Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Boshlang’ich Ta’limda
Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008
Download 406.23 Kb. Pdf ko'rish
|
448 451 Pirls Xalqaro Tadqiqotida Ishlatiladigan Matnlar Va Bos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn bilan ishlash jarayoni boʻyicha rasmli testlardan ham foydalaniladi.
- Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
450 Miasto Przyszłości Kielce 2023 Gʻoyalar, axborotni talqin qilish va uygʻunlashtirish. Oʻquvchi matnda berilgan ma’lumotlarni oʻzi shaxsiy bilim va oʻziga xos orttirgan tajribalariga bogʻliq holda matnni toʻlaqonli tushunishga harakat qiladi. Ya’ni, bir necha ma’lumotlarni bir-biriga mantiqiy bogʻlay oladi. Bu vaqtda ilgari surilgan yangi mulohazalar va ma’lumotlar savollar manbasida ham oʻquvchi tomonidan toʻliq qabul qilingan javoblarda oʻz aksini topadi. Matn bilan ishlash jarayoni boʻyicha rasmli testlardan ham foydalaniladi. Baholash bosqichlarining “diqqatni jamlash va koʻrsatilgan ma’lumotlarni topish” turi matnni qayta tahlil qilish, oʻqishdan koʻzlangan muayyan maqsadga bogʻliq ma’lumotlarni aniqlash va qidirish, grafikdagi ma’lum ma’lumotni aniqlash kabi oʻqib tushunish koʻnikmasini rivojlantiruvchi topshiriqlarni oʻz ichiga oladi. Bunga muvofiq quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: 3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida Poʻlat Moʻminning “Aqlni koʻp ishlatsa kamayarmi?” she’ri berilgan. Ushbu berilgan she’r asosida test savoli: 4 Shoir she’rda harakatni, miyani, aqlni nimaga o’xshatadi desak va bu savolga javobni rasmlar asosida berishimiz mumkin.Yoki aksincha “Mosini tanlang” metodi orqali berilgan so’zlarga mos so’zni keltirishi lozim.(maslan, harakat- zina) Aka-uka Grimlar ertagi asosidagi “ Parilar va etikdoʻz 5 ” dan test savoli tuzsak, Etikdoʻz va uning xotini minnatdorchilik evaziga parilarga nimalar tikib berishdi? 1) 2) 3) 4) A) 4, 2, 1 B) 1,2,3 C) 1, 2,3, 4 D) 1 Abakumova G.M.Ananayev G.S. va boshqalar tahriri bilan chiqqan”Bolalar uchun ensiklopediya”sidan “Suvga qaytganlar” 6 matnini olib o’rgatishda ham shunday testdan foydalanish mumkin Matn: Tinch okeanda yerdagi eng ulkan hayvonlar - kitlar yashashadi. Bu ulkan dengiz maxluqlari tashqi ko'rinishiga ko'ra bahay- bat baliqqa o'xshasa ham, sutemizuvchilar sinfiga kiradi. Kitsimonlarning ajdodlari quruqlikda yashashgan. Ularning to'rtta oyoqlari bo'lib, gavdalari jun bilan qoplangan bo'lgan. Bun dan 70 million yillar muqaddam ular suvga qaytganlar. Ularning tanasi baliqlar kabi suyri shaklga kelib, asta-sekin orqa oyoq va junlari yo'qolgan, oldingi oyoqlari esa last (kurakoyoq) ko'rinishiga kelgan. Yuqoridagi rasmga qarang. Uni nima uchun koʻk yoʻl-yoʻl kit deb atashadi? a) Qornidagi dumlari tufayli b) Yoʻl-yoʻ'l chiziqlari tufayli c) Koʻk rangli boʻlganligi uchun 4 Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dullo Qurbonov, Shokir Tursun «Ona tili va o’qish savodxonligi” Umumiy o’rta ta’lim maktabining 3-sinfi uchun darslik 1-qism,Toshkent -2022-yil, 20-23-betlar 5 Zumrad va Qimmat: O’zbek va jahon xalq ertaklari/ to’plovchi U.Raxmatullayev Toshkent: “Yangi kitob”, 2019.42-47- betlar 6 Bolalar uchun ensiklopediya. Abakumova G.M.Ananayev G.S. va boshqalar “Yer sayyorasi” “Davr nashriyoti” MCHJ Toshkent-2013, 70-bet Vol. 35 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 . 451 Miasto Przyszłości Kielce 2023 d) Moviy dengizdagi jonzotlar ichida yuragi 600kg atrofida boʻlganligi uchun Albatta bunday testlarning berilishi o’quvchidan sezgirlikni, o’tkir kuzatuvchanlikni talab qiladi. O’quvchi har bir detalni ko’zdan qochirmaslikni anglay oladi. Demak, PIRLS xalqaro baholash dasturi ham o’quvchidan aynan quruq yodlash bilan chegaralanmaslikni, aksincha mantiqqa suyanishni talab qiladi. Download 406.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling