Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ssenariy va tadbirlar
Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ssenariy va tadbirlar
1. Alifbe bayram senariysi.
2. Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bag`ishlangan ertalik
3. Assalom Navro`z” bayram senariysi.
4. Bolaligim – podsholigim
5. “Go’zallik va nafosat mujassam” mavzusidagagi tadbir senariysi.
6. “Gullar bayrami” tadbiri
7. Sinfdan tashqari o`qish darslarida “Vatan tuyg`usini shakllantirish”
8. “Gullar va Qushlar” bayrami
9. Mehrjon bayrami
10. Yangi yil ertaligi
Alifbe bayram senariysi.
1. Boshlovchi: Assalom mehmonlar mo‘tabar suyuk
Assalom ustozlar, nomlari buyuk
2-Boshlovchi: Assalom otalar, baxtim posboni
Assalom onalar, fidoyi joni
1-Assalom, balajon iqboli porloq. Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq
2-Sizlarga aytayin bir shirin tilak. Savodxonlik bayrami bo‘lsin muborak
- Assalomu alaykum aziz, mo‘tabar, muhtaram ota-onalar, ustozlar o‘quvchilar!
2- Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi bo‘lgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
1- Sizlarga uzoq-umr, bolajonlarga baxtli davron porloq tole, nurli kelajak tilaymiz.
2- Endi esa ana shu tantanani ochish, yoshlarni qutlash uchun so‘zni maktabimiz direktoriga beramiz.
1-Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga o‘z bilim va san’atlarini nomoyish qilsalar siz miriqib tomosha qilsangiz.
Madhiya
2-Ayting qani azizlar
Baxtiyor o‘g‘il qizlar
Nechun keldik bu yerga
Nechun bor yosh ko‘ngilda?
1-o‘qituvchi: Bugun bizga zo‘r quvonch
Yurakka shodlik to‘lgan
Savodxonlik bayrami
Bizni bunga keltirgan
1- Qanday qilib savodxon
Bo‘lib oldingiz chunon?
2-o‘quvchi: Alifbe bo‘ldi sirdosh
Ilm yo‘lida yo‘ldosh
Sochdi ziyo nurini
Bo‘lib misol quyosh
Do'stlaringiz bilan baham: |