Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda va


Download 13.72 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi13.72 Kb.
#1052328
Bog'liq
21 сам.работа


Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda va
har tomonlama tarbiyalashda geografiya katta o‘rin egallaydi. Shu predmetni
o‘rganish kichik yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi,
atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar
to‘g’risida bilimlar olishga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika o‘quv
predmeti sifatida geografiyani o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy va amaliy
yutuqlari bilan yaxshi tanish bo‘lishlari kerak. Geografiyani o‘qitish
metodikasini yaxshi bilish boshlang’ich maktab o‘quvchilariga bolalarni
o‘qitishni to‘gri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o‘qituvchini
geografiyani o‘qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o‘qitish mahoratini oshiradi.
Boshlang’ich sinf o‘qituvchilari uchun eng muhimi tarbiyalovchi ta’lim
sistemasini tushinib olish, geografiyani o‘qitish asoslarini, uning uchun xos
bo‘lgan shakl, metod va uslublarini, o‘quvchilarning bilish faoliyatlariga
rahbarlik qilishni o‘rganib olishdir. Shu bilan - birga o‘quvchilar o‘z o‘lkasining
tabiati va qishloq xo‘jaligi xususiyatlarini yaxshi bilgan bo‘lishi, o‘quvchilar bilan
ish olib borishda foydalanib borishi kerak.
Geografiyani o‘qitish metodikasi geografiyani o‘qitishda bolalarni har
tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik
fandir.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda Geografiya o‘qitishning metod va
usullarini o‘rganishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Geografiyani o‘qitish metodikasi pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga
asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda xusussiyatlarini hisobga
olgan holda uning metodlaridan foydalanibgina qolmay, ularning dunyoqarashiirodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobliyatlarini rivojlantiradi. Shuning uchun
geografiyani o‘qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi,
Geografiya metodikasining vazifalari qatoriga kiradiganlar:
1. O‘quv predmeti sifatida geografiya mazmunini aniqlash.
2. O‘qiitishning metod va uslublarini tadqiq qilish.
3. Zarur o‘quv jihozlarini ishlab chiqish.
Geografiyani o‘qitish metodikasi faqat o‘qitish jarayonini ta’riflash va
tushuntirish bilan cheklanib qolmaydi, u qoidalarini ham ishlab chiqadi.
Shuningdek bu fan o‘qituvchining tayyorlanishidan boshlab o‘quv materiallarini
o‘zlashtirish natijalarini, sinfdagi, uydaga, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni
hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonini o‘z ichiga oladi, o‘qitish amaliyotini
har tomonlama o‘rganish va natijalarini iqtisodiy ravishda umumlashtirish asosida
o‘qitishning qonuniyatlari belgilanadi va yana ham yaxshilash bo‘yicha tadbirlar
ishlab chiqiladi. Qonuniyatida predmetni o‘qitishni qo‘llanish bo‘yicha aniq
tadbirlar ishlab chiqiladi. Geografiya metodikasi ishlab chiqadigan masalalar
doirasiga qo‘yidagidar kiradi: 1. O‘quv predmeti sifatida geografiyaning ta’lim va
tarbiyaviy ahamiyati; 2.Uning tarbiya sistemasidagi o‘rni; 3. O‘quv materialining
mazmuni va uni taqsimlanish sistemasi; 4. O‘qitish metodlari va o‘quvchilarni
tashkil etish shakllari; 5. O‘quv materialini, o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayoni va
o‘qitish natijalarini hisobga olish; 6. Jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish:
7. Darsdan va sinfdan tashqari ishlar; 8. O‘qitishning moddiy bazasi.
Download 13.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling