Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati


Download 46.18 Kb.
bet3/10
Sana15.12.2022
Hajmi46.18 Kb.
#1008401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati

Men kishilik olmoshi o‘rnida mumtoz adabiyotda kamina faqir, qulingiz, banda kabi so‘zlar ham qo‘llanib kelingan.
O‘zbek tilida sen kishilik olmoshiga -lar ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilgan holda qo‘llanishi ham uchraydi. Bunda mensimaslik, kamsitish, istehzo, ta’na kabi ma’nolar bo‘rtib turadi. Masalan: Senior bu yerda nima qilyapsanlar? Men senlarga aytyapman. Senlarni deb shuncha g‘alvaga qoldim.
Ko‘plik sondagi birinchi shaxs biz kishilik olmoshi ham nutqda -lar ko‘plik qo‘shimchasi bilan qollanishi mumkin. Bunda ko‘plik ma’nosi yanada kuchaytiriladi. Masalan: Bu ishni biz bajaramiz. Gapdan anglashilayotgan ish-harakatni bir kishi yoki ko‘pchilik bo‘lib bajarish mumkin. Bu gap bilan qiyoslang: Bu ishni bizlar bajardik. Ish-harakat bir kishi tomonidan bajarilmagan, ko‘pchilik tomonidan bajarilgan.
O‘zlik olmoshi. O‘zbek tilida o‘zlik olmoshi о‘z so‘zidangina iborat. Rus tilida esa bu vazifani egalik olmoshlari bajaradi. O‘z olmoshi otlar bilan birikib kelganda rus tilidagi svoy olmoshiga, egalik qo‘shimchasi bilan kelganda sam belgilash

_______________________________


1Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.- Toshkent: 2016.-56b.
olmoshiga to‘g‘ri keladi: o‘zimning uyim, o‘zingning fikring, o‘zim, o‘zing kabi. O‘zlik olmoshi avval egalik, keyin kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi:

Birlik sonda

Ko‘plik sonda

I sh. o‘zim

I sh. o‘zimiz

II sh.o‘zing

II sh. o‘zingi'z

III sh. o‘zi

III sh. o‘zlari

Kelishiklar

Bosh kelishik:

o‘zim

Qaratqich kelishigi:

o‘zimning

Tushum kelishigi:

o‘zimni

Jo‘nalish kelishigi:

о‘zimga

O‘rin-payt kelishigi:

o‘zimda

Chiqish kelishigi:

о‘zimdan

Egalik qo‘shimchalarini olgan o‘zlik olmoshi uchala shaxsdagi kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: men — o‘zim, sen — o‘zing, и o‘zi, biz o‘zimiz, siz —о‘zingiz, ular о‘zlari kabi. Bu xatni men yozdim. Bu xatni o‘zim yozdim.
So‘roq olmoshlari shaxs, narsa, belgi, vaqt, miqdor va hokazolar to‘g‘risidagi so‘roq ma’nosini bildiradigan so‘zlardir. Bu tur olmoshlarga quyidagi so‘zlar kiradi:kim?nima?qanday?qanaqa?qaysi?necha?nechta?qancha? qachon ? nega ? nimaga? qani? nechanchi? kimniki? kabi.
O‘zbek tilida aksariyat so‘roq olmoshlari ko‘plikda ham qo‘llana oladi: kimlar? nimalar? qaysilari? nechtalar? qanchalar? nechalar? qachonlar? kabi.
So‘roq olmoshlari ham egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi:
Birlik va ko‘plik sonda Kelishiklar
Ish. kimim Bosh kelishik: kimim
Qaratqich kelishigi: kimimning
II sh. kiming Tushum kelishigi kimimni
III sh. kimi Jo‘nalish kelishigi: kimimga
I sh. kimimiz O‘rin-payt kelishigi: kimimda
II sh kimingiz Chiqish kelishigi: kimimdan
Ill sh. kimlari
Ko‘rsatish olmoshlari shaxs. narsa yoki belgini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: u, bu, shu, o‘sha, ushbu, mana, ana, mana shu, manabu, ana u, bunday, shunday, shunaqa, shuncha kabi. Mumtoz adabiyotda ko‘rsatish olmoshlari ul, bul, shul, o‘shal kabi ko‘rinishlarda qo‘llangan.
Ko‘rsatish olmoshlari k plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi: bularingizni, mana shulardan, ana unisini, shunisiga kabi. Odatda, ko‘rsatish olmoshi bilan bog‘langan so‘z ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlangan bo‘ladi, olmosh esa o‘zgarishsiz qoladi: bu kitobimga, shu ishlaringizdan, o‘sha odatini, shu bog‘imizning kabi.
Belgilash olmoshlari shaxslar, narsalarning to‘dasini, jamini, yig‘indisini bildiradi yoki ularni ajratib, ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi. Shuningdek, belgilash olmoshlari har so‘zi bilan bir, narsa hamda so‘roq olmoshlarining birikuvidan hosil bo‘ladi: har bir, har narsa, harkim, har nima, har qanday, har qaysi, har qancha, har qachon kabi.
Belgilash olmoshlari ham egalik va kelishik qo‘shimchalarini oladi (bundan faqat birlik sonning I shaxsi mustasno).

___________________


2Qosimov F.M. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ijodiy topshiriqlar ustida ishlash. Buxoro. 2005. 138 b.


    1. Download 46.18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling