Boshlang‘ich sinf uchun so‘rovnoma (III sinf o‘quvchilari uchun)


Download 20.28 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.28 Kb.
#1551140
Bog'liq
3-sinflar uchun savolnoma


BOSHLANG‘ICH SINF UCHUN SO‘ROVNOMA
(III SINF O‘QUVCHILARI UCHUN)



  1. Berilgan gaplardagi iboralarni ajrating.

  1. Avjga chiqdi rosa ham uchib, irg‘ishlab.

  2. Qachon qor yog‘adi, deb holi-jonimizga qo‘ymayotgan eding.

  3. Qiynalganlarga yordam qo‘lini cho‘zishni o‘z burchlari deb biladilar.

  4. Ayniqsa, mushukni ko‘rarga ko‘zi yo‘q edi.

  5. Ana shunda Firdavsning ko‘zi moshday ochilib, o‘rnidan sakrab turdi.

  1. Quyida berilgan iboralar qanday ma’no anglatishini yozing.

Masalan, o‘takasi yorildi – qo‘rqdi kabi.

  1. tekkanga tegib, tegmaganga kesak

otadigan – __________________________________________

  1. tilga kirdi – __________________________________________

  2. ko‘nglini ko‘tardi – ____________________________________

  3. ko‘zi tushdi – ________________________________________

  4. hafsalasi pir bo‘ldi – ___________________________________




  1. Berilgan so‘zlarning ma’nosiga mos bo‘lgan iboralar qatorini tuzing.

Masalan, ko‘z qirini tashladi – bir qarab qo‘ydi kabi.

  1. Ahil – _______________________________________________

  2. Yoqtirmaydi – _________________________________________

  3. Xursand – ____________________________________________

  4. Ochko‘z – ____________________________________________

  5. Sabri qolmadi – _______________________________________




  1. Gaplardagi iboraning mazmuniga mos qavs ichida berilgan so‘zni topib qo‘ying.

  1. Bug‘u esa boshidagi ajdar niqobini, ustidagi yo‘lbars po‘stinini, oyoqlaridagi ayiq tirnoqlarini uloqtirib, jon ……………………. (darmonida, talvasasida) qochib qolibdi.

  2. Ularning cho‘g‘dek yonib turgan ko‘zlarini ko‘rib, yuragi………………(“duk”, “tap”, “shuv”) etibdi.

  3. Poyloqchi ham bo‘lgan voqeani oqizmay-tomizmay …………...(kuylab, siylab, so‘zlab) beribdi.

  4. Bor, …………….. (olmangni, toshingni) ter! – dedi-da, katta irmoq …………..(kitobini, o‘pkasini) qo‘ltiqlab uzoqlarga yugurib ketdi.

  5. Binni Mansur ibn Sinoni ochiq chehra bilan qarshi oldi.

Familiyangiz va ismingiz _________________________________________


BOSHLANG‘ICH SINF UCHUN SO‘ROVNOMA
(IV SINF O‘QUVCHILARI UCHUN)



  1. Berilgan gaplardagi iboralarni ajrating?

  1. Ochdim-u, judayam tanish, mehribon chehraga ko‘zim tushdi.

  2. Bu sirning tagiga yetolmay, Rasulning juda boshi qotdi.

  3. Ha, xoh ishoning, xoh ishonmang, o‘lik quyonga jon kirdi!

  4. To‘satdan yana paydo bo‘l gan kiyik halloslagancha Alisherning pinjiga bosh suqdi.

  5. Mayli, sizning aytganingiz bo‘lsin. Bu yerda qolsam, bir kun meni chaqirib, oyog‘imga bolta uradurlar.

  1. Quyida berilgan iboralar qanday ma’no anglatishini yozing.

Masalan, kalavaning uchini topdi – muammoni hal qildi kabi


  1. bir yoqadan bosh chiqarib – __________________________________________________________

  2. hushi boshidan uchdi – __________________________________________________________

  3. dami ichiga tushdi – __________________________________________________________

  4. o‘pkasini qo‘ltiqlab – __________________________________________________________

  5. gapini ichiga yutdi – __________________________________________________________




  1. Berilan so‘zlar ma’nosiga mos iboralarni yozing.

Masalan, dahanaki janjallashdi – adi-badi aytishdi



  1. to‘polon qildi –________________________________________________________

  2. quloqsizlik qildi – _________________________________________________________

  3. lapashang – _________________________________________________________

  4. esladi – _________________________________________________________

  5. xushmuomala – __________________________________________________________

  1. Gaplardagi iboraning mazmuniga mos qavs ichida berilgan so‘zni topib qo‘ying.




  1. Bu sirning tagiga yetolmay Rasulning juda ……………………(qo‘li, beli, boshi) qotdi.

  2. – Tushingizni ………………. (menga, cho‘ga, suvga) ayting, – dedi rais o‘zining qovunini maqtab.

  3. Qo‘ling el aro ………………(bitta, uzun) bo‘lsa, sen o‘z fe’l-atvoringni ezgu tut.

  4. Bir kuni kechasi uyqusi kelib, ko‘ziga …………….. (qil, kiprik, qum) tiqila boshlaganda, uyqu qochiradigan dorisini ichib, hovliga tushdi.

  5. Necha yuz yillab to‘plangan ilm-fan xazinasining kuli …………………. (dengizga, cho‘lga, ko‘kka) sovurilishi mumkin emas.

Familiyangiz va ismingiz ____________________________________________
Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling