Boshlang’ich sinflarda innovatsion yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari rahimova Rohila Bahodirovna Urganch shahar 19-son maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Download 20.66 Kb.
|
ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INNOVATSION YONDASHUVNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Rahimova Rohila Bahodirovna Urganch shahar 19-son maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Annotatsiya 30-40 so‘zdan iborat, kalit so‘zlar 7-10 ta, ingliz, rus, o‘zbek tillarida, 14 shrift, 1,0 intervalda beriladi. Bu joyini oxirda qilamiz, man uzim qilaman Bugun boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashga nisbatan qiziqish ortgan. Kasbiy maxoratini davomiy oshirish natijasida ko`pchilik o’qituvchilar dars jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishadi. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi o’quv jarayonida kompyuterdan foydalanib quyidagilarga erishishi mumkin: - ta’lim samarasini oshirish, o’quv materialini o’zlashtirish sifatini ko’tarish, turli o’zlashtirish darajasiga ega bo’lgan o’quvchilarga individual yondashuvni amalga oshirish, - turli qobiliyat va imkoniyatlarga ega bo’lgan o’quvchilar bilan bir vaqtda muloqot qilish, shuningdek axborot texnologiyalarining yo’nalishlaridan unumli foydalanish ta’lim sifatining oshishida juda qo’l kelmoqda. Kelajak ustunlari bo’lgan yosh avlodni vataniga mehr-muhabbat, xalqiga sadoqat, oilaparvar, kuchli-baquvvat, ziyoli, go’zal xulqli qilib tarbiyalash va ilm berishda biz pedagoglar bor kuchimiz va mehnatimizni ayamaymiz zero, boshlang’ich ta’lim- kelajak ostonasidir. Umumta'lim maktablarida intеrfaol usullarni qo‘llash, ta'lim sifati va samaradorligini ko‘tarish, darslarda o‘quvchilar faolligini oshirish, takomillashtirilgan standart va modеrinizatsiya qilingan dasturlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, o‘quvchini faollikka, erkin fikr yuritishga o‘rgatish, o‘z nuqtai nazarini himoya qilishga erishtirish uchun nima qilmoq, qanday choralar ko‘rmoq kеrak? Faollik o‘zi nima? Faollik- bir maqsad yo‘lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlarni tеz va unumli amalga oshirishga intilish. Muammolarni hal qilish uchun o‘qituvchi faoliyatini innovatsion asosda qayta ko‘rib chiqish hamda intеrfaol ta'limni yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda pеdagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish- pеdagogik innovatsiya va ta'lim jarayonini yangilash g‘oyalarining paydo bo‘lishi natijasida o‘qituvchining pеdagogik faoliyatida ham yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi. Davlat ta'lim standartlarini to‘la o‘zlashtirilishini kafolatlash shu kundagi eng dolzarb, kеchiktirib bo‘lmas vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. O`yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo`lish, jasur, qat`iyatli bo`lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi. O`yin orqali bola jamoani tushunadi. Biz o`qituvchilar buni hisobga olib, darslarga o`yin elementlarini kiritishimiz va undan ta`lim-tarbiyaviy maqsadlarda samarali foydalanishimiz lozim. -boshlang’ich sinf o’quvchilarini darsga qiziqishini oshiradi. - ta’limda ko’rgazmalilikni eng asosysi hisoblanadi. -o’quvchi bir paytda ko’radi .eshitadi ,o’quvchiga kengroq hajmdagi materiallarni tezroq qiziqarliroq qilib bayon eta oladi -o’quvchining taffakkur faoliyatini tobora yaxshilaydi -dars jarayonini jonli va muloqotli olib borish imkoniyatini yaratadi - o’quvchida mustaqil fikrlashni rivojlantiradi . -tanqidiy fikrlashni o’rgatadi. Urganch shaxridagi 19 - son maktabning 2 A sinfi o`quvchilarini o`qitishda turli innovasion usullardan foydalanib, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda darsni turli fanlar bilan birga bog`lab olib boriladi. Masalan dars boshida Ingliz tilidagi oddiy so`zlar orqali suhbat uyushtiriladi. O`qish darsida yangi mavzuni nomini aniqlash uchun “Sonlar tilsimi” metodida misollarni javobi orqali Alifbo tartibida joylashtirilgan harflarni topib yangi mavzuni nomini keltirib chiqaramiz. O`quvchilarni tabiatga mehr uyg`otish maqsadida o`quvchilar Asalari shoxchalarini kiyib olib guruhlarga bo`linib, har bir guruh o`z inlariga asal top`lashi kerak bo`ladi. Dars yanada qiziqarli bo`lishi uchun o`qituvchi Ona asalari bo`lib dars o`tishi o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. O`quvchilarni baholashda ularni yosh xususiyatlarini xisobga olgan holda rag`bat gullaridan foydalanib “Onamga tabriknoma yasayman” metodi orqali baholash ham o`quvchilarni tengdoshlari orasida o`zini namoyish qilishga undaydi. O`quvchilar uchun o`z tengdoshlari oldida o`zini ko`rsatish, nimalarga qodirligini isbotlay olish juda muhim qirra hisoblanadi.Buning uchun ularga imkoniyatlar yaratish zarur. Sinfimizda har oyning oxirgi haftasida “Yutuqlar kuni” ham e`lon qilinib, o`quvchilar oy davomida erishgan yutuqlari va ijodiy ishlari namoyish qilinadi va rag`batlantirib boriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Download 20.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling