Ming ichida ko’paytirish va bo’lish reja


Download 254.99 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi254.99 Kb.
#1530391
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ming ichida ko’paytirish va bo’lish reja




Ming ichida ko’paytirish va bo’lish


REJA





KIRISH




1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini minglik mavzusini o‘qitishda
nomerlashni o‘rgatish metodikasi.




2. Minglik mavzusini o‘qitish




3. Ming ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish




XULOSA




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI














































Sonlarni 1000 ichida nomerlash va bu sonlar usgida arifmetik amallar bajarish quyidagi sabablarga ko‘ra alohida ajratiladi.
Birinchidan, bu yerda sinf tushunchasi shakllantira boshlanadi (birlar, o‘nlar, yuzlar I sinfni—birlar sinfini tashkil etadi). Keyingi sinflar (IV sinf — minglar sinfi, VII sinf — millionlar sinfi va hokazo) birinchiga o‘xshash tuziladi, faqat ularda o‘nlar va yuzliklarga boshqa birliklar guruhlanadi. Ko‘p xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish haqiqiy asos bo‘lishi uchun bolalar uch xonali sonlarni og‘zaki va yozma nomerlashni mustahkam va ongli ravishda o‘zlashtirib olishlari kerak.
Ikkinchidan, «Ming» bo‘limida hisoblashlarning og‘zaki usullarini o‘rganish asosan tugallanadi. Avvalgi o‘qitish bosqichlari kabi hisoblash usullari arifmetik amallar nazariyasiga tayangan holda ochib beriladi (xossalar, usullar va teskari amallarning o‘zaro bog‘lanishi). Nazariy bilimlar o‘quvchilarga faqat hozir uch xonali sonlar uchun qo‘llaniladigan, avval o‘rganilgan qisoblash usullarini izohlabgina qolmay, balki yangi hisoblash usullarini «ochishga» imkon beradi. Shunday qilib, 1000 ichida arifmetik amallarni o‘rganish og‘zaki hisoblash
ko‘nikmalarini egallash uchun, shuningdek, arifmetik amallar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish uchun zarurdir.
Uchinchidan, mazkur bo‘limda hisoblashlarning yozma usullari ustida ish boshlanadi. O‘quvchilar qo‘shish va ayirishning yozma usullari bilan tanishtiriladi, chunki sonlarning bu sohasida muhim hollarni qarab chiqish va bu amallarning yozma algoritmlarini to‘liq ochish mumkin, shuningdek, yozma usullarning og‘zaki usullardan qo‘shish va ayirishning murakkab hollariga nisbatan qo‘llanilgandagi afzalligani ko‘rsatish mumkin. Tajribaning ko‘rsatishicha, ko‘paytirish va bo‘lishning yozma usullari bilan tanishishni «Ko‘p xonali sonlar» bo‘limini o‘rganguncha qoldirgan yaxshi. 1000 ichida yozma usullarni qo‘llanishning maqsadga muvofiqligani va ularning og‘zaki usullardan afzalliklarini har doim ham ko‘rsatishning iloji bo‘lavermaydi. Hisoblashlarning yozma usullarini o‘rganishning bir joyga to‘planganligi (yozma ko‘paytirish va bo‘lish — «Ming» bo‘limida, yozma ko‘paytirish va bo‘lish — «Ko‘p xonali sonlar bo‘limida) yozma xisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. [25]



    1. Download 254.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling