Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi darslarini tashkillash
Download 26.76 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlang-ich-sinflarda-ona-tili-va-o-qish-savodxonligi-darslarini-tashkillash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit soʻzlar
- Foydanilgan adabiyotlar
Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi darslarini tashkillash Xursandoy Xaitova Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, 21-maktab Annotatsiya: Ona tili va oʻqish savodxonligi fanini o’qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy-mustaqil, o’z fikrini erkin va ta’sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og’zaki shaklda ifodalashga, o’zbek tili qonun-qoidalarini ongli o’zlashtirishga o’rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviyatimizga, milliy urf- odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Maqolada ona tili va oʻqish savodxonligi fanini boshlangʻich sinflarda tashkilanishi haqida soʻz boradi. Kalit soʻzlar: savod oʻrgatish, nutq oʻstirish, ijodiy fikrlash, axborot texnologiyalari, lugʻat boyligi, tarbiyaviy maqsad, ijodiy munosabat. Organization of native language and reading literacy classes in primary grades Khursandoy Khaitova Fergana region, Fergana district, School №21 Abstract: The main goal of teaching the science of mother tongue and reading literacy is to make our young people express their thoughts creatively and independently, freely and effectively, meaningfully and logically in written and oral form, to be aware of the laws and regulations of the Uzbek language. teaching to master, as well as expanding their horizons, educating them in the spirit of love for our motherland, the rich spirituality left by our ancestors, and our national traditions. The article talks about the organization of the subject of mother tongue and reading literacy in primary classes. Keywords: literacy training, speech development, creative thinking, information technologies, vocabulary, educational goal, creative attitude. Soʻngi yillarda O’zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Savod o’rgatish davrida o’qitishning maqsad va vazifalari O’quvchilarning boshlang’ich sinfda ona tili ta’limi bo’yicha egallaydigan bilim, ko’nikma va malakalari, ularga qo’yiladigan talablar davlat hujjati bo’lgan o’quv dasturida belgilab berilgan. Shuningdek, savod o’rgatish "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 677 dasturida ham savod o’rgatish jarayoni va uning vazifalari aniq ko’rsatilgan. Dasturga ko’ra 1-sinfga kelgan bolalarning savodini chiqarish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. Ular boshlang’ich sinf davomida sidirg’a o’qish va savodli yozish kabi adabiy til me’yorlarini egallaydilar. Savod o’rgatish dasturida savod o’rgatish jarayoni ikki davrga bo’lib ko’rsatilgan: alifbegacha bo’lgan tayyorlov davri va alifbo davri. “Alifbe” darsligiga asoslangan holda savod o’rgarish o’quv darslari o’quvchilarni 4 oy davomida elementar o’qishga, yozuv darslari esa yozishga o’rgatilishi lozim. Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili va o’qish savodxonligi darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. Ona tili va O’qish savodxonligi darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. Ona tili va o’qish savodxonligi fani boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki va yozma savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan darslar o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra taflim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy- talimiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’lim darslariga o’quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang’ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so’zdan bezib qolmasliklari lozim. O’qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Asosiy e’tibor, tushunishni namoyon qilishdan o’zlashtirilgan qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchini qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda ona tili va o’qish darsi alohida ajralib turadi. Ona tili va o’qish darslari orqali o’quvchining savodi chiqadi. U yozishni va o’qishni o’rganadi. Boshqa fanlarda bo’lgani kabi ona tili va o’qish darslarida ham axborot texnologiyalaridan foydalanib dars olib borish ta’lim sifatini oshirishga va "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 678 o’quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini o’stirishga yordam beradi. Shu sababli ona tili va boshqa darslarda axborot texnologiyalarini qo’llash asosida dars o’tish davr talabi deb aytishimiz mumkin. Ona tili va o’qish darslarida multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masalan, axborotning xilma-xillligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi. O’quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg’otadi va bu o’quvchilarda o’zlariga bo’lgan ishonchni shakllantiradi; o’quvchilarning tafakkurini rivojlantiradi; o’z-o’zini namoyish etish imkonini beradi; o’quvchi mavzu bo’yicha yangi fikrlarni bildirishga va o’ziga o’zlashtirishga ruhan tayyor bo’ladi. Ushbu jihatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, zamonaviy o’qituvchi butun dunyo ta’lim tizimida bo’layotgan o’zgarishlardan doimo xabardor bo’lishi va ularni o’zlashtirib o’z faoliyati davomida qo’llay olishi lozim. Muxtasar qilib aytganda, Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan. Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Foydanilgan adabiyotlar 1. "O’qish madaniyatini oshirish" ilmiy-amaliy seminari materiallari. 2018 2. Ona tili va o’qish savodxonligi. 1-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun /K. Mavlonova [va boshq.]. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. 3. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Shukurova H. - O’qituvchi. 2021. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 679 Download 26.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling