Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Boshlang’ich Ta’limda
Download 406.23 Kb. Pdf ko'rish
|
448 451 Pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Bos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atayeva Malohat Isaqovna 1 Annotatsiya
- Kalit soʻzlar
Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 . 448 Miasto Przyszłości Kielce 2023 Impact Factor: 9.2 ISSN-L: 2544-980X Pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Boshlang’ich Ta’limda O’quvchilarning Matnlarni Tushunish Darjalarini Baholash Atayeva Malohat Isaqovna 1 Annotatsiya: Ushbu maqolada PIRLS xalqaro tadqiqotida ishlatiladigan matnlar, matnni oʻqib tushinish bilan bog’liq topshiriqlar, testlar tahlili va ushbu xalqaro tadqiqot yuzasidan amalga oshirigan ishlar qayd qilingan. Kalit soʻzlar: PIRLS, IEA tashkiloti, matnda aniq bayon qilingan ma’lumotlar, oʻqish va tushunish, ma’lumotlarni bir-biriga mantiqiy bogʻlash, diqqatni jamlash va koʻrsatilgan ma’lumotlarni topish. Dunyoda yuzdan ortiq mamlakatlar oʻzining ta’lim sifatini yaxshilash va dunyo andozalari doirasidagi ta’limning ayrim jihatlarini oʻrganish, zarur holatlarda oʻzlashtirish borasidagi amaliy ishlari mamlakatdagi mavjud ta’lim sifatini nazorat qilish orqali xolisona baholash bilan ham amalga oshirishni koʻzlaydi. Bu borada PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etib kelishlari ham shundan dalolat beradi. Oʻzbekiston ham bu borada ilk qadamlarni qoʻymoqda. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni, shuningdek, PIRLS dasturining 2021-yilga moʻljallangan tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olinganligini va 2021-yilda oʻtkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 57 davlat qatorida Oʻzbekiston Respublikasidan (2021-yil 5-14-aprel kunlari) 4-sinf oʻquvchilari ham ilk marotaba ishtirok etishi koʻzda tutilganligi ta’lim sohasidagi yangilanishlardan hisoblanadi. Tadqiqotlar 2001-, 2006-, 2011-, 2016-yillarda oʻtkazilgan boʻlib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Har besh yilda oʻtkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmasini xalqaro darajada baholaydi. PIRLS dasturida qatnashuvchi mamlakatlar soni yildan yilga koʻpayib bormoqda. Masalan, dasturda 2001-yilda 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2006-yilda 40 ta, 2011-yilda 45 ta, 2016-yilda 50 ta mamlakat qatnashgan. 2016-yilda tadqiqotga Rossiya Federatsiyasining 42 ta hududidan 206 ta umumiy oʻrta ta’lim maktabi va 4577 ta boshlangʻich sinf oʻquvchilari jalb etilgan boʻlib, tadqiqot natijalariga koʻra Rossiya Federatsiyasi dunyo boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan. Oʻqish savodxonligi oʻquvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatining oʻsishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi, shuningdek, PIRLS ta’lim sohasida olib borilayotgan siyosatning muvaffaqiyatga ta’sirini baholash uchun qimmatli vosita hisoblanadi. 2021-yildagi PIRLS natijalari 2023-yil may oyida e’lon qilindi. Unga koʻra, ilk bor qatnashgan Oʻzbekiston 57 davlat orasida oʻrtacha baldan pastroq natijani qayd etib, 49-oʻrinni egalladi 2 . Oʻquvchilar matndan ma’no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan gʻoyalar yoki ma’lumotlarga nisbatan tushuntirishlar beradi. Xulosalash oʻquvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi. Koʻpgina hollarda muallif matnni oʻquvchilarning aniq yoki bevosita xulosa chiqarish uchun yaratadi. Oʻquvchilar oddiy xulosa bilan bir qatorda, matndagi gʻoyalar va axborotlarni talqin qilishda va uygʻunlashtirishda, oldingi mavzularda aytganimizdek, konkret yoki umumiy ma’nolarga e’tibor berishlari yoki tafsilotlarni umumiy mavzular va gʻoyalar bilan bogʻlashlari mumkin. 1 oʻqituvchi, Urganch davlat universiteti 2 https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/17/pirls/ Download 406.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling