Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir tushunchalarini shakllantirish Mundarija: Kirish Asosiy qism


Download 1.27 Mb.
bet4/20
Sana07.01.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1082674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Kuzatuvchanlikni rivojlantirish maqsadida o‘qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi o‘yinlardan foydalanish mumkin. Masalan, tabiatga qilinadigan ekskursiya oldidan o‘qituvchi «Kim sinchkovroq» didaktik o‘yinining shartlarini tushuntirib beradi. Bolalar yo‘lda gaplashmasdan, tevarak-atrofga diqqat bilan qarab borishlari, qanday bo‘lmasin biror xildagi obyektlarni ko‘rib, ulardan imkoni boricha ko‘prog‘ini eslab qolishga (o‘simliklar, hashoratlar, qushlar va boshqalar), ular qanday sharoitda (suv xavzasi bo‘yicha quruq joyda, dalada va boshqa joylarda) yashashini eslab qolishga harakat qilishlari kerak, ya’ni kuzatuv qidirish shaklida tashkil etiladi. Yo‘lning oxirida o‘qituvchi bolalarga kichik-kichik guruxlarga bo‘linib, ko‘rgan narsalarini muxokama qilishni tavsiya etadi. Keyin har bir guruxdan bittadan o‘quvchi o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida so‘zlab beradi. Qaysi gurux a’zolari ko‘proq obyektlarni ko‘rib, ko‘proq belgilarni payqagan bo‘lsa va aniq so‘zlab bersa, o‘sha gurux g‘olib bo‘ladi.
Tajribalar ham kuzatish singari tabiatshunoslik darslarida samarali metod hisoblanadi. Tajribalar bilan bolalarni qiziqtirish oson. Bolalarda kuzatuvchanlik mantiqiy fikr yuritish, nutqni tarbiyalashda tajribalardan keng foydalariladi. Tajribalar har xil tabiat jismlarining xossalarini bilib olishning xaqiqiy ilmiy metodidir. Tajriba qo‘yishdan oldin o‘quvchilar undan ko‘zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli asbob-anjomlar bilan topishib chiqishlari kerak.
Ba’zan o‘qituvchi tajribaning ahamiyati va qanday qo‘yilishini oldindan o‘zi gapirib beradi, xulosa chiqaradi va shundan keyingina tajribani o‘zi yoki o‘quvchilar o‘tkazadi. Bunday xolda o‘quvchilarning bilish faolligi va mustaqil xolda fikrlashi juda ham pasayib ketadi. Bundan tashqari, bolalarning tajriba vaqtida kuzatishlari kerak bo‘lgan xodisalarga qiziqishi susayadi. Tajriba faqat o‘qituvchining so‘zlarini tushuntirib beradigan quruq misolga aylanib qoladi, xolos.
Tajriba bolalarning fikrlash faoliyatini safarbar etadigan bo‘lishi kerak. Buning uchun uni o‘tkazishdan oldin sinfga muammoli savollar berish, chunonchi, qanday qilib isbotlasa bo‘ladi? qanday qilib aniqlasa bo‘ladi? va boshqa savollar bilan murojaat qilinadi. Bolalar har xil fikrlarni bildirishadi.
Ularni eshitib bo‘lganidan keyin o‘qituvchi tajribaga kirishadi, tajriba davomida U: nimani ko‘rayapsiz? Ro‘y berayotgan narsani qanday tushuntirib bersa bo‘ladi? Nega siz shunday o‘ylaysiz? va shu singari savollar yordamida bolalar diqqatini ro‘y berayotgan xodisalarga jalb etishga harakat qiladi. Tajriba tugagandan keyin yakun yasalib, xulosa chiqariladi, natijada bolalar ba’zi fikrlar to‘g‘ri, boshqalari xato ekanligiga ishonch xosil qilishadi.
Amaliy ishlar o‘tkazishdan maqsad ma’lum malaka va ko‘nikmalarni egallab olishda o‘quvchilarga yordam berishdan iborat.
Darslar mavzusida qarab tabiatshunoslik darslarida kompyuterlardan foydalanish, muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash dars samaradorligini yanada oshiradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan metodlarni qo‘llashda o‘quvchilarning individual psixologi va yosh-psixologik xususiyalari albatta e’tiboga olinishi lozim.
Amaliy ishni bajarishda o‘quvchilar har bir ishning ma’nosini anglab, uni bajarish usullarini o‘zlashtirib olgan, shu ishning muximligini tushunib yetgan bo‘lishlari kerak.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling