olam» darslarida dasturlashtirilgan o‘qitish, ya’ni amaliy ishlardan, qiziqarli topshiriqlardan foydalanish muammosi o‘ta dolzarbdir.
Xozirgi paytda o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini jadallashtirish va ularning atrof-olam bilan tanishtirish darslarida oldida har bir o‘quvchining o‘quv jarayonida mustaqilligini ta’minlovchi va o‘quv materialini o‘zlashtirishda yordam beruvchi amaliy ishlar tizimi qo‘llanilmokda. Dasturlashtirilgan o‘qitish bosqichma-bosqich bilim olishni kuzatishga imkon yaratadi, o‘quv jarayoniga qanday o‘zgartirishlar kiritish kerakligini ham ko‘rsatadi.
Dasturlashtirilgan o‘qitish uchun quyidagilar kerak:
- o‘quv materialining puxta taxlili, uning qat’iy tanlanishi va mantiqiy ketma-ketlik bo‘yicha bo‘linishi;
- o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini tekshirishdagi raxbarlik.
Dasturlashtirilgan o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv materialini qo‘llashda faolligi va mustaqilligi ortadi, o‘qitish jarayonini individuallashtirish imkoni paydo bo‘ladi, texnik vositali o‘qitish keng qo‘llaniladi, o‘qituvchi va o‘quvchi mehnatini okilona tashkil etishga erishiladi.
Nazorat ishlarini dasturlashtirishning tamoyili o‘quvchilarning og‘zaki javoblarini shartli belgilar va chiziqlar bilan yozma ravishda almashishidir. Ularning ortiq jixati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har bir o‘quvchining o‘tilgan.
-mavzuni o‘zlashtirish darajasini aniqlay oladi.
Tajriba atrof-olam bilan topishish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlashtirilgan o‘qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko‘rsatadi. Afzalligi shundaki, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini o‘quvchilarning o‘zlari shu dars mobaynida tekshirishlari mumkin. 2-sinfda dasturlashtirilgan o‘qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlari, tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Grafik topshiriqlarni bajarayotganda o‘quvchilarga «-» noto‘g‘ri javob «^» to‘g‘ri javob ekanligini tushuntirish lozim. O‘qituvchida esa grafik usuldagi javoblarni tezda aniqlashda moslashtirlgan asbob bo‘lishi kerak.
Masalan:
21-mart – Navro‘z bayrami.
1-oktabr- Ustoz va murabbiylar kuni.
1-sentabr – Mustaqillik bayrami.
8-dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling