Boshlang’ich sinflarda og’zaki hisoblashni rivojlantirish texnologiyasi djumaniyazova Dinara Kalandarovna Urganch shaxar 28-son maktab o’qituvchisi Telefon: +998 (93) 747 01 40
Download 21.85 Kb.
|
10.Djumaniyazova D
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon: +998 (97) 510 75 51 nurmetova_ss@inbox.uz Annotatsiya
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
BOSHLANG’ICH SINFLARDA OG’ZAKI HISOBLASHNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Djumaniyazova Dinara Kalandarovna Urganch shaxar 28-son maktab o’qituvchisi Telefon: +998 (93) 747 01 40 d.djumaniyazova0140@inbox.uz Nurmetova Salomatjon Saparbayevna Yangibozor tumani 14-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (97) 510 75 51 nurmetova_ss@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang’ich sinflarda og’zaki hisoblashni rivojlantirish texnologiyasi haqida. Kalit so’zlar: Og’zaki hisoblash, yig’indi, ko’paytma, bo’linma, arifmetik amallar, distrebutevlik qonuni. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar og’zaki hisoblash bilimini shakllantirish hozirgi zamon o’qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala qilib qo’ymoqda. Lotin yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda ayniqsa, yuz ichida, ming ichida arifmetik amallar bajarish jarayoni o’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini o’stiradigan, ijodiy qobiliyatini aniqlaydigan holatdir. Yig’indidan, ko’paytmaga o’tish qoidasi, ko’paytma, bo’linma tushunchalari, ularning komponentlari orasidagi munosabatlarni mukammal o’zlashtirishni talab etadiki, bu yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo’lsin. Boshlang’ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning asosiy tayanchi hisoblanadi. O’qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko’paytirishni turli ko’rinishlaridan foydalanish o’quvchilarni qiziqishini oshiradi. 68·5 = (34·2) · 5 =34· (2·5) = 34·10 =340 68·50= 34·100=3400 Qo’shishning distrebutevlik qonuniga ko’ra: 17·50= (16+1) ·50= 16·50+1·50=800+50 = 850 Sonlarni bo’lish texnikasiga ko’ra: 135:5= (135·2) : (2·5) =270:10=27 2250:50=4500:100=45 O’quvchilar diqqatini og’zaki va yozma ko’paytirishga jalb etish zarurki, bunda o’quvchilar qiziqishi ortib borsin. 24·25 = (6·4) · 25= 6· (4·25) = 6·100=600 Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur: 24·25=(24:4) ·(25·4) = 6·100=600 Ko’paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir: 37·25=(36+1)·25=36·25+25=900+25=925 35·25=(36-1)·25=36·25-25=900-25=875 38·25=(36+2)·25=36·25-2·25=900+50=950 25 ga ko’paytirishning og’zaki usulini 24 va 26 ga ko’paytirishni (25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir. (Bu chorak, bo’lak, ulushlar tushunchasini o’tganda zarur bo’ladi.) Masalan: 36·26=36·(25+1)=36·25+25+36·1=900+36=936 36·24=36·(25-1)=36·25-36·1=900-36=864 25 ga bo’lish esa, 5 ga bo’lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. Bo’luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko’paytirish bo’lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan to’ldirish qoidalariga asoslanadi: 225:25=(225·2): (25·2) yoki (225·4): (25·4)=900 : 100=9 Agar 9,99 va 999 ga ko’paytirish kerak bo’lsa, u holda eng qulay usulda hisoblash qoidasiga ko’ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko’rinishlarda distrebyuterlik qonuniga ko’ra: 678·9=678(10-1)=6780-678=6102 577·99=577(100-1)=57700-577=57123 34·999=34(1000-1)=34000-34=33966 3 sinfda (14·15) ko’paytirish qoidasi 14·15=14(10+5)=140·14·5=140+70=210 Buni darhol hisoblashga shoshilmasdan bajarish zarur, chunki 14·15=14·10+14·5=(14+7)·10=21·10=210 ko’rinishda hisoblashni bajarishni unutmaslik kerak. Agar 23·15 bo’lsa 23·15=(22+1)·15=22·15+1·15=330+15=345 Shuningdek, 14 va 16 ga ko’paytirishni (15+1) va (15-1) ifodaga almashtirish mumkin. 66·14=66·(15-1)=66·15 - 66 = 990 - 66 = 924 62·16=62(15+1)=62·15+15·1=930+62=992 61·69=6(6+1)·100+1·9=4200+9=4209 243·247=24·25·100+3·7=60000+21=60021 Bunday usullardagi hisoblashlarni bajarish o’quvchilarni og’zaki hisoblash texnologiyasini mustahkamlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1.M.Jumayev. Matematika (1-sinf). Turon iqbol. 2018 yil 160 bet. O’quv qo’llanma 2.M.Jumayev. Matematika daftari. Turon iqbol. 2018 yil 4,5 bet. 3.M.Jumayev. Boshlang’ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Ilm Ziѐ.2018 yil. 4.Jumayev M., Yuldasheva M, Mingbayeva B., Mamatova G. Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha O’QUV-USLUBIY MAJMUA – T.: – Nizmiy nomli TDPU huzuridagi XTXQTMOHM‖ 2017 Download 21.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling