- Butun nomanfiy sonlarni og’zaki va yozma nomerlash, boshlang’ich matematikaning asosiy masalalaridan biri. Og’zaki nomerlash bilan o’quvchilarni sanashga o’rgatish, ularda 1, 2, 3 . . . so’zlar bilan sonlarni ifodalash katta o’rin egallaydi. Sonlarni yozma nomerlashda 10 ta raqam (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) boshlang’ich tushunchalarni kiritish ham bosh vazifalardan biridir.
- Matematika dasturi oldin natural son va nol haqidagi og’zaki va yozma nomerlashni o’n ichida keyinchalik 11-20 ichidan. Keyinchalik yuz, ming, million ichida takror – takror o’rgatish ko’zda tutilgan. Uni biz konsentrlar bo’yicha o’rgatish nomi bilan ataymiz.
- Nomerlash va arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib 5 ta konsentr: o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar milliongacha haqida nomerlash ko’zda tutilgan. Konsentrlarga asoslangan o’qitishda o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va ular ustida amallar bajarar ekan, ular arifmetikaning mohiyati tog’risida tasavvur hosil qiladilar, har gal yangi sonli material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta – qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Shunday qilib, har bir oldingi konsentrda nomerlash va arifmetik amallarni bajarish kelgusi o’qitish uchun tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keying konsentrda esa ilgari o’rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Bolalar birinchi o’nlik sonlarni o’rganar ekan, shu bilan birga nol soni bilan tanishadilar. Bunda nol bo’sh to’plamning xarakteristikasi sifatida kiritiladi. Dasturga binoan ikkinchi o’nlik alohida konsentrga ajratilmaydi, birdaniga ,,yuzlik” konsentri o’rganiladi. Shunga qaramay, nomerlashni o’rganishda 2-sinf matematika darsligida oldin 11-20 ichida sonlarni nomerlash, so’ngra 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. - Bolalar birinchi o’nlik sonlarni o’rganar ekan, shu bilan birga nol soni bilan tanishadilar. Bunda nol bo’sh to’plamning xarakteristikasi sifatida kiritiladi. Dasturga binoan ikkinchi o’nlik alohida konsentrga ajratilmaydi, birdaniga ,,yuzlik” konsentri o’rganiladi. Shunga qaramay, nomerlashni o’rganishda 2-sinf matematika darsligida oldin 11-20 ichida sonlarni nomerlash, so’ngra 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi.
- Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganish o’quvchilar uchun prinspial yangi bo’lgan bilimni shakllantirishdan, ya’ni yangi sanoq birligi sifatidagi o’nlik tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. Shundan keyin 11-20 sonlarni o’nli tarkibi, 21-100 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi o’rnatiladi. Sonlarning natural ketma – ketligini bilganlik asosida 13+1, 17+1, 10+3, 16-6, 19-40 ko’rishdagi qo’shish va ayirishni puxta biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |