Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining tezkorlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi
Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli o‘yinlarni o‘rni
Download 55.31 Kb.
|
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining tezkorlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi
1.4. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli o‘yinlarni o‘rni
Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratni shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishida nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez - tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko‘rsatkichlarni shug‘ullanuvchilarni organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni yuklamaga bo‘lgan aks javobi reaksiyasi) ob’ektiv ravishda baholanmasligidadir. SHuning uchun ham o‘quv trenirovka jarayonida qo‘llanilayotgan jismoniy yuklama (jismoniy mashqlar)ning shug‘ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu yuklamani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. A.A.Ro‘ziev (137; 138) fikricha, mamlakatimiz miqyosida, yosh kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilishni ilmiy asoslanib berish bunday tayyorgarlik qonuniyatlari va tamoyillari, tavsiflari hamda musobaqa faoliyati me’yorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu trenirovka yuklamalari me’yorlarini chuqur ishlab chiqish bilan bog‘liq. Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funksiyasining ikki, bir - biriga uzviy bog‘liq tomoniga aloxida e’tibor qaratiladi: -sportchini texnik - taktik malakalarga o‘rgatish va ularni takomillashtirish; -sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash. V.N.Platonovning (1986) fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog‘lig‘ini (sportchini ham) shakllantirish nuqtai -nazaridan maqsadga muvofikdir. Albatta, "Katta" sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. CHunki, har bir sport turining o‘ziga hos va o‘ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko‘proq kuch - tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati etakchi rolni o‘ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatnig muayyan sport vaziyatida ozmi - ko‘pmi, lekin muhim "ulushi" mavjud bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan fikr va mulohazalar sportning kurash turlarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sport sohasiga oid ilmiy - uslubiy adabiyotlarda ushbu muammoga alohida e’tibor qaratilgan ( G.S.Tumanyan, 1985; A.N.Lens, 1964; N.N.Srokin, 1969; A.P.Kupsov, 1978; V.S.Daxnovskiy, 1991; F.A.Kerimov, 1993, 2001; A.A.Ruziev, 1999 va boshqalar). So‘ngi yillarga kelib olimlar o‘rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o‘rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog‘liqligi hamda ularni sport mahoratiga bo‘lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg‘otib bormokda (V.M.D’yachkov, 1976; V.M.Zatsiorskiy, 1970; YU.V.Verxoshanskiy, 1988; Platonov, 1986; M.A.Godik, V.P.Filin, 1987; F.A.Kerimov, 2001 va boshqalar). Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan extiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi (V.Zatsioriskiy, 1979). Hozirgi jahon sportidagi ko‘rsatkichlarni jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashni yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi (V.N.Platonov, 1997; L.P.Matveev, 1999; F.A.Kerimov, 2001). Ko‘pgina tadqiqotlar (Kao Van Txы 1971; YU.D.Jeleznyak, 1973; A.V.Belyaev, 1975; E.V.Fomin, 1980; R.S.Nasimov, 1990 va boshqalar) shuni ko‘rsatadiki, kurashchilarni sport mahoratini yuksalishi aksariyat hollarda tezkor-kuchlilik sifati bo‘yicha belgilanadi. Ushbu sifatning rivojlantirish kurashchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir (Yu.D.Jeleznyak, 1978; E.V.Fomin, 1979; A.V.Belyaev, 1983; M.A.Naraliev, 1987; A.T.Garipov, 1990 va boshqalar). Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh kurashchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllanishida muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori malakali kurashchilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy o‘yin malakalarini takomillashishida muhim o‘rinni egallar ekan. Avvaldan isbot kilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o‘zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchini tayyorgarligaga ijobiy ta’sir e’tadi. (A.V.Zimkin, 1974; A.V.Korobkov, 1961; A.B.Gandelsman, K.M.Smirnov, 1966; V.S.Farfel, 1975; V.P.Filin, 1987; M.A.Godik, 1977; va boshqalar). J.Nurshin, R.Salomov, F.Kerimov (1993)lar malakali kurashchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining bekiyos ahamiyatini ta’kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatib o‘tganlar. Mualliflar o‘zbekcha milliy kurash bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda barcha jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi ko‘pdan - ko‘p mashqlarni va ularni qo‘llash uslublarini yoritib berganlar. V.S.Daxnovskiy va boshqalar (1991) tezkor - kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar bilan uzok, muddat mobaynida muntazam shug‘ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik - kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo‘rma - zo‘raki o‘stirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligini ta’kidlab o‘tilgan (A.V.Zimkin, 1974; V.M.Zatsiorskiy, 1979; G.S.Tumanyan, 1985; V.N.Platonov, 1986; V.P.Filin, 1987; Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; F.A.Kerimov, 2001 va boshqalar). So‘z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir - biriga bog‘lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor - kuch sifatiga alohida urg‘u berish maqsadga muvofiqdir. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor - kuch sifati hal qiluvchi muhim man’ba bo‘lib hisoblanadi. Masalan, voleybolda to‘r ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor - kuch sifati ushbu malaka muvoffaqiyatini ta’minlovchi omildir; kurashda esa mazkur sifat xujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo‘llashda asqotadi. Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga ko‘ra kurash bo‘yicha Jahon, Olimpiya, Ovro‘pa, Osiyo, va boshqa xalqaro musobaqalarda g‘alabaga erishishgan aksariyat kurashchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor - kuch qobiliyatiga ega bo‘lganlar. Kurash turlarida chidamkorlik sifati ham g‘alabaga etaklovchi asosiy manbalardandir. Ayniqsa kurashga oid maxsus chidamkorlikning o‘rni beqiyos. Bu borada taniqli tadqiqotchi olim Yu.V.Verxoshanskiy (1985) diqqatni jalb qiluvchi o‘ta muhim ma’lumotlarni keltiradi. Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu o‘zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor - kuch asosida ijro etiluvchi murakkab harakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o‘z etakchiligini namoyish etadi. SHu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog‘liqligi isbotni talab qilmaydi. Yu.V.Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qaraganda, erkin kurash bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3 - davrida o‘z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu kurashchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o‘rin egallaydi. Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan. A.N.Lens (1960) ning fikricha, maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun kurashchi maxsus texnik mashqlarni uzoq vaqt davomida, hatto charchash asoratlari mavjud bo‘lganda ham, ijro etishi kerak bo‘ladi. Umumiy chidamkorlik o‘rtacha shiddatda ko‘p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish va hokazo) surunkasiga bajarish asosida shakllantiriladi. Kurashchining maxsus chidamkorligini samarali rivojlan-tirishda asosiy vositalardan biri tatami ustida ijro etiladigan olishuv usullarini - texnik malakalardir (N.N.Sorokin, 1969). Kurashchilarni tayyorlashda va texnik mahoratni shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. YUqori darajada rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan kurashchi "most" holatidan keskin halos bo‘lish, egilib ko‘tarib tashlash kabi texnik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo‘ladi. Egiluvchanlik asta - sekin, uzoq muddatli mashg‘ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar biroz to‘xtatib qo‘yilsa bu sifat keskin yo‘qolib ketishi yoki susayishi mumkin. Kurashda qo‘llaniladigan usullar (texnik) malakalarni o‘zi egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin, buni o‘zi ushbu sifatni to‘laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo‘g‘imlarni cho‘zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin - asta muntazam qo‘llash kerak bo‘ladi. Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish ehtiyotkorlikni talab qiladi. Zo‘rma - zo‘raki yoki keskin tarzda qo‘llangan mashqlar mushak, pay, bo‘gimlarni shikastlanishiga, hatto og‘ir jarohatlarga olib kelishi mumkin (V.N.Platonov, 1986). Malakali kurashchilarni tayyorlashda, bundan tashqari chaqqonlik va kuch sifatlarini rivojlantirish ham alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlab o‘tish joizki, o‘quv-trenirovkav jarayonida barcha jismoniy sifatlarni garmonik ravishda rivojlantirish mahoratli kurashchilarni tayyorlash garovidir. Aynan shu sifatlar aksariyat o‘yin malakalarining samarali ijro etilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun sport tayyorgarligi jarayonida tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlariga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. CHunki, ushbu sifatlarning etarli darajada rivojlangan bo‘lishi sport mahoratining samarali shakllanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu sifatlar sport mahoratini tez va mukammal o‘sishi uchun eng zarur poydevordir. V.V.Kuznitsovning (48) ta’kidlashicha, tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish uchun maxsus usul va uslublardan kelib chiqqan holda sportchilarda nerv koordinatsiyasi aloqalarni tarbiyalash yuqori natijalarga erishishdir. V.S.Daxnovskiy va boshqalar (1991) tezkor - kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug‘ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarlik darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik - kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarning zo‘rma - zo‘raki o‘stirishga intilish salbiy oqbatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emasligi alohida takidlab o‘tilgan (A.V.Zimkin, 1974; V.M.Zatsiorskiy, 1979; G.S.Tumanyan, 1985; V.N.Platonov, 1986; V.P.Filin, 1987; Yu.Veroxshanskiy, 1988; F.A.Kerimov, 2001 va boshqalar). V.S.Begidov, V.N.Seluyanov (1993) lar 15-17 yoshli dzyudochilar ustida ilmiy tadqiqod o‘tkazib 1 jadvalda ko‘rsatilgan mazmundagi trenirovka mikrotsiklini qo‘llash oqibatida kuch tayyorgarligini qisqa muddatda o‘sishiga erishdilar. R.A.Piloyanni (1991) fikriga ko‘ra, 8-9 yoshli bolalarda tezkor - kuch va chaqqonlik sifatlarini o‘sishi kuzatiladi, tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 11-12 yoshli bolalar mashg‘ulotida tezkor -kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmini ko‘paytirish tavsiya etiladi, 13-14 yoshda tezkorlik, chidamkorlik, 14-15 yoshda - egiluvchanlik va tezkor - kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov (1987), V.P.Filin (1987) lar ham qo‘llab quvvatlagan. A.A.Ruziev (1999) o‘zining ko‘p yillik tadqiqotlariga asosan shunday xulosaga keldiki, yosh kurashchilarning o‘quv - trenirovka jarayonida o‘rgatish yoki takomillashtirish bosqichlaridan qat’iy nazar umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Uning fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlikka oid mashqlarning hajmi barcha bosqichlarda ham maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlariga nisbatan ustun bo‘lishi kerak, lekin, tayyorgarlikning ikki ushbu turlari kurash turlari xususiyatiga muvofiqlashtirilgan bo‘lishi darkor. F.A.Kerimov (2001) jismoniy sifatlarni texnik mahoratga va musobaqa jarayoniga chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Mazkur olimning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo‘lsa sport mahorati shunchalik mukammal o‘sib boradi. Salamov R.S. (2005) harakatli o‘yinlar asosida o‘tkaziladigan emotsional muhitli darslar - harakat faolligini oshiradi, bolalar kamroq charchaydilar, ularning organizmi esa ma’lum funksional yuklamalarga tayyorlanib boradi. Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko‘pgina tadqiqotchilar ishlarida va ilmiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan (N.A.Belyaev, 1975; E.A.Sergeev, 1979; A.M.Naraliev, 1987; CHan Suan Dong, 1987; E.V.Fomin, 1986; O.P.Topыshev, 1988; M.I.Popichev, 1992 va boshqalar). Jumladan, A.M.Naraliev (1987) vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilarning tezkorlik - kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivolantirish imkoniyati afzal ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. Uning fikricha «portlovchi» kuchni rivojlantirishda ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin bunday mashg‘ulotlarni musobaqadan 10-12 hafta avval 3 martadan o‘tkazib turish lozim. Chan Suan Dong (1987) o‘z tadqiqotlariga asoslangan holda shuni ma’lum qiladiki, voleybolchilarning o‘yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy tayyorgarlik davrining barcha bosqichlarida ikki omil bilan belgilanadi: tezkorlik - kuchlilik tayyorgarligi va tayyorgarlikning aralash omili (tezkorlik va tezkorlik chidamkorligi). 1 bosqichda ularning ulushi 83,3% ga teng. Bunda tezkorlik - kuchlilik tayyorgarligi 1 o‘rinda tursa, tezkorlik tayyorgarligi 2 o‘rinda bo‘lishi kerak. E.A. Sergeev (1979) fikriga ko‘ra, tayyorgarlikning dastlabki bosqichida tananing uzunligidan tashqari, sakrovchanlik va chaqqonlik sifatlari ko‘rsatkichlari o‘ta muhim hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa tezkorlik, qo‘l mushaklari kuchi va diqqatni turg‘unligi ustivor ahamiyatga ega bo‘ladi. Download 55.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling