4-Sinf uchun matematikadan asosiy ta’lim dasturi mazmuning me’yorlari
Son va hisoblashlar
Dastur materialini o`rganish 4-sinf o`quvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Million ichida sonlar bilan tanishish.
Birlik va mingliklar sinflari xonalari hamda ular orasidagi munosabatlar haqida tasavvurlarga ega bo`lish.
Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari haqida tasavvurga ega bo`lish.
Million ichida to`rt arifmetik amalni (istalgan ko`p xonali sonlarni qo`shish va ayirish; istalgan ko`p xonali sonlarni ikki va uch xonali sonlarga ko`paytirish va bo’lish ) to`g`ri va tez bajarishga o`rganish.
Qoldiqli bo`lish malakalarini mustahkamlash.
1-3 amalni o`z ichiga olgan unchalik murakkab bo`lmagan sonli ifodalarning qiymatlarni to`g`ri hisoblashga o`rganish.
Unchalik murakkab bo’lmagan tenglamalarni tez yechishga o’rganish.
Turli xarakterdagi masalalarni yechishda foydalaniladigan kattaliklar orasidagi o`zaro bog`lanishlarni mustahkam egallash.
1-3 amalli matnli masalalarni yechish tajribasiga ega bo`lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |