Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari darslar Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati
Download 23.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqZakirova Diyora Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid mashqlar
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari darslar 1.Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish. 2.Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash. 3.Sinfdan tashqari ish turlari – savol-javob kechalari, ko’rik-tanlovlar, mushoiralar, so’zlar olamiga sayohat, konferensialar, albom va devoriy gazetalar chiqarish. Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko’zlaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin.Doimiy tadbirlarga to’garak mashg’ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbirlarga kiradi. To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi. To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to’garagining a’zolari soni 12-15 o’quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo’lsa, mashg’ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo’lmasa, to’garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo’lishi ham mumkin. To’garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, “Til – dil kaliti”, “O’zbek tili davlat tili” v.h. Mashg’ulot 15 kunda bir marta o’tkazilgani ma’qul. Quyida to’garak mashg’ulotlaridan birini namuna sifatida keltiramiz: 5-sinflar uchun birinchi mashg’ulot 1.To’garakka nom qo’yish. O’quvchilarni to’garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. “To’garak bizga nima beradi?” mavzusida suhbat. 2.O’quvchilardan til odobi, so’zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so’rash va mazmunini sharhlash. Mavzuga oid mashqlar So'zlarni tartiblash: Mashq: Berilgan so'zlarni alifbo bo'yicha tartiblash. Misol: "olma", "banan", "shaftoli" , “ruchka”, “ kitob”, “maktab” so'zlari alifbo tartibida yozilsin. Javob: banan, kitob, maktab,olma, ruchka, shaftoli. So'zlar bilan gap to'ldirish: Mashq: Berilgan so'zlardan foydalanib, qisqa gaplar yozish. Misol: "Kitob" + "o'qish" = "Men kitob o'qiyman." So’zlar: Maktab+bormoq, uy+ tozalamoq, devor+ bo’yamoq. Gaplardan tovush o’zgarishi hodisalarini topish. Baland binolar qad rostlamoqda. Shanba kuni kutubxonaga boraman. Dam olishga tog’ga bordik. Soat sakkizlarda ko’rishmoqchimiz. Download 23.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling