1. Miyada qon aylanish xususiyatlari
Markaziy venoz bosimini o’lchash
Download 196.38 Kb.
|
reanimatsiya
3.Markaziy venoz bosimini o’lchash
Markaziy venoz bosimi (MVB) — yuqori kavak venaning o'ng bo'lmachaga quyilishidagi bosimdir. Markaziy venoz bosimini o'lchashda bemor gorizontal holatda yotqiziladi. Bunda awallari Valdman flebotonometridan foydalanilgan. Hozirgi kunda bir marta ishlatiladigan steril komplektlardan foydalaniladi. Steril komplekt izotonik eritma (NaCl 0,9% li) bilan to'ldiriladi, kateter kapillyar bilan ulangandan keyin jo'mragi ochilib, manometrdan suyuqlik tushishiga qarab MVB o'lchanadi, ya’ni venadagi va manometrdagi bosimlar tenglashganda MVB mm. suv. ust. bo'yicha ko'rsatilgan sathdan hisoblanadi. Flebotonometming boshlang'ich nol nuqtasi o'ng bo'lmachani o'rtasidan o'tkazilgan nuqtadan boshlanadi Markaziy venoz bosimni o'lchash sxemasi. me’yorda 20—120 mm. suv ust. ga teng. Zamonaviy tekshirish usuli — dopplerometriya yordamida MVB aniq o'lchanadi. MVB — 20 mm. suv ust. dan past bo'lishi gipovolemiyani bildiradi, 120 mm suv ust. dan yuqori bo'lishi esa chap qorincha yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi mayda shoxchalari tromboemboliyasi yoki gipergidratatsiya hisobiga bo'ladi. MVB 120—150 mm suv ust. dan yuqori bo'lsa, infuzion terapiya to'xtatiladi, yurak ishi kuchaytiriladi va umumiy periferik qarshilik kamaytiriladi. Past MVB yurakning qon haydash faoliyati pasayganligidan darak beradi. 10-bilet Qon preparatlari haqida tushuncha. Qon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar, infuzion vositalar – davolash maqsadida qon yoki plazma oʼrniga ishlatiladigan vositalar hisoblanadi. Ular shok holatida, koʼp qon yoʼqotilganda, kamqonlik, yiringli Septik kasalliklarda, kuyganda va boshqa(lar)da qoʼllaniladi. Taʼsir etishiga koʼra gemodinamik (shokka qarshi), dzintoksikatsion (organizmni zaharli moddalardan tozalovchi preparatlar) va parenteral qon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar ajratiladi. Ma’lumki, gemodinamik preparatlarga dekstran asosidagi oʼrta molekulali poliglyukin, polifer, poliglyusol, makrodeks, intradeks, dekstran, plazmodeks, xemodeks va boshqalar, shuningdek, quyi molekulali reopoliglyukin, reoglyuman, remakrodeks, lomodeks, dekstran-40, gemodeks; jelatina preparatlari – jelatinol, gemjel, jelofuzin, plazmojel; gidrooksietikraxmal asosidagi preparatlar – oksiamal, volekam, plazmosteril, voleks, 6-XES; politilen glikol asosidagi polioksidinlar ishlatiladi. Koʼp funktsional gemodinamik taʼsirga ega boʼlgan qon oʼrnini bosuvchi preparat natriy, kaliy xloridlari, natriy gidrokarbonati, qahrabo kislotasi, inʼeksiya uchun suvni oʼz ichiga olgan boʼlib, shu bilan farqlanadiki, uning tarkibiga qoʼshimcha ravishda 3 fozili suvli eritmaning nisbiy qovushqoqligi 2,36 va molekulyar massasi 10-40 kDa boʼlgan depolimerizatsiyalangan galaktomannan Gleditsia triacanthos kirgan boʼlib, bunda komponentlarning oʼzaro nisbati quyidagicha, g/l: natriy xloridi - 6,0-6,4; kaliy xloridi - 0,2-0,4; natriy gidrokarbonati - 3,0-4,0; qahrabo kislota - 1,5-2,5; galaktomannan - 35-45; inʼeksiya uchun suv - 1 litrgacha nisbatni tashkil etadi. 2, Metabolik va nafas alkalozi haqida tushuncha Alkaloz –vodorod ionlarining mutloq yoki nisbiy kamayishi hamda pH ning ortishi, ya’ni asos tomonga siljishini anglatuvchi holat.Buning bir necha turlari farq qilinadi: 1) respirator (gazli) - o'pkaning giperventilyatsiyasi va shu tufayli karbonat angidridini to'xtovsiz ravishda tezlik bilan organizmdan ko'plab chiqarish natijasida yuzaga keluvchi alkaloz holati; 2) metabolik (gazli bo'lmagan) alkalozholati; Bu o'znavbatida:a) kislotali moddalami ko'plab chiqarish yoki ko'plab yo'qotishnatijasida organizmda (ketma-ket to'xtovsiz qayt qilish, oshqozonyarasining teshilishi - perforatsiya bo'lgan vaqtda) asos moddalaming ko'payib ketishi; b) ekzogen, ya’ni organizmga ko'p miqdorda asos muhitli moddalarning tashqaridan kiritilishida kuzatiluvchi alkaloz turlarigabo'linadi. Metabolik alkaloz o‘z darajasiga ko‘ra turli o'zgarishlar bilan davometadi. Masalan, pH o'rtacha pasayganida qon tomirlari kengayadi, chuqur atsidozda esa torayadi. Ma’lumki, tomirlar tonusi susayishi bilan arterial va venoz qon bosimlari ham pasayadi, yurakka keluvchi venoz qonning miqdori kamayadi va natijada yurakning zarb hajmi va minutlik hajmlari kamayadi. Bunda trombotsitlarning agglyutinatsion va agregatsion xususiyatlari oshadi.Hosil bo'lgan mikrotromblari o'z navbatida mikrotsirkulyatsiyani buzadi va shu tufayli gipoksiya, metabolik o'zgarishlar, atsidoz holatlari yanada chuqurlashadi. Agar pH 6,8 dan pasayib ketsa lizosomalar parchalanib, ularning tarkibidan ajralib chiqqan fermentlar hujayralami autolizga uchratadi va yemirilishga olib keladi. Respirator nafas alkalozi - o'pka-alveolalar ventilyatsiyasining kuchayishi va organizmdan karbonat angidridining ko'plab chiqarilishi natijasida yuzaga keladi. Bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:o'pkaning sun’iy ventilyatsiyasining noto'g'ri amalga oshirilishi, nevrotik hansirash, markaziy asab tizimining shikastlanishlari (jarohatlanish,entsefalit, insult, o'sma va h.k.), anemiyalar, tog' va balandlik kasalliklari vaqtida, markazga ta’sir etuvchi analeptiklami hamda katexolaminlar, estrogenlar kabi moddalami ko'p miqdorda uzoq muddat qo'llanishda nafas markazi qo'zg'aluvchanligining kuchayishi va h.k. Shuningdek,bunga sepsis, tireotoksikoz, peritonit singari og'ir patologik jarayonlargaham olib keladi.Respirator (nafas) alkalozda quyidagi o'zgarishlar kuzatiladi: qonda karbonat angdridi partsial bosimining keskin pasayishi (gipokapniya) va shu tufayliperiferik qon tomirlarining torayishi, ayni vaqtda umumiy qon aylanish tomirlarining kengayishi va tonusining susayishi natijasida arterial hamda venoz qon bosimlarining pasayishi yuz beradi. Kengaygan tomiriarda qon to'planadi, aylanayotgan qon miqdori kamayadi, venalar orqali yurakka keluvchi qon miqdori ozayib, yurakning qisqarishi va zarb hajmi kamayadi, to'qimalarda qon aylanishi sekinlashadi va oqibatda gipoksik va metabolik atsidozlar yuzaga kela boshlaydi. Metabolik alkaloz. Tez va to'xtovsiz , ketma-ket qayt qilish (pilorospazm, ovqatga bog'liq toksik-infektsiyasi, ba’zida oshqozonni tez-tez yuvib turish, ketma-ket zond kiritish, uchmaydigan kislotali moddalami yo'qotish, birlamchi gipokaliyemiya (steroidlar bilan davolashda aldosteronizm rivojlanganda, uzoq vaqt siydik haydaydigan dorilar qabul qilinganda natriy so'rilib, kaliy ko'p chiqa boshlashi tufayli, jigar yetishmovchiligi) vaqtida kaliy ionlarining ko'plab hujayra ichiga o'tishi (insulin bilan davolanganda) singari holatlar kuzatiladi. Ba’zi hollarda ko'p miqdorda asos moddalar organizmga kiritilganda ham shu turdagi alkaloz kelib chiqishi mumkin. Bunda kuzatiladigan kompensator jarayonlar (shuningdek, choralar-tadbir ham) organizmdagi to'plangan asos moddalami bog'lash va ulami chiqarib yuborishga hamda vodorodionlarini o'z bog'laridan ajratib turuvchi moddalar berishga qaratilgan bo'lishi kerak. 3.Operatsiya va anestiziya xavf darajalarini aniqlash. ASA klassifikatsiyasi. Jarrohlik kasalligi va hamroh patologiya, anesteziya, operatsiya va ulaming oqibatlari birgalikda bemorning hayoti uchun turli darajada xavf tug‘diradi. Anesteziya va operatsiya xavfi darajasini aniqlashda quyidagilarga asoslaniladi: 1.Bemorning umumiy ahvoli. 2. Bo‘lajak operatsiyaning rejalashtirilishi yoki shoshilinchligi. 3.Bemorning yoshi, jinsi. 4. Operatsiyaning hajmi va bajarilishi uchun sarflanadigan vaqt. 5. Operatsiya o‘tkaziladigan organning o‘mi va uning hayotiy ahamiyati. 6.Jarroh va anesteziologning malakasi. Anesteziya va operatsiya jarayonida bemor hayoti uchun xavf-xatar tug‘diruvchi omillar juda ko‘p. Bularga yurak-qon tomiri va o‘pka kasalliklari, endokrin va nerv tizimi patologiyasi, semizlik,bo'yin kaltaligi va hokazolar kiradi. Organizmning umumiy holati, obyektiv ko'rsatkichlari asosida bemorni imkoniyat darajasida tekshirib, organ va tizimlar holati baholangach. operatsiya va anesteziya xavfi darajasi aniqlanadi. Ko'pgina mamlakatlarda operatsiya va anesteziya xavfini aniqlash uchun Amerika anesteziologlar assotsiatsiyasi (ASA) taklif qilgan va tan olingan klassifikatsiya qabul qilingan (10-jadval). Operatsiyaning shoshilinchliligi operatsiya va anesteziya xavfini bir darajaga oshiradi. Bemorning ahvolidan qat’iy nazar „to'la oshqozon" sindromi borligi operatsiya va anesteziya xavfini ikki barobar oshiradi. Download 196.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling