Boshlang’ich sinflarda matematika ta’limining ahamiyati Boshlang'ich sinflarda matematika ta'limi bir necha sabablarga ko'ra juda muhimdir


I.BOB. Boshlang’ich ta’lim va maktabgacha ta’limining uzviy bog’liqligi


Download 120.08 Kb.
bet2/5
Sana03.06.2024
Hajmi120.08 Kb.
#1840554
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish

I.BOB. Boshlang’ich ta’lim va maktabgacha ta’limining uzviy bog’liqligi
1.1Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga ta’lim berishda didaktik o’yinlarning o’rni

Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv-metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining o'zaro bog'liqligi· va fanlararo bog'lanishini ta'minlashga xizmat qiladi.


Boshlang'ich sinflar o'qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang'ich ta'lim sohasida ma'lum bilim va uquvlami egallash hamda bolalami o'qitish orqali tarbiyalashni o'zlashtirishi kiradi.
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinf o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, uning ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalami navbatdagi matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang'ich ta'limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) metodikada o'zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang'ich matematika kursi, bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang'ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'ladi.
6-10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas'ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlashda o'qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlaming o'zi yetarli emas. O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilaming aqliy faoliyati saviyasi bilan ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv YO'nalishi uchun eng samarali usullarni qo'llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur.
Boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir.
Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. O'qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi.
Boshlang'ich ta'lim metodikasi o'qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o'yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o'yinlardan foydalaniladi va o'rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Bolalami 6-7 yoshdan o'qitishning mazmunida muammolar yuzaga keladi. Bu bog'cha -maktablarda o'qitish orqali hal etiladi. Sanoqni o'rganish, qo'shish va ko'paytirishni birinchi bosqichda o'rgatish (20 ichida) boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. Biroq, bu vazifa yagona bo'lib qolmasdan, balki u bolalami matematikani o'rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi ikkita asosiy yo'l bilan belgilanadi: 1) pedagogik yo'l, ya'ni bolalar fikrlashini qo'llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash; 2) matematika yo'Ii, ya'ni bolalami eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo, natural son hamda geometrik shakl tushunchalarini o'rganishga tayyorlash.
Ma’lumki pedagogik nuqtai-nazardan o‘yin – tarbiyalash va o‘qitishning samarali usullaridan biri bo‘lib, o‘zida borliqni modellashtirish va o‘quvchilarning rolli hattiharakatlarini aks ettirushda hamda matematik kompetentsiyalarni shakllantirishda samarali didaktik usuldir.
O‘yinning o‘qitish-o‘rgatishdagi roli keng e’tirof etilganligi uchun, hozirgi davrga kelib bir qator o‘yin texnologiyalari yaratilgan bo‘lib, ular ijtimoiy tajribani avlodga yetkazish, abstrakt fikrlash, ijodiy tafakkurni, kommunikativ ko‘nikmalarni ro‘yobga chiqishiga sabab bo‘luvchi aqliy harakatlarni hamda kompetentsiyalarni shakllantirishga asos bo‘ladi.
O‘yin davomida sezgilar bilan birgalikda fikrlash ham amalga oshadi, ma’lum dunyoqarash aks etadi. Ushbu yangi g‘oyalarni ongli ravishda tushunish ham bola uchun o‘ziga xos kashfiyot bo‘ladi. Bu yerda ham tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Kichik maktab yoshidagi bola o‘z xayolida turlicha holatlarni tasavvur qila oladi. Maktabda o‘qish sharoitida bola tasavvuriga ma’lum talablar qo‘yiladi. Turli hikoyalar tuzish, ertaklar o‘ylab topish, har xil qahramonlar holatlarini ifodalash orqali, bolalar o‘zlari bilmagan holda o‘ziga ma’lum bo‘lgan sujetlar, grafik obrazlardan foydalanishadi. Lekin ko‘pchilik hollarda bola ushbu ma’lumotlardan foydalanib, ularni kombinatsiyalab yangi obrazlar - o‘z qahromonlarining yangi jihatlarini yaratadi. O‘yin davomida tasavvurning uzluksiz ish faoliyati – bola tomonidan atrof-muhitni anglash va o‘rganishdagi ijtimoiy voqelikka moslashishdagi muhim yo‘nalish hisoblanadi.
O‘yin yordamida bolalar ancha ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Bu axborotlar bola ongiga ixtiyoriy tarzda, majburlashlarsiz kirib keladi. Shuning uchun, u ishyoqmasni ishchan, bilmaydiganni bilag‘on, no‘noqni epchil qilishi mumkin.
O‘qitishning o‘yin shakli kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun darslarni o‘zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. O‘yinning o‘qitish-o‘rgatish jarayonidagi imkoniyatlari olimlar tomonidan – didaktik o‘yinlarni maxsus o‘rganilishiga olib keldi. Didaktik o‘yin – o‘yinning shunday turi bo‘lib, u yangi bilimlarni o‘zlashtirish, umumlashtirish, mustahkamlash, bilish jarayonini faollashtirish, kichik bolalarni o‘quv faoliyatiga ko‘niktirishga ko‘maklashadi. Didaktik o‘yin murakkab, ko‘p qirrali hodisadir. Didaktik o‘yinlarda nafaqat bilimlar o‘zlashtiriladi, ko‘nikmalar hosil qilinadi, balki bolalarning barcha ruhiy jarayonlari ham rivoj topadi.

Download 120.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling