1. pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa dasturining o’ziga xosligi pisa tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar pisa
PISA tadqiqoti o’ziga xos xususiyatlarga ega
Download 155 Kb.
|
4.PISA xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unda eng ustivor vazifa qilib quyidagilar olindi
- Global innovatsion indeks
PISA tadqiqoti o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko’lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi; tadqiqotda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o’quvchilar ishtirok etadi; tadqiqotda o’quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko’nikmalarini hayot qo’llay olish layoqati baholanadi; tadqiqotda o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish), tabiiy yo’nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funktsional savodxonligi baholanadi; tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xosligi bo’yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to’planadi. O’zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash; mamlakatdagi umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash; o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish. PISA tadqiqoti haqida qo’shimcha ma’lumotlarni O’zbekistonda mazkur tadqiqotni o’tkazishga mas’ul hisoblangan Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining rasmiy veb-sayti (markaz.tdi.uz)va IHTT www.oecd.org/pisa)dan olish mumkin. O’zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi 997-sonli qarori bilan Xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda O’zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha «Yo’l xaritasi» tasdiqlangan. Unda eng ustivor vazifa qilib quyidagilar olindi: xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari hamda o’quv adabiyotlari mazmuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; PISA baholash dasturi yo’nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o’quv dasturlariga integratsiya qilish; o’quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish va 2019-2021 yillarda amaliy ko’nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o’tkazib borish. Hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potentsialini takomillashtirmoq mamlakatning iqtisodiy o’sishning eng muhim omillari hisoblanmoqda. SHuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko’plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. SHu munosabat bilan innovatsion rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga mo’ljallangan baholash tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega. Bunday baholash tizimlari sifatida obro’li xalqaro tashkilotlari tomonidan yaratilgan xalqaro reyting tizimlari qo’llanilmoqda. SHulardan eng mashhur reyting tizimi sifatida INSEAD biznes-maktabi, Kornel universiteti va intellektual mulk Jahon tashkiloti tomonidan qo’llanilayotgan Global innovatsion indeks hizmat qiladi Download 155 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling