Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda va
Download 13.72 Kb.
|
21 сам.работа
Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda va har tomonlama tarbiyalashda geografiya katta o‘rin egallaydi. Shu predmetni o‘rganish kichik yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g’risida bilimlar olishga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika o‘quv predmeti sifatida geografiyani o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo‘lishlari kerak. Geografiyani o‘qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang’ich maktab o‘quvchilariga bolalarni o‘qitishni to‘gri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o‘qituvchini geografiyani o‘qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o‘qitish mahoratini oshiradi. Boshlang’ich sinf o‘qituvchilari uchun eng muhimi tarbiyalovchi ta’lim sistemasini tushinib olish, geografiyani o‘qitish asoslarini, uning uchun xos bo‘lgan shakl, metod va uslublarini, o‘quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o‘rganib olishdir. Shu bilan - birga o‘quvchilar o‘z o‘lkasining tabiati va qishloq xo‘jaligi xususiyatlarini yaxshi bilgan bo‘lishi, o‘quvchilar bilan ish olib borishda foydalanib borishi kerak. Geografiyani o‘qitish metodikasi geografiyani o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda Geografiya o‘qitishning metod va usullarini o‘rganishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Geografiyani o‘qitish metodikasi pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda xusussiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanibgina qolmay, ularning dunyoqarashiirodasi, xarakterini shakllantiradi, aqliy qobliyatlarini rivojlantiradi. Shuning uchun geografiyani o‘qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi, Geografiya metodikasining vazifalari qatoriga kiradiganlar: 1. O‘quv predmeti sifatida geografiya mazmunini aniqlash. 2. O‘qiitishning metod va uslublarini tadqiq qilish. 3. Zarur o‘quv jihozlarini ishlab chiqish. Geografiyani o‘qitish metodikasi faqat o‘qitish jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmaydi, u qoidalarini ham ishlab chiqadi. Shuningdek bu fan o‘qituvchining tayyorlanishidan boshlab o‘quv materiallarini o‘zlashtirish natijalarini, sinfdagi, uydaga, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonini o‘z ichiga oladi, o‘qitish amaliyotini har tomonlama o‘rganish va natijalarini iqtisodiy ravishda umumlashtirish asosida o‘qitishning qonuniyatlari belgilanadi va yana ham yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Qonuniyatida predmetni o‘qitishni qo‘llanish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Geografiya metodikasi ishlab chiqadigan masalalar doirasiga qo‘yidagidar kiradi: 1. O‘quv predmeti sifatida geografiyaning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati; 2.Uning tarbiya sistemasidagi o‘rni; 3. O‘quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish sistemasi; 4. O‘qitish metodlari va o‘quvchilarni tashkil etish shakllari; 5. O‘quv materialini, o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayoni va o‘qitish natijalarini hisobga olish; 6. Jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish: 7. Darsdan va sinfdan tashqari ishlar; 8. O‘qitishning moddiy bazasi. Download 13.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling