Boshlang’ich sinflarda pirls xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning ahamiyati va zarurati


Download 221.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi221.98 Kb.
#1181992
  1   2
Bog'liq
boshlang-ich-sinflarda-pirls-xalqaro-baholash-dasturlaridan-foydalanishning-ahamiyati-va-zarurati



Boshlang’ich sinflarda PIRLS xalqaro baholash dasturlaridan 
foydalanishning ahamiyati va zarurati 
Flora Baxtiyor qizi Ne’matova 
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼqish 
savodxonligi, matnni oʼqib tushunish darajasini baholashga moʼljallangan PIRLS 
dasturi haqida maʼlumotlar, ushbu dasturda ishtirok etish boʼyicha xalqaro 
tajribalardan misollar, oʼqish savodxonligini rivojlantirish omillari, unga erishishda 
yetakchilik qilayotgan mamlakatlar tajribalari haqida fikrlar va maʼlumotlar 
keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: xalqaro baholash dasturlari, PIRLS, o‘qish savodxonligi, matnni 
oʼqib tushunish, xalqaro tajribalar. 
The importance and necessity of using PIRLS international 
assessment programs in primary schools 
Flora Baxtiyor qizi Nematova 
Bukhara State University
 
Abstract: This article provides information about the PIRLS program, which 
assesses the level of reading literacy of primary school students, examples of 
international experience in participating in this program, factors and factors in the 
development of reading literacy, the experience of leading countries in achieving it. 
Keywords: international assessment programs, PIRLS, reading literacy, reading 
comprehension, international experiences. 
“Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, 
eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!” Sh.Mirziyoyev 
Boshlangʼich sinf oʼquvchilarining matnni oʼqib tushunish darajasini baholash 
boʼyicha PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʼich sinf oʼquvchilarining oʼqib tushunish 
koʼnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro 
miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʼqish va oʼqitishni yaxshilash uchun 
taʼlim sohasidagi davlat siyosatiga oid maʼlumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro 
baholash dasturidir. 
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - xalqaro o‘qish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
576


savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) - bu dunyoning turli davlatlarida 
boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish 
darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. PIRLS har besh yilda 
bir bora o‘tkaziladi. 
2016-yilgi PIRLS xalqaro 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish 
malakalarini baholash sinovalariga dunyoning 50 mamlakati qatnashdi. Har bir davlat 
boshlang‘ich darajada matnni tushunishdan tortib mukammal darajada tushunish 
borasida turli ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi. O‘rtacha hisobda, Rossiya Federatsiyasi va 
Singapurlik 4-sinf o‘quvchilari o‘qish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon 
etishdi. Shuningdek, bu ikki mamlakatlik o‘q o‘quvchilarninig to‘rtdan bir qismi 
matnni mukammal darajada tushina olish malakasini ko‘rsatishdi. Bu darajada matnni 
tushungan o‘quvchilar hikoya sujetlari va nisbatan murakkab matnlarda berilgan 
ma’lumotlarni izohlash, birlashtirish, va baholash ko‘nikmalariga ega. Hong Kong, 
Irlandiya, Finlandiya, Polsha ba Shimoliy Irlandiyalik o‘quvchilarning beshdan bir 
qismi matnini mukammal darajada tushina olish malakasini ko‘rsatishdi. Quyidagi 
jadvalda natijalar aniq raqamlarda aks ettirilgan: 
Rossiya Federatsiyasi 
581 
Singapur 
576 
Hong Kong (SAR) 
569 
Irlandiya 
567 
Finlandiya 
566 
Polsha 
565 
Shimoliy Irlandiya 
565 
Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam 
tashlaydi hamda oʼzining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq 
ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda oʼtkaziladigan 
tadqiqotda oʼquvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim 
etishni rejalashtirganini aytish oʼrinlidir. Raqamli formatga oʼtish bilan birga, internet 
muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn oʼqishni kompьyuterda baholash kabi 
oʼzgarishlar ham koʼzda tutilgan. 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 2030 yilga kelib 
PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilgʼor mamlakatlari qatoriga 
kirishiga erishish hamda xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi 
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida oʼquvchilarning oʼqish, matematika va 
tabiiy yoʼnalishdagi taʼlim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari 
belgilangan. 
Shuningdek, konseptsiya doirasida oʼquvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, 
axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetentsiyalari va malakalarining 
rivojlanishiga alohida urgʼu berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion 
iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumtaʼlim dasturlari va yangi davlat taʼlim 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
577


standartlarini joriy etish, oʼquvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, 
TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish yoʼlida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli 
ishtirok etish oʼziga xos oʼrin tutadi. 
Boshlang‘ich o‘qish savodxonligi nuqtai nazaridan shuni ta'kidlash kerakki, 
2016-yilgi PIRLSda mamlakatlarining yarmidan ko‘pida deyarli barcha o‘quvchilar 
(95 foizdan ko‘prog‘i) fundamental o‘qish qobiliyatlarini namoyish etdilar. Bu 
o‘quvchilar matndan g‘oyalar va ma'lumotlarni topib takrorlashlari va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xulosachi qarishlari kerakedi. 
2016-yilgi PIRLS yakunlari bundan 15 yil avvalga qaraganda ko‘proq 
o‘quvchilar yaxshi o‘qish malakasiga ega bo‘lganini ko‘rsatdi. PIRLS 2001 
natijalaridan beri 10ta davlatdan o‘qish savodxonligi o‘sishi 2ta davlat bu ko‘rsatkich 
tushishi kuzatilgan. 
Qiziqarli tomoni PIRLS 2016 natijalarigako‘ra 50ta davlatdan 48tasida qiz 
bolalar o‘g‘il bolalarga ko‘ra yuqori natijalarni ko‘rsatgan. 2001-yildan beri qizlar va 
o‘g‘il bolalar savodxonligi o‘rtasidagi farq qisqarmagan. Qiz bolalar 2001-yilda ham 
o‘qish savodxonligi borasida o‘g‘il bolalardan o‘zib ketgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, ota-onalarning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati 
pasaygan. Buni 2011-yilda 31 mamlakatda va faqat 2 mamlakatda o‘qish 
savodxonligida o‘sish kuzatildi. 2016-yilda o‘rtacha hisobda atigi 32 foiz 
o‘quvchilarning ota-onalari o‘qishni yoqtirishini va 17 foizi o‘qishni 
yoqtirmasliklarini aytishdi [3]. 
Shu jihatdan turli mamlakatlardagi o‘qish savodxonligi borasida yuqori 
natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilarning muvafaqqiyatiga aynan qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatganligini o‘rganish O‘zbekiston maktablarida ham yuqori darajadagi o‘qish 
savodxonligiga ega o‘quvchilarni kamol toptirishga yordam beradi. 
Singapurlik to‘rtinchi sinf o‘quvchilari ePIRLS bo‘yicha eng yuqori natijalarni 
ko‘rsatishgan bo‘lsa-da, barcha ishtirokchilar ePIRLSda ham yaxshi o‘qiy olishlarini 
isbotlashdi. O‘rtacha hisobda, o‘quvchilarning 50 foizi veb-sahifalardan 
ma'lumotlarni toppish va ularni umumlashtirib, xulosa chiqarishda mukammal 
darajada bilimlarini ko‘rsatishdi. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘zbekistonlik o‘quvchilar PIRLSda yuqori 
natijalarni qo‘lga kiritishlari uchun ularga barcha sharoitlar yaratilgan. Faqatgina 
berilgan resurslardan unumli foydalanish va o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan 
muhabbatini kuchaytirish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
578



Download 221.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling