Ming ichida ko’paytirish va bo’lish reja


YOZMA QO’SHISH VA AYIRISH


Download 254.99 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi254.99 Kb.
#1530391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ming ichida ko’paytirish va bo’lish reja

YOZMA QO’SHISH VA AYIRISH


Mavzuni o’rganish natijalari

  1. Bu mavzuni o‘rganish natijasida o‘quvchilar uch xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish algoritmini o‘zlashtirishlari va ularni xonadan o‘tmasdan hamda xonadan bitta o‘tib hisoblashda qo‘llana bilishlari kerak. Qiyin hollar (xonadan ikki marta o‘tish va 500—234 ko‘rinishidagi kamayuvchida ikkita nol bo‘lgan hollar) darslikda tanishish uchun berilgan. Ularni o‘rganish IVsinfda davom etadi.

  2. 100 ichida sonlarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimni takomillashtirish hamda jadvalli ko‘paytirish va bo‘lish malakasini avtomatizm darajasigacha yetkazish ishini davom ettirish, 1000 ichida sonlarni raqamlash malakasini mustahkamlash.

  3. Ushbu mavzuga ,,Vaqt birliklari" bo‘limi ham kiradi, bolalar vaqt o‘lchovi bidiklari (yil, oy, hafta, soat. minut) haqida tasawurga ega bo‘lishlari, yilda nechta oy, haffada necha kun, sutkada necha soat, bir soatda necha minut borligini bilishlari kerak. Bolalar soatga qarab vaqtni yarmi, chorak soat, minutgacha aniqlikda topa bilishni o‘rganishlari kerak (bu ko‘nikma keyingi mavzularni o‘rganish jarayonida hosil qilinadi), taqvimda mo‘ljal olishni bilishlari kerak. Oldingi mavzularda qo‘llanilgan ko‘rgazmali qurollardan bunda ham foydalaniladi. [20]



Darslarga oid metodik ko’rsatmalar 53-dars. O’nlikdan o’tmasdan qo’shish


Yangi material ustida ishlash

  1. Tayyorgarlik mashqlari. Yig‘indining qiymatini turli usullar bilan hisoblang: 32+46, 28+52; 43+55. (Bolalar mulohazasi: 32+46=(30+40)+(2+6)=70+8-78, ya'ni o‘nliklarni o‘nliklar bilan, birliklarni birliklar bilan qo‘shib, ular yig‘indisi hisoblanadi.) Boshqacha ham qilishlari mumkin: 32+46=(32+40)+6=72+6=78 va h.k.; Doskaga birinchi usulni yozish maqsadga muvofiqdir:

32+46=(30+2)+(40+6)=(30+40)+(2+6)=70+8=78
28+52=(20+8)+(50+2)=(20+50)+(8+2)=70+10=80
43+55=(40+3)+(50+5)=(40+50)+(3+5)=90+8=98
Bolalar bilan birga bunday misollarni qanday qilib hisoblash mumkinligini eslash. (Agar bolalar eslay olmasalar, ularga yordam berish kerak — yechimni ustun qilib yozib hisoblagan edik.).
Bu sonlar yig‘indisini ustun qilib yozish kerak:

Bu usul eng qisqa va qulay ekanligi haqida xulosa chiqarish.



  1. Bolalarga bu usulni uch xonali sonlarni qo‘shishda qo‘llash taklif qilinadi, masalan: 324+251.

324+251=324+(200+50+1)=(324+200)+(50+1)=(524+50)+1=574+1=575
324+25l=(300+20+4)+(200+50+l)=(300+200)+(20+50)=(4+l)=500+70+5= 575
(Hamma yozuvlar doskada bajariladi).
Misollarni to‘g‘ri yechdik, lekin uzoq yechdik. Bu sonlarni qisqaroq qo‘shishni eslay olmadingizmi?
Xulosa chiqariladi: Uch xonali sonlarni qo‘shishda qo‘shiluvchilar bir- birining ostiga ustun qilib yozilsa, ya'ni birlarni birlar ostiga, o‘nlarni o‘nlar ostiga, yuzlarni yuzlar ostiga yozib, birlar birlar bilan, o‘nlar o‘nlar bilan, yuzlar yuzlar bilan qo‘shiladi. Yozma qo‘shish birlardan boshlanadi.

  1. Bunday misollarning yechilishini tushuntirishni o‘rganamiz. 324 soniga 251 sonini qo‘shish kerak bo‘lsin.

Yozaman: 324 ni uning ostiga 251 ni — birlarni birlar ostiga, o‘nlarni o‘nlar ostiga, yuzlarni yuzlar ostiga:
Birlarni qo‘shaman: 4 birlikka 1 birlikni qo‘shaman; 5 birlik chiqadi, 5 ni birlar ostiga yozaman.
Yuzlarni qo‘shaman: 2 o‘nlikka 5 o‘nlikni qo‘shaman, 7 o‘nlik chiqadi. 7 ni o‘nlar ostiga yozaman.
Yuzlarni qo‘shaman: 3 yuzlikka 2 yuzlikni qo‘shaman, 5 yuzlik chiqadi. 5 ni yuzlar ostiga yozaman:
Javobni o‘qiyman: 575 chiqdi.

  1. Darslikdagi ikki xonali sonlami va uch xonali sonlarni qo‘shish usullarini taqqoslaydigan namunalar bilan ishlash.

  2. 362-mashqdagi misolni batafsil tushuntirishlar bilan yechish.

  3. 364- mashq misollarini bolalar mustaqil yechadilar.

Download 254.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling