Boshlang’ich sinflarda algebra elementlarini o’rgatish metodikasi


Download 29 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi29 Kb.
#1476746
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Matemetika


MAVZU: BOSHLANG’ICH SINFLARDA ALGEBRA ELEMENTLARINI O’RGATISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI. SON VA IFODA TUSHUNCHASI. SONLI VA HARFIY IFODA. O’ZGARUVCHI QATNASHGAN IFODA.
REJA:

  1. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ALGEBRA ELEMENTLARINI O’RGATISH METODIKASI.

  2. SONLI IFODALAR BILAN TANISHTIRISH METODIKASI.

  3. HARFIY IFODA HAQIDA MA’LUMOT.

  4. TENGLIK, TENGSIZLIK VA TENGLAMA.

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ALGEBRA ELEMENTLARINI O’RGATISH METODIKASI.


Bugungi fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ta’lim-tarbiya sohasiham ancha oʻzgarishlarni taqozo qiladi. Umumiy oʻrta ta’limning “Milliy oʻquv dasturi” va “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonundan kelib chiqadigan muhim vazifalardan biri kelgusida barkamol, ilmli shaxslarni voyaga yetkazishdir. Bunday ma’suliyatli ish bevosita ta’lim-tarbiya muassasa xodimlarini befarq qoldirmasligi shart.
Milliy oʻquv dasturida aytilganidek, matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan koʻra koʻproq amaliyotga e’tibor berish hamda oʻquvchilarga tayyor oʻquv materiallarini berishga asoslangan yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab qilinadi. Matematika darslarida koʻproq keys, tadqiqot, loyiha, kichik oʻquv kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oʻquvchilarda kichik tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirishda kuzatish, tajriba, oʻlchashlar, analiz(tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan oʻrnida foydalanish talab etiladi. Oʻquvchilarda bilim va koʻnikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan, ularni hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olish kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini algebraik ifodalar bilan tanishtirish, ya’ni sonlarni harflar bilan belgilash, kelajakda oʻquvchilarning oʻzgaruvchi, funksiya tushunchalarini oʻrganishiga zamin tayyorlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni tenglama va masalalarni tenglama tuzib yechishga oʻrgatish, masalalarni turli usulda yechishni takomillashtirishda, masalalarni toʻgʻri tushunib mulohaza yuritishda muhim oʻrin tutadi. Algebraik material boshlangʻich ta’limning toʻrt oʻquv yilida oʻrganiladi. Algebraik materiallarni oʻrgatish jarayonida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi quyidagilarni bilishi zarur:
- boshlangʻich matematika kursidagi algebraik mazmundagi oʻquv materiallarni ularning sinflar boʻyicha milliy oʻquv dasturidagi ketma-ketligini;
- algebraik materiallar bilan tanishtirish jarayonidagi oʻrganilayotgan arifmetik materiallar mazmunini;
-algebraik materialni oʻrganish jarayonida foydalanadigan koʻrsatmali qoʻllanmalarni;
- algebraik mazmundagi oʻquv topshiriqlari koʻrinishlarini;
- algebraik materialni oʻrganishda foydalaniladigan didaktik oʻyinlarni;
-algebraik materialning oʻrganilganligini tekshirishning turli shakl va metodlarini.
Mazkur mavzuni oʻqitish vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Oʻquvchilarda sonli ifodalarni oʻqish, yozish va taqqoslash koʻnikmalarini shakllantirish;
2. Oʻquvchilarda ifodadagi amallarni bajarish tartibiga rioya qilgan holda hisoblash koʻnikmasini shakllantirish;
3. Oʻquvchilarni a+b, c-d, 6*a, d:4, c*d, a:b koʻrinishdagi harfiy ifodalarni oʻqish, yozish malakalarini shakllantirish va harflarning berilgan qiymatlarida ifoda qiymatini topishga oʻrgatish;
4. Oʻquvchilarni x+4= 12, x-7= 5, 8-x= 4, x*4= 16, x:3= 15, 28:x= 4 koʻrinishdagi sodda tenglamalar bilan tanishtirish va bu tenglamalarni tanlash, soʻngra amal komponentlari va natijasi orasidagi bogʻlanishlarga asoslanib yechish malakasini shakllantirish. Ikki amalli murakkab tenglamalarniyechishni hamda masalalarni tenglama tuzib yechishni oʻrgatish.
Oʻqituvchi algebraik materiallarni oʻquvchilarga tushuntirar ekan, arifmetik material bilan algebraik materiallarni oʻqitishdagi uzviy bogʻliqlikni amalda qoʻllay olishi maqsadga muvofiq koʻrsatmali vositalarni qoʻllay olishi, maqsadga muvofiq didaktik oʻyinlardan foydalanishi, oʻquvchi bilimini sinashning turli shakl va metodlarini amalda qoʻllashi, algebra elementlarini qamrab oluvchi yozma mustaqil ish oʻquv topshiriqlarini tanlay olishi zarur.

SONLI IFODALAR BILAN TANISHTIRISH METODIKASI.


Sonlar va ular ustida amallarni bеlgilaydigan matеmatik simvollarning ma’lum qoidalari bo’yicha tuzilgan kеtma-kеtligi matеmatik ifoda dеb ataladi. Ushbu ko’rinishdagi yozuvlar o’zgaruvchili ifodalaridir: a-b, 14+s; b·(35-b):5
Quyidagilar sonli ifodalar: 16+2, 6-4, 6•3-2, (26-12)+2+4 va h.k.
Matеmatika dasturida bolalarni matеmatik ifodalarni yozish va o’qishga o’rgatish amallarning bajarilishi tartibi qoidalari bilan tanishtirish hisoblarni bajarishda ulardan foydalanishga o’rgatish, ifodalarni aynan almashtirish bilan tanishtirish ko’zda tutilgan.
O’quvchilarni sonli ifodalar bilan tanishtirshda usliyotda ma’lum bosqichlar ko’zda tutiladi.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling