Pirls xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, hamda ularni bajarish yuzasidan tavsiyalar G’ofurjonova Komila 407- guruh pirls
Download 1.3 Mb.
|
G\'ofurjonova Komila pirls
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, hamda ularni bajarish yuzasidan tavsiyalar G’ofurjonova Komila 407- guruh PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan har 5 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. PIRLS NIMA? Tadqiqot boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha o‘quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholaydi. Shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillarga doir qimmatli maʼlumotlar to‘planadi. PIRLS o’qish ta’limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: 1 global miqyosida ta’lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish; 2 yangi yoki qayta ko’rib chiqilgan ta’lim siyosatining ta’sirini kuzatib borish; 3 ta’limning zaif nuqtalarini belgilash va o’quv islohotini amalga oshirish; 4 PIRLS ma’lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o’qitish va o’qishni takomillashtirish; 5 adolatlilikni kuzatish yoki qo’shimcha sinflarda o’quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish; 6 o’qishni va o’qitishni o’rganish.2021 yilda o'tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o'quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etgan. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. 60 ta 2021 35 ta 2001 40 ta 2006 45 ta 2011 50 ta 2016 PIRLS TADQIQOTIDA ISHTIROK ETGAN MAMLAKATLAR ROSSIYA FEDERATSIYASI SINGAPUR GONKONG IRLANDIYA FINLANDIYA POLSHA SHIMOLIY IRLANDIYA NORVEGIYA TAYVAN ANGLIYA PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga qaratiladi. badiiy tajriba orttirish”, axborotni olish va undan foydalanish” MATNNI O‘QIB-TUSHUNISH JARAYONI Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish G‘oyalar va axborotni talqin qilish hamda uyg‘unlashtirish To‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish PIRLS xalqaro baholash dasturiga kóra óquvchilar óqish savodxonligi Darajalarda baholanadi😃 PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi: Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi. Yuqori daraja (550 ball) – O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi. O'rta daraja (475 ball) – O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi. Quyi daraja (400 ball) – O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Tadqiqot 2021-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston PIRLS dasturi uchun qabul qilingan o‘rtacha balldan (500) sezilarli past (437 ball) natija qayd qilgan va 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egallagan. PIRLS tadqiqotida ishtirok etish ta’lim sifatini oshirish; xalqaro miqyosda mamlakatning nufuzini mustahkamlash; ta’lim tizimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish; taʼlim olish va investitsion jozibadorligini oshirishga imkon beradi. TAVSIYALAR 01 02 03 04 “Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash” o‘quv metodik qo‘llanmasidan sinfdan tashqari o‘qish soatlarida foydalanish o‘quvchilarda badiiy matnlarda tasvirlangan voqealar, harakatlar va oqibatlarni to‘liq tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish o‘quvchilarda ilmiy, tarixiy, geografik, ijtimoiy va boshqa turli shakldagi axborot matnlarini o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘quvchilarda oddiy xulosalar bilan birga, matndagi g‘oyalar va axborotlarni talqin qilish, uyg‘unlashtirish, tafsilotlarni umumiy mavzular va g‘oyalar bilan bog‘lay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish E’tiboringiz uchun rahmat!E’tiboringiz uchun rahmat!Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling