1. pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa dasturining o’ziga xosligi pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa


Download 155 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi155 Kb.
#1757950
  1   2   3   4
Bog'liq
4.PISA xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati


Mavzu: Xalqaro baholash PISA dasturining mazmun mohiyati va talablari
REJA:
1. PISA tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar
2. PISA dasturining o’ziga xosligi.

1. PISA tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar
PISA–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga mo’ljallangan.
PISA xalqaro baholash dasturi 1997 yil joriy qilingan.
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.
PISA–halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA - Bu dastur 3 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo’llanilgan. PISA bo’yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o’sishini ta’minlaydi. O’zbeksiton Respublikasi PISA da 2021 yil qatnashadi, 2020 yil esa Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi tomonidan probnыy testlari o’tkaziladi.
2021 yildagi asosiy tadqiqotlar jarayonida viloyatimizdan kamida 8 ta maktab (1,5%, Respublika bo’yicha 150 ta maktab), 15 yoshli o’quvchilar orasidan kamida 42 nafardan jami viloyat bo’yicha kamida 336 nafar o’quvchilar qatnashish extimoli mavjud.
PISAda o’quvchilarning bilim sifati monitoring 5 ta yo’nalish bo’yicha aniqlanadi.

O’zbekiston 2021-yilda 3 ta (o’qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) yo’nalish bo’yicha ishtiroki etishi ko’zda tutilmoqda.
PISA topshiriqlari o’quvchilar matematika, o’qish (matnni tushunish darajasi), tabiiy fanlar yo’nalishlar bo’yicha 120 daqiqa davomida kompьyuterda test topshiradilar.
O’quvchilarga so’rovnoma yechishlaridan oldin 15 daqiqalik tanaffus beriladi
O’quvchilardan so’rovnoma o’tkazishga 35 daqiqa vaqt ajratiladi.
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o’quvchilarda tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi.
PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT(OECD – Organisation for Economic Cooperation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.
Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o’tkazilgan bo’lib, har uch yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling