1. Miyada qon aylanish xususiyatlari
Download 196.38 Kb.
|
reanimatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Degidratatsiya
8-bilet 1.Miyada qon aylanish xususiyatlari. Bizni bosh miyamizni aorta qon tomirining tarmog’I qon bilan ta’munlaydi. Aorta 3qismdan iborat; ko’tariluvchi aorta, aorta ravog’I va tushuvchi aorta qismlaridan iboratdir. Shundan aorta ravog’ining quyidagi qismlari bosh miyani qon bilan ta’minlashga imkon beradi: Aorta ravog’ining o’ng tomonidan boshlab yelka-bosh poyasi(Truncus brachiocephalicus), chap umumiy uyqu arteriyasi( a. carotis communis sinistra) va chap o’mrov osti arteriyasi(a. subclavia sinistra) kabi tarmoqlardan iborat endi bularni har biriga to’xtalib o’tamiz: A) Yelka -bosh poyasi( Truncus brachiocephalicus) o’z navbatida 2qismdan tashkil topadi: o’ng umumiy uyqu arteriyasi( a. carotis communis dextra) va o’ng o’mrov osti arteriyasi(a. subclavia dextra). O’ng umumiy uyqu arteriyasining o’zi ham tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo’linadi. B) chap umumiy uyqu arteriyasi( a. carotis communis sinistra) ham 2qismdan iborat bo’ladi: tashqi va ichki uyqu arteriyasi. Tashqi uyqu arteriyasining o’zi ham bir necha tarqmoqlarga bo’linib, ekstrakaranial yo’naladi va miya qutisini qon bilan ta’minlaydi. Ichki uyqu arteriyasi esa bosh miyani o;zini qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. C) chap o’mrov osti arteriyasi(a. subclavia sinistra) esa asosan qo’l sohasi, yelka sohasini qon bi;an ta’minlashda ishtirok etadi. 2. Degidratatsiya va gipergidratatsiya tushunchasi Degidratatsiya katta yoshdagi odamda organizmdan chiqib ketayotgan suvning miqdori organizmga tushayotganidan ortiq bo'lsa , suvsizlanish (gipogidriya, degidratatsiya, eng og'iri - eksikoz) rivojlanadi.Bunday holat organizmga suvning tushishi buzilganda (tashnalik,yutish jarayoni buzilganida, qizilo'ngach atrofiyasi, komatoz va boshqa holatlarda) yoki suv ko'p miqdorda yo'qotilganda (surunkali ich ketish, qusish, qon yo'qotish, poliuriya, giperventilyatsiya, massiv terlash, kuyish va ekssudat bilan ko'p suyuqlikni yo'qotishda va h.k.) va har ikkala holat ayni vaqtda yuz berishida kuzatiladi. Suvsizlanishda birinchi navbatda hujayra tashqarisidagi suyuqlik va Na+ ionlari yo'qotiladi. Suvsizlanishning og'ir darajalarida hujayra ichi suyuqligida K+ ionlariham yo'qotiladi. Suvsizlanish qon hajmining kamayishi (gipovolemiya)va uning ivish xususiyatining oshishi bilan boruvchi og'ir oqibatlarga, ular esa o'z navbatida, mikrotsirkulyatsiya va umuman qon aylanishining buzilishiga, pirovardida kollapsga olib keladi. Qon aylanishining buzilishi to'qimalarning gipoksiyasiga olib keladi, bu esa asab tizimining tuzilishiva faoliyatiga keskin salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bunda es-hushning pasayishi, gallyutsinatsiya, komatoz holatlar rivojlanadi. Shu bilan birga, asab markazlari funksiiyasi, nafas maromi, yurak faoliyati buziladi, tana harorati oshadi va h.k. Download 196.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling