Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Boshlang’ich Ta’limda


Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008


Download 406.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi406.23 Kb.
#1614245
1   2   3
Bog'liq
448 451 Pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Bos

Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .  
449 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2023 
Toʻliq javob berish uchun oʻquvchidan barcha matnni yoki hech boʻlmaganda muhim qismlarni
shuningdek, matndan tashqaridagi fikrlarni yoki axborotni tushunish talab qilinadi. 
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar PIRLS dasturida murakkabligiga qarab
oʻrtacha 500 dan 800 tagacha, oʻquvchilarning oʻqish savodxonlik darajasi past boʻlgan mamlakatlar 
uchun 400-500 ta, PIRLSda esa taxminan 1000 ta soʻzdan iborat boʻladi.
Oʻquvchilarning tushunish jarayonlarini baholashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar ma’lum foizlarda 
baholanadi. Buni quyidagi jadval asosida oʻrganishimiz mumkin
3

PIRLSda 4-sinfda oʻquvchilarning 4 ta tushunish jarayonlarini baholash: 
Diqqatni jamlash va aniq koʻrsatilgan ma’lumotni topish. 
Oʻquvchilar matnda aniq bayon qilingan ma’lumotlarga diqqat-e’tibor bilan qaraydilar. Matnda 
bildirilgan ayrim fikr-mulohazalar oʻquvchilarning diqqat-e’tiborini jalb etadi, ba’zilari esa ularda 
hech qanday qiziqish uygʻotmaydi. Masalan, agar matndagi fikr-mulohazalar oʻquvchilar matn 
mazmunini yoki oʻqishdan koʻzlangan umumiy maqsadiga oid fikr-mulohazalariga zid yoki ularni 
tasdiqlasa, oʻquvchilar ayni shunday fikrlarga koʻproq e’tibor qaratadi. Bundan tashqari, oʻquvchilar 
odatda oʻqish boʻyicha berilgan savollarga javob berish yoki matnning ayrim jihatlarini qay darajada 
tushunganliklarini tekshirish uchun undagi ma’lumotlarni qidirib topishga harakat qiladi. 
PIRLSda 4-sinfda oʻquvchilarning “Diqqatni jamlash va aniq koʻrsatilgan
ma’lumotni topish” boʻyicha tushunish jarayonlarini baholash uchun matnni qayta tahlil qilish 
oʻqishdan koʻzlangan muayyan maqsadga bogʻliq ma’lumotni aniqlash va qidirish, ma’lum 
mulohazalarni, matndagi soʻz yoki iboralar ta’rifini qidirish, hikoyaning sodir boʻlgan joriy va vaqtini, 
grafikdagi ma’lum ma’lumotni aniqlash, matnning asosiy mavzusini topish kabi oʻqib tushunish 
koʻnikmasini rivojlantiruvchi topshiriqlarni oʻz ichiga oladi va shu asosda savollar tuziladi. 
To‘gʻridan toʻgʻri xulosalar chiqarish. 
Har qanday matnda bayon etilgan ma’lumot boʻladi; bayoni yashiringan, voqeadan anglashiladigan 
yoki hamma ham mulohaza qila olmaydigan fikr anglashilishi ham mumkin. Bunda anglashilgan m’no 
mulohazaga yordam beradi. Ayrim mulohazalarni xususiyatiga koʻra aniq, tushunarli boʻlishiga sabab 
mulohazalar asosan matnning maʻlum qismida berilgan ma’lumotga asoslangan boʻlishi ma’lum. 
Shuning uchun oʻquvchidan ikki-uchtadan kam boʻlmagan ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlash talab 
etiladi. Bu toʻgʻridan toʻgʻri xulosa chiqarishga ham yordam beradi. Oʻquvchidan oʻzaro 
bogʻlanmagan mulohazalarni anglash talab qilinadi, zero matn mazmuni yaqqol anglashilib turadi. 
Ayniqsa, badiiy matnda mazmunni, mohiyatni qahramonlar xarakteri, xatti-harakati ochishga koʻmak 
beradi. Ya’ni oʻquvchi shu qahramonlar haqida va voqea yuzasidan mulohaza yuritadi. Bunda aytish 
mumkinki, biror voqea boshqa voqeaga sabab boʻladi, bunda asar qahramonining xatti-harakatlarini 
asoslash, ikki qahramon orasidagi munosabatni tasvirlash, matnning qaysi qismi yoki veb sahifaning 
qaysi boʻlagi muayyan maqsad uchun xizmat qilishini aniqlash matnni
qayta tahlil qilish orqali savollarga aniq javob topib toʻgʻri xulosa chiqaradi. 
3
PIRLS 2021 tadqiqoti Baholash qamrov doirasi Ina V.S. Mullis va Michael O.Martin, muharrirlar. Tarjimon: Elmurod 
Tursunov.Ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa boʻlimi" 
Toshkent – 2021, 12-bet 
20 
20 
30 
30 



Download 406.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling