Boshlangʻich sinfda oʻqish darsini tashkil etishda xalq ogʻzaki ijodidan mukammal foydalanish salikova Nilufar Turgunboyevna Toshkent viloyati Qibray tumani 15-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi Annotatsiya


Download 19.55 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1648384
Bog'liq
Salikova Nilufar


BOSHLANGʻICH SINFDA OʻQISH DARSINI TASHKIL ETISHDA XALQ OGʻZAKI IJODIDAN MUKAMMAL FOYDALANISH
Salikova Nilufar Turgunboyevna Toshkent viloyati Qibray tumani 15-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur metodik tavsiyada boshlangʻich sinf oʻquvchilarini nutq oʻstirishda hamda ularga bilim berishda maqol, topishmoq va tez aytishlarning ahamiyati borasida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar: xalq o‘zaki ijodi, topishmoq, tez aytish, mantiqiy tafakkur, madaniy hordiq, nutq oʻstirish, ifodali oʻqish, talaffuz etish, fikrlash qobiliyati.
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, oliyjanoblik, insonparvarlik, odamgarchilik, aql-idrokli bo‘lish, odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, so‘zamollik, xushso‘zlilik, ilmli bo‘lish kabi xislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo‘lib kelgan. Chunki komil insonning ma’naviyati yuksak bo‘ladi Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan kishi esa o‘z xalqining tarixi, urf-odati, qadriyati hamda an’analari, madaniyatini chuqur biladi va unga rioya qiladi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish bugungi kun o’quvchilari ongini shakllanishida zamin yaratadi. O`quv jarayonida ertaklar bilan bir qatorda topishmoq, tez aytishlardan keng foydalaniladi. Boshlang`ich sinf darsliklarida bir necha mavzularga oid, predmetlarga oid maqollar, topishmoq va tez aytishlar berilgan. Bular, albatta, o`quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi. Mantiqiy tafakkurni o`stirishda topishmoqlarga javob topish matematik masala, misol yechish bilan teng kuchga ega. Ba‘zi o`quvchilar topishmoqlarga javob topishni ermak deb biladilar. Afsus, bunday o`ylashlari noto`g`ri. Chunki har bir topishmoq aytilganda o`quvchi aqlni ishga soladi, o`ylaydi, fikrlaydi. Topishmoqlarni o`quvchilar solishtirish va qiyoslash yo`li bilan javobini topishga intiladilar. Topishmoq matnini o`qish orqali o`quvchilar avvalo, topishmoq janriga xos xususiyatlari o`rganadilar, to`g`ri o`qish malakasini egallab beradilar. Topishmoq javobini topishda yashirin berilgan belgi, predmet, voqea-hodisalarga asosiy e‘tiborini qaratadi. Oʻqituvchi, topishmoqni o`qiyotganda uni doskaga yozib qo`yadi yoki topishoq yozilgan taqdimotni sinf doskaga ilib qo`yadi. Topishmoqni mazmunini tushuntirib bo`lingach, uni o`quvchilar daftariga ko`chirib oladilar. Oʻquvchilar topishmoqning javobini topgach, uning to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini topishmoq mazmunidan va qo`shimcha ma‘lumotlardan bilib oladilar. O‘zbekistonda zavq bilan o‘qilayotgan, maroq bilan aytilayotgan doston, ertak, qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona va rivoyat, askiya va latifa, loflar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining janrlari hisoblanadi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’naviy boyliklarimiz butun o‘zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy qismidir. Ilmda xalq og‘zaki ijodi folklor atamasi bilan yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz olimi Vilyam Toms taklif qilgan edi.
Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, o‘zbeklarda ham ommaviy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Bu janr o‘zbek folklorining epik turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro‘y bergan ibratli voqea hikoya qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalarga har xil to‘qima lavhalar qo‘shgan va yangi-yangi ertaklar milliy ma’naviyat xazinasidan o‘rin olgan. Bu orzu-havaslar natijasiz bo‘lmadi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o‘tish, dunyoningturli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo‘lish niyatlari jam bo‘lib, bugungi kunda raketa, samolyot, avtomobillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning; qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi.
Boshqa xalqlar og‘zaki ijodidagi ertaklarda ham turli hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko‘rinishi, ularning xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani ma’lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg‘iz ertaklarida bunday holat alohida ko‘zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz mumkinki, dono xalqimiz bu ertaklarni yosh bolalar tomonidan takror va takror aytiladigan «nima uchun?» savollariga javob tarzda ermak qilib yaratgan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Ularda bo‘rining vahshiyligi, tulkining ayyorligi, otning insonga do‘st ekani alohida bo‘rttirib ko‘rsatiladi.
Ertaklardagi bunday xususiyat ko‘proq ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz bilamizki, yosh bolalar yovvoyi hayvonlarni faqat rasmlarda, hayvonot bog‘larida ko‘rganlar. Fikr yuritilayotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini kengaytiradi, aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. «Ikki boyqush». «Ilonning ishi zahar solmoq», «Qarg‘a bilan qo‘zi» kabi asarlar shular jumlasidandir.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunda ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush bo‘lsa ham, asar mazmuni bevosita insonlar o‘rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do‘stlik ning inson hayotidagi ahamiyati, yaxshilikka hayotda hamisha ham yaxshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkinligi aks ettiriladi.
Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning so‘zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy asarlardir. Sehrli ertaklar O‘zbek xalq ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli folklorshunos olimlarning ta’kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar orasida eng bir-biriga o‘xshash mazmunga ega ekani sehrli ertaklardir. Bunday ertaklarni ko‘pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning bu narsaga ega bo‘lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, xavfli safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklarda turli mo‘jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilik qiladi.
Topishmoqqa javob topish o`quvchini tetiklashtiradi, aql-zakovatini yuksaltiradi. Ba‘zi bir o`qish darslarini kuzatganimizda, juda ham zerikarli, o`quvchilar darsda zo`raki o`tirib o`qituvchi tushuntirayotganda mavzuni tinglayotganliklarining guvohi bo`laman. Shunday paytda, ya‘ni o`quvchilarda zerikish, toliqishni sezganda ― Topishmoq toppish o`yini o`tkazilsa, o`quvchilar tetiklashib, darsga qiziqishlari ortadi, hamda ular madaniy zavq ham oladilar. Topishmoqlar 1-4 sinflarning savod o`rgatish, imlo va nutq o`stirishga doir darslarida o`rganiladi. Asosan, o`quvchilar 1-4 sinflarning o`qish va nutq o`stirish darslarida topishmoqlarni og`zaki aytish bilan o`z nutqlarini boyitadilar. Masalan: Alifbe kitobidagi Rangi oppoq, qora emas, yumshoqqina par emas. Topishmoqning mazmuni tushuntirilgan, javobni oʻquvchilarga topshiriladi. Paxta javobini topishmoq matniga asosan togriligi aniqlanadi. Topishmoq matni yordamida, javobni tekshirib boʻlingach, ifodali oʻqish mashqi oʻtkaziladi. Topishmoqni ifodali oʻqishda uning mazmuniga e‘tibor beriladi. Masalan, 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi kitobida mavzular boʻyicha berilgan topishmoqlarni koʻrib oʻtaylik. Bu topishmoqlarni oʻqituvchi ifodali oʻqib beradi, oʻquvchilar bunda topishmoq mazmunini tushunib olishlari kerak. Har bir topishmoq oʻqilgach, qisqacha suhbat oʻtkaziladi.
Topishmoqda nimalar deyilgan? Qani, topishmoqni kim esda saqlab qoladi? kabi topishmoqda berilgan ta’riflarga qarab topishmoqning javobi topilgach, uning javobi tekshirib koʻriladi. Oyogʻi yoʻq qochadi, Qanoti yoʻq uchadi. Bu topishmoqning javobini yozib qoʻyiladi. Topishmoq javobi matn mazmuniga qarab tekshiriladi va oʻquvchilar havoning xususiyatlari haqida ma‘lumotga ega boʻladilar. Topishmoq matnida ayrim oʻqilishida xatoga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan holda ma‘nosi tushunarsiz boʻlgan soʻzlar ham uchrab turadi. Mana shunday soʻzlar ustida ishlanadi. Masalan: Kichkina dekcha, Ichi tola mixcha. Bu topishmoqda, dekcha sozining ma‘nosiga oʻquvchilar tushunmasligi mumkin, bundan dekcha-quticha degan ma‘noda berilgan deb tushuntiriladi. Topishmoqlarni qayta oʻqish orqali asosiy ma‘noni bildirgan sozlarni aniqlash juda ham muhim. Masalan: Pak-pakana boʻyi bor, yetti qavat toʻni bor. Bu topishmoqda yashirin predmetning asosiy ma‘nosini bildirgan soʻzlar ―pak-pakana, ―yetti qavat toʻni ― deb koʻrsatiladi. Oʻquvchilar topishmoqlarning yaratilishi tarixi haqida ham bilimga ega boʻlishi kerak. Xalqimiz oʻz qilgan mehnatlari davomida, yashash tarzidan kelib chiqqan holda, tabiat hodisalarning kuzatib ulardan xulosa chiqarib, mana shunday topishmoqlar yaratganliklarini, hozirda esa fan texnikaning rivojlanishiga asosan koʻplab yangi topishmoqlar yaratilayotganini ma‘lumot beradi. Topishmoq matnini oʻqish davomida oʻquvchilar she‘riy va nasriy asarlarni oʻqish metodikasi bilan ham tanishtirib boriladi. Ba‘zi topishmoqlar she‘riy uslubda yozilgan boʻladi. Masalan, 3-sinfda berilgan she‘riy uslubdagi topishmoqlar shular jumlasidandir. Topishmoqlarning javobini topishda o`quvchilar mustaqil fikrlaydilar, tez va to`g`ri javobni topish talab etiladi.
Oʻqish darslarida topishmoq o‘qib beriladi yoki yoddan aytiladi, o‘quvchilar o‘ylab, javob topadilar. Xalq ogʻzaki ijodi turlaridan biri boʻlmish tez aytish ayrim nutq tovushlarining koʻp qaytarilishi yoki tovushlarning soʻz va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi. Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni talaffuz qila olmasdan adashib ketishi tinglovchilarning beozor kulgusiga sabab boʻladi. Oʻzbek tilida bu iboralarning tez aytish deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. Tez aytish —oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining bir turi. Tez aytishda yanglishib ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh soʻzlardan tuzilgan jumlalar qoʻllanadi. Unda muayyan tovushlar, ayniqsa, jarangli undoshlar takrorlanadi va soʻzlar ritm, urgʻular bilan tez aytiladi. Masalan,
Besh mis barkash, besh mis barkashning ichida besh ming mis barkash. Tez aytishda har bir tovush oʻz oʻrnida toʻgʻri, ravon talaffuz etilishi shart. Tovushlar talaffuzida yanglishgan tomon (kishi) yengilgan hisoblanadi. Oʻtmishda katta yoshdagi odamlar ham oʻtirishlarda, toʻylarda tez aytishda musobaqalashib, o‘z iqtidorlarini sinab ko‘rishganligi hammamizga ma‘lum. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga aylangan. Tez aytishlar bolalarning fikrlash qobiliyatini, soʻz boyligini oshirishga va nutqining ravon boʻlishiga xizmat qiladi.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, har bir dars avvalida o’quvchilarni xalq og‘zaki ijodiga mehr uyg‘otish maqsadida ertak, topishmoq, maqol va tez aytishlardan foydalanish zarur. Musobaqa tarzida “Kim tez topadi”, “Maqolni davom ettiring”, “Tez aytishni tez-tez ayt”, “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” kabi interfaol metodlardan o’z o’rnida foydalanish o’quvchilar ongini shakllanishiga, zakovatli bo‘lishiga zamin yaratadi.
Faydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R. O‗qish kitobi 3-sinf. nashriyot-matbaa ijodiy uyi –Toshkent: ―O‘qituvchi― , 2016.
2. Matchonov S., Shojalilov A., G‗ulomova X., Sariyev Sh., Dolimov Z. O‘qish kitobi 4-sinf. –Toshkent: ―O‗qituvchi―, 2016.
3. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. ―Hikmatnoma‖ O‗zbek maqollarining izohli lug‗ati. –Toshkent: ―O‗qituvchi―, 1990.
4. Bolalar adabiyotida xalq og`zaki ijodi. Maqol, topishmoqlar va tez aytishlar online presentationen.ppt-online.org › 902816
Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling